IV BOB. JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADLARINI
DEKLARATSIYA ASOSIDA SOLIQQA TORTISH
XUSUSIYATLARI
==================================================
4.1. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida
soliqqa tortishni zarurligi va ahamiyati
Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy islo-
hotlarga mos ravishda mamlakatimiz soliq tizimida chuqur o‗ylangan
chora-tadbirlar, shu jumladan, jismoniy shaxslarning daromadlarini
soliqqa tortishda qator samarali hamda ijobiy o‗zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Davlat soliqlar yordamida fuqarolarning daromadlari va
turmush darajasini tartibga solib turadi. Ushbu ta‘sirning qanchalik
darajada bo‗lishi jismoniy shaxslarning daromadlarini legallashtirishni,
xususiy tadbirkorlikka bo‗lgan qiziqishlarni va mulkning qaysi holatda
saqlanishini belgilab beradi. Jahon amaliyoti ko‗rsatishicha, agar ta‘sir
darajasi ham, soliq yuki ham yuqori bo‗lsa daromadlarni ko‗proq
yashirishga moyillik ortadi, daromad olishga bo‗lgan qiziqishlar bir
muncha so‗nadi, aksincha, soliq yuki kam bo‗lsa aks holat yuz beradi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, jismoniy
shaxslarning daromadlarini to‗liq hisobini yuritish va ijtimoiy aha-
miyatga ega soliq chegirmalarini qo‗llashda daromadlarni deklarat-
siyalash usuli yuqori samara beradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va
modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va
daromad
topishga
erkinlik
yaratish
bilan
birgalikda
ushbu
daromadlarning qonuniyligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda deklaratsiyalash tizimi orqali fuqarolar daromadlarining hisobga
olinishi va adolatli soliqqa tortilishi ta‘minlanadi. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i stavkalarini pasaytirish va hisobga olish,
daromadlarning qonuniyligini ta‘minlash va soliqlarni to‗liq
to‗langanligini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish dolzarb
vazifa bo‗lib, bu daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etish va
uni to‗liq kompyuterlashtirishni taqozo etadi.
138
Deklaratsiya – bu soliq to‗lovchi tomonidan topshiriladigan, o‗z
ichiga daromadlar haqidagi ma‘lumotlarni olgan, shuningdek ushbu
daromadlarni topish bilan bog‗liq xarajatlar haqidagi ma‘lumotlarni aks
ettirgan, qayta hisoblangan soliqni belgilangan muddatda ixtiyoriy
ravishda to‗lashga majbur etadigan hujjatdir.
Deklaratsiya jismoniy shaxslarning soliq organlariga hisobot
davridagi daromadlari va o‗zlariga bevosita daxldor bo‗lgan soliq
imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni anglatadi. Soliq
deklaratsiyasi va soliq stavkalari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan
soliqni Davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladilar. Yillik jami
daromad haqidagi soliq deklaratsiyasini, odatda, asosiy ish joyidan
tashqarida daromadga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek
hisobot yilida asosiy ish joyiga ega bo‗lmagan va qonunchilik doirasida
boshqa manbalardan daromad olgan barcha toifadagi jismoniy shaxslar
taqdim etishlari shart hisoblanadi.
Jismoniy
shaxslarning
daromadlarini
deklaratsiyalashning
murakkab tizim ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni joriy
etishdan oldin bir nechta hududlar misolida eksperimentlar o‗tkazildi.
Eksperiment dastlab 1994 yilda Toshkent shahrining ikkita tumanida,
1995 yilda Toshkent shahrining barcha tumanlariga keyinchalik butun
respublikaga joriy etildi. O‗tkazilgan eksperiment o‗z natijalarini berdi.
Hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ham deklaratsiya taqdim
etuvchilar soni hamda ushbu mexanizm orqali byudjetga soliq tushumi
tobora ortib bormoqda.
Olib borilgan eksperiment yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar
besh bosqichga bo‗lindi.
Birinchi bosqichda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga
asosiy joyidan tashqaridan daromad olgan fuqarolar to‗g‗risida
mahlumotlar taqdim etishlarini so‗rab xatlar yuborildi.
Ikkinchi bosqichda olingan ma‘lumotlar qayta ishlandi, tegishliligi
bo‗yicha boshqa soliq inspektsiyalariga yuborildi.
Uchinchi bosqichda ikki va undan ko‗p daromad manbasiga ega
bo‗lganlar va tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslarning
daromadlari to‗g‗risida deklaratsiyalarni to‗ldirishlari bo‗yicha ishlar
amalga oshirildi.
To‗rtinchi bosqichda olingan ma‘lumotlar kompyuterlarda qayta
ishlandi, daromadlarga soliqlar hisoblandi va ularning tushishi
nazoratga olindi.
139
Beshinchi bosqichda to‗lov xabarnomalari yozildi va hisoblangan
soliqlar yig‗ildi. Respublikamizda daromadlarni deklaratsiyalashning
birinchi tajribasi shu tariqa joriy etilgan edi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi
to‗g‗risida‖gi 397-1-son qarorining 5-bandida ―2002 yildan e‘tiboran,
daromadlar olish manbalaridan qat‘iy nazar, barcha jismoniy
shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi
nazarda tutilsin‖, deya qayd etib qo‗yilgan edi. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan
qaroriga binoan esa, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini
deklaratsiyalash tizimi 2003 yilda olingan daromadlardan boshlab joriy
etilishi belgilab qo‗yildi.
Vazirlar Mahkamasiga esa ―1997-2001-yillar mobaynida jismoniy
shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimini, shu
jumladan deklaratsiya shaklini, uni taqdim etish va ko‗rib chiqish
tartibini hamda muddatlarini, shuningdek, deklaratsiya taqdim
etmaganlik, uni belgilanmagan shaklda taqdim etganlik yoki noto‗g‗ri
ma‘lumotlarni taqdim etganlik uchun javobgarlik choralarini ishlab
chiqish‖ vazifasi topshirilgan. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi ―Jismoniy shaxslarning jami
daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
chora-tadbirlari
to‗grisida‖gi
Farmoni
esa,
daromadlarni
deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‗yicha chet el tajribasini chuqur
o‗rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni, zarur qonunchilik va
me‘yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir tashkiliy chora-tadbirlar
majmui amalga oshirilishini talab etishini hisobga olgan holda uni
2002-2005 yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini belgilab berdi.
Bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyati erkinligi tamoyillari
amal qilayotgan barcha iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda
fuqarolar tomonidan o‗z daromadlarini majburiy deklaratsiyalash
amaliyoti keng qo‗llaniladi. Daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani
to‗ldirish fuqarolar tomonidan soliqlar to‗lash chog‗ida, shuningdek uy,
yer maydonlari va ko‗chmas mulk, qimmatbaho qog‗ozlar hamda
boshqa qimmatli buyumlarni xarid qilish bilan bog‗liq yirik moliyaviy
bitimlarni amalga oshirishda qat‘iy shart hisoblanadi. Xullas, fuqarolar
daromadlarining manbalari oshkoraligi, qonuniyligini tasdiqlash zarur
bo‗lgan joyda deklaratsiya talab qilinadi.
140
Xorijiy mamlakatlarda mavjud bo‗lgan deklaratsiyalash tizimining
asosiy sharti, bir tomondan, o‗z daromadlari va ularning manbalari
to‗g‗risida
odamlarning
o‗zlari ixtiyoriy ravishda ma‘lumot
berishlaridir. Ikkinchi tomondan, deklaratsiya, mol-mulk xarid qilishga
sarflangan pul mablag‗larining manbalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
taqdim etmaslik uchun, o‗z daromadlarini atayin kamaytirib
ko‗rsatganligi yoki ularni yashirganligi uchun iqtisodiy jazo va
jarimalarning qonun yo‗li bilan mustahkamlangan, hatto jinoiy
javobgarlikka tortishgacha bo‗lgan kuchli tizimi mavjuddir.
Fuqarolarning daromadlarini deklaratsiyalash yashirin iqtiso-
diyotga, pul mablag‗larining noqonuniy aylanishiga, korruptsiya va
poraxo‗rlikka hamda iqtisodiyot sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi
kurashda ta‘sirchan vositalardan biri hisoblanadi.
Shuni taassuf bilan e‘tirof etish kerakki, bizda korruptsiya va
g‗ayriqonuniy daromadlarga, savdo-vositachilik faoliyati natijasida
tushadigan naqd pullarni yashirishga qarshi qat‘iy kurash olib borish
zarurligi to‗g‗risida ko‗p gapiriladi-yu, ammo ayni vaqtda jahon
amaliyotida hamma tomonidan qabul qilingan mexanizmni joriy etish
bo‗yicha aniq-ravshan choralar ko‗rilmayapti. Bunday mexanizm
poraxo‗rlik payini qirqib, yashirin iqtisodiyot uchun zamin
yaratayotgan, bankdan tashqari pul aylanishini ta‘minlayotgan barcha
manbalarni tugatishga yordam beradi.
Shuni hisobga olish zarurki, daromadlarni deklaratsiyalashni joriy
etmay, fuqarolarning o‗z daromadlari va ularni olish manbalari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishning
barqaror tizimini vujudga keltirmasdan, shuningdek o‗z daromadlari
haqidagi ma‘lumotlarni taqdim etishdan bo‗yin tovlayotganlarni
jazolash choralarini puxta ishlab chiqmay turib korruptsiya va yashirin
iqtisodiyotga qarshi kurash borasidagi ishlarni tasavvur qilish qiyin.
Ayni shu boisdan, bunday ishlarning jami qonun hujjatlariga,
huquqiy me‘yorlarga tayanadigan taraqqiy etgan mamlakatlarda tarkib
topgan tajribadan kelib chiqqan holda bizning respublikamizda ham
xuddi shunday tizim faollik bilan yaratilishi lozim.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‗tish tufayli aholi uchun
o‗z qobiliyatlarini yana ham kengroq namoyon etish, o‗zini
iqtisodiyotning turli sohalarida yuzaga chiqarish hamda turli qonuniy
manbalardan daromad olish imkoniyatlari ochiladi.
141
Respublikada xususiy tadbirkorlikni rag‗batlantirish, kichik
biznesni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnatga haq
to‗lashdagi cheklashlarni bekor qilish, korxonalarning xo‗jalik
faoliyatiga davlat va nazorat idoralarining aralashuvini keskin
kamaytirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning
hammasi odamlar uchun faol mehnat qilish va o‗z mehnati bilan
ko‗proq pul ishlab topish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir. Shu
munosabat bilan aholi daromadlarini hisobga olish, daromadlarning
qonuniyligini hamda soliqlar bekamu ko‗st to‗langanligini nazorat
qilish mexanizmini takomillashtirish dolzarb vazifa bo‗lib qolmoqdaki,
bu ham daromadlarni umumdeklaratsiyalash tizimini joriy etish
zarurligini taqozo etadi.
Ayni paytda, fuqarolarning shaxsiy mulkiga tajovuz qilish yoki
ularning huquq va erkinliklarini cheklash kabi faktlarga barham berish
maqsadida
Farmonda
shu
narsa
belgilanganki,
daromadlarni
deklaratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish
chog‗ida
fuqarolarning
konstitutsiyaviy
va
mulkiy
huquqlari
buzilishiga, ularning daromadlari va mol-mulki miqdorlari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar oshkor etilishiga, fuqarolarning xususiy turmushiga
aralashishga hamda boshqa suiste‘molchiliklar va huquqbuzarliklarga
qat‘iyan yo‗l qo‗yilmaydi. Mansabdor shaxslar jismoniy shaxslarning
daromadlari va mol-mulki bilan bog‗liq axborot hamda hujjatlardan
foydalanish tartibini buzgan hollarda ular javobgarlikka, hatto jinoiy
javobgarlikka ham tortiladilar.
Shuning uchun daromadlarni deklaratsiyalashning butun tizimi
qonunchilikka asoslanadi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masiga tegishli tuzilmalar va mutaxassislarni jalb etgan holda ―Jismo-
niy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash to‗g‗risida‖gi
Qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlisga tasdiqlash uchun
topshirildi.
Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‗yicha chet el
tajribasini chuqur o‗rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni,
zarur qonunchilik va me‘yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir
tashkiliy chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishini talab etishni
hisobga olgan holda uni 2002-2005 yillarda bosqichma-bosqich joriy
etishga qaror qilindi.
Shu bilan bir vaqtda soliq organlariga jismoniy shaxslarning daro-
madlarini deklaratsiyalash tizimi joriy etilgunga qadar fuqarolarning
142
daromadlarini
ixtiyoriy
ravishda
deklaratsiyalash
tizimini
takomillashtirish yuzasidan tanlab olish yo‗li bilan tajriba tariqasida ish
olib borish, shuningdek ularning javobgarlik choralarini, jumladan
zarur ma‘lumotlarni taqdim etmaganlik va daromadlarni qasddan
yashirganlik uchun qonunchilikda ko‗zda tutilgan jazolarni qo‗llash
choralarini belgilash huquqi berildi.
Shuni qayd etib o‗tish kerakki, hozirgi vaqtda amaldagi qonunchi-
likka muvofiq jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqarida olayot-
gan daromadlar, shuningdek jismoniy shaxs tomonidan uni yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazmagan holda bir
marotabalik operatsiyalar (savdo, ish, xizmatlar)ni amalga oshirishdan
oladigan daromadlari deklaratsiya qilinishi lozim.
Farmonda ko‗rsatib o‗tilganidek, fuqarolarning o‗z jamg‗armala-
rini banklarga qo‗yishni rag‗batlantirish, pul mablag‗larining bankdan
tashqari aylanishini kamaytirish choralari amalga oshirilishini ta‘min-
lash maqsadida fuqarolarning respublika tijorat banklaridagi depozit
hisobvaraqlariga qo‗yiladigan naqd mablag‗lari deklaratsiya qilinmaydi
va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlash talab etilmaydi.
Soliq idoralarini axborot bilan ta‘minlashni yaxshilash uchun 2003
yilning 1 iyuliga qadar O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‗mitasi huzurida jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan
daromadlar (daromad manbalari) to‗g‗risidagi deklaratsiyalarni qayta
ishlaydigan Markazni tashkil etish, uni zarur texnika bilan jihozlash
ko‗zda tutilgan.
Respublikada jismoniy shaxslarning jami daromadini deklarat-
siyalash tizimi joriy etilishi daromadlarni oshkoralashtirish imkonini
beradi, yashirin iqtisodiyot yo‗liga g‗ov solib xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun yana ham qulayroq shart-sharoitlarni yaratishga
ko‗maklashadi,
tsivilizatsiyalashgan
bozor
munosabatlarini
shakllantirishning obyektiv va zarur sharti hisoblanadi.
Shuni ta‘kidlash joizki, o‗tgan yillarda bu yo‗nalishda muayyan
ishlar amalga oshirildi. Barcha darajadagi davlat soliq organlari
zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari
bilan ta‘minlangan. Soliq to‗lovchi yuridik shaxslarni identifikat-
siyalash raqamlari (STIR)ni berish va qo‗llash tizimi ishlab chiqildi
hamda muvaffaqiyatli joriy etildi. Soliq to‗lovchi yuridik va jismoniy
shaxslarni ro‗yxatga va hisobga olish mexanizmi yo‗lga qo‗yildi. Shu
143
bilan birga, bizning fikrimizcha, o‗z yechimini kutib turgan bir qator
masalalar mavjud.
Ko‗plab chet davlatlar tajribasini o‗rganish va deklaratsiyalashning
amaldagi tajribasini tahlil kilish shuni ko‗rsatadiki, daromadlarni
umumdeklaratsiyalash tizimini tadbiq etish bosqichma – bosqich
o‗tkazilishi kerak.
Umuman olganda, ikki va undan ko‗p daromad manbaiga ega
bo‗lgan jismoniy shaxslar daromadini yil yakuni bilan deklaratsiyalash
zaruriyati
:
birinchidan, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning
boshlang‗ich bosqichlarida tadbirkorlik harakatiga keng yo‗l
ochilgandan keyin, ularning turli joyda ishlab topadigan daromadlarini
aniqlash, hisobga olish va tegishli tartibda soliqqa tortish;
ikkinchidan, soliqlarning eng bosh tamoyili - ularning barcha
uchun barobarligini ta‘minlash;
uchinchidan, mamlakatimizda jismoniy shaxslar daromad
solig‗ini hisoblashning o‗sib boruvchi tartibda hisoblash mexaniz-
mining joriy etilishi ham ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega
bo‗lgan jismoniy shaxslarning daromadlarini yil yakuni bilan qayta
deklaratsiyalash mexanizmini obyektiv zaruriyat qilib qo‗ydi.
Dostları ilə paylaş: |