Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i



Yüklə 8,6 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü8,6 Kb.
#195259
1   2   3
jismoniy shaxslardan olinadigan mol mulk solig\'i

Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

O‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

Pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi

Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 8,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin