Xayriddin Saloh (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — o'zbek shoiri. Maktabda o'qib yurgan paytlardanoq she'riyatga qiziqib, G'ayratiy rahbarlik qiladigan adabiy to'garakka qatnashadi. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intitutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957). Shoir 1969-yil 35 yoshida vafot etgan.
Xayriddi Saloh hayoti va ijodi haqida. Romantik tasavvur va lirik kayfiyatlar kuychisi bo'lgan Xayriddin Saloh 50-yillarda o'zbek she'riyatiga kirib kelgan shoirlardan biridir. Xayriddin Saloh o'ta samimiy va dilbar inson ham edi. Uning qator lirik she'rlardan qilgan tarjimalari kitobxonlar ommasi tomonidan samimiy kutib olingan.
50-yillarda o'zbek she'riyatiga kirib kelgan shoirlar orasida Xayriddin Saloh alohida ajralib turadi. U 1934 yili Toshkentda tug'ilgan, o'rta maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq she'riyatga bo'lgan qiziqishini namoyish eta boshlagan.
Ana shu qiziqish uni 50-yillarning boshlarida G'ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to'garagiga boshlab kelgan. U shu yerda E.Vohidov, Yu.Shomansur, Sayyor singari yosh shoirlar bilan birga she'riyat alifbosini o'rgangan. Xayriddin Saloh 1957 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo'limini tugatgach, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida adabiy xodim lavozimida xizmat qilgan.
Uning so'nggi xizmat joyi «Gulxan» va «G'uncha>>> jurnali boʻldi. Shoir avji iste'dodi chaman boʻlib ochilgan vaqtda, 1969 yili fojiali ravishda halok boʻlgan.
Shoir she'rlar to'plami
Xayriddi Salohning ilk she'ri 1950 yili matbuotda e'lon qilingan. 1957 yili ustoz Mirtemir yosh shoirga oq yo'l tilab, uning «Niyat buloqlari», «Ko'li Qubbon>> va «Olma» she'rlarini gazetada e'lon qilgan. Oradan bir yil o'tgach, H.Salohnint «Chashma» (1958) deb nomlangan ilk she'rlar to'plami nashr etilgan.