Jismoniy tarbiya bo’yicha maktab darslarini tahlil qilish Reja-fayllar.org
Taxlil ikkiga: umumiy va maxsus bo’ladi. dasrning umumiy taxlili deganda: dars zichligi, darsda jismoniy yukni bajarilishi va darsning o’quv tarbiyaviy yo’nalishidagi komponentlari umumlashtirish orqali yakuniy baxolanishi tushuniladi.
Odatda maktab pedagogika kollektivi vakili, maktab ilmiy bo’lim mudiri yoki maktab direktori darsini aloxida komponentini (o’qituvchi, o’qituvchi faoliyatini, darsda o’zlashtirishi va shunga o’xshashlarni...) ajratib olib darsni ayrim qisman taxlil qilish mumkin.
Taxlilining bu shakli dars uchun to’la baxo berish imkonini bermaydi.
1. Darsning taxlilidan maqsad: maktab o’qituvchisining ish faoliyati bilan tanishish va uni o’rganish;
maktabda jismoniy madaniyat fanini o’qitishning xolatini va o’quvchi nazariy bilimlari, amaliy xarakat, malaka va ko’nikmalarni qanday darajadaligini o’rganish;
maktabda ommaviy fizkulptura sog’lomlashtirish va sport ishlarini uni borishini taxlillash;
ilg’or ish tajribasini o’rganish, umumlashtirish va tarqatishdir.
Taxlil uchun darsni kuzatish va taxlil natijalarini qayd qilish oson jarayon emas. Amalda dars taxlili uchun oldindan savollar yozilgan anketalardan, chizmalardan, grafiklardan, kartochkalardan foydalandik, bu taxlilni yuzakiligiga yo’l qo’ymaydi, darsni tub mazmunin, qo’yilgan vazifalarni xal qilinishini to’g’ri baxolashga sharoit yaratadi.
2. Jismoniy madaniyat darsini taxlilida yoritilish lozim bo’lgan masalalar: o’qituvchilar va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi;
darsning mazmuniga, tashkil qilinishi, o’tkazilishiga to’la darsni kiritish (tayyorlov) asosiy va yakunlov qismlari bo’yicha baxo berish;
o’qituvchini va o’quvchini faoliyatini baxolash;
darsning tashkiliy daqiqasiga unda qo’llaniladigan iboralar, atomlar, nutq, muomala, madaniyatiga baxo berish;
darsning taxlilini yakuniy matnga, o’qituvchiga maslaxat lozim bo’lsa tavsiya va ko’rsatmalar.
3. Taxlilchini dars boshlanguncha bajaradigan ishlari. Taxlil uchun darsni kuzatilishini boshlanguncha taxlilchi sinfning pedagogik xarakteristikasi, o’quvchilarning yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichlari, sog’ligini xolati, o’zlashtirish, natijalarini o’rganadi. O’qituvchining umumiy va kasbi bo’yicha ish staji, xaqida umumiy bo’lsada ma’lumot oladi. Darsning o’tkazish joyi, muddati, darsni mavzulari, reja grafigi bo’yicha tartib nomeri, ro’yxat bo’yicha sinf o’quvchilarining (qizlar, bolalar) sonini, darsning jadval bo’yicha nomeri, darsni boshlanishi va tugallanishi muddatlarini qilish shart.
4. O’quvchilarni dars davomidagi intizomi, xulqi, o’zlarini tutishi vu ularning faoliyatini tashkil qilishni o’zlashtirni taxlili: jismoniy mashqlarni bajarishga o’quvchilarni munosabati, materialga qiziqishini uyg’ota olish masalalari;
dars intizomini buzilish sabablari;
darsga o’qituvchini munosabati;
o’qituvchining ko’rsatma va buyruqlarini ishorasi;
onglilikfaollik darajasi;
o’quvchilarni mashq bajarishlarini baxolash (ritm, surat, temp, intensivlik me’yor);
darsda ularning xakalik, navbatchilik va gruppalarga bosh bo’lishdek majburiyatlarini bajarishga munosabatlari.
5. Darsda o’qituvchining raxbarlik roli, o’zini tutishi va faoliyatini taxlili; Raxbarlik roli: o’ziga ishonish, qat’iyat, tirishqoqligi, talabchanligi, o’quvchilar orasida obro’yi, ular bilan muloqoti va ularga munosabati, sinfni qo’lda tutishi.
O’zini tutishi: bardamligi (emotsional xolati), sustkashligi, o’zini tarbiyalash, bolalarga nisbatan ziyrakligi, sezgirligi, ishchanlik fazilati.
Nuqti: ovozi, buyuruqlarini, ko’rsatmalarini, to’g’riligi, muomala va nutq madaniyati.
O’qituvchining tashqi qiyofasi: kiyim bosh (spor formasi), xipchanligi, epchilligi, qomati.
O’qituvchining o’quvchi bilan yakkamayakka muloqati:aktivligi, passivligi (sustligi), ishonchi, dadilligi, qat’iyan, ulgurishi.
6. Fizkulptura darsida tarbiyaviy ishni amalga oshirilishi: diqqatni tartiblanishni va mashqni bajarilishiga qiziqish uyg’otish, intizom, qattiq tutish, o’rtoqlik, kollektivizm va boshqa sifatlar. Axloqiy tarbiyanng xilmaxil uslublanishidan foydalana olish (tushuntira olish, ishontira olish, ma’lum axloq normalariga rioya qilishga o’rgati olishi, rag’batlantirish va boshqalar) ularning maqsadga muvofiqligi, unumligi.
O’quv predmeti bo’yicha dunyoqarashini shakllantirish, xarakat malakasi va ko’nikmasini shakllantirishiga bog’liq bo’lgan bilimlar bilan ta’minlashi. Dars jarayoni davomida fizkulptura aktivini tayyorlash, o’qituvchini mashg’ulotlaridan ozod qilingan o’quvchilar bilan ishlashi.
7. Taxlilchini saviyasini taxlilini sifatiga ta’siri: Darsni kuzatish va uning taxlilini ko’p qirrali jarayon bo’lib, o’quv tarbiya faoliyatini barcha tomonlarini ko’z o’ngida tutish uchun, ma’sul darajadagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish talabini qo’yadi.
Kuzatilganki, bir vaqtni o’zida moxiyatiga etib va baxolash mavjud vaziyat (xolat) uchun maqsadga mos keladigan qarorni nazarda tutib, fikr ayta olish dars o’tkazayogan o’qituvchi fikrini o’qiy olish (u nima qilmoqchi), tavsiyanoma belgilash, xujjatlarni kuzatish protokollaridan, rejalar so’roq, varaqalari va boshqalarni to’g’ri tuzata olish va undan foydalanish. Darsga beriladigan tavsiyanomadagi maslaxatlarni, matnini tushunarliligi masalalari taxlilini sifatiga ta’sir etadi. Biz quyidagi foydalanishga tavsiya qilayotgan dars pedagogik taxlilning tayyor sxemasi fizkulptura metodislari, metod birlashmalar boshliqlari, viloyat, noxiya, shaxar, xalq ta’limi nazoratchilari, umumta’lim maktablarining jismoniy madaniyat fani o’qituvchilari va oliygoxlarining jismoniy tarbiya kulliyoti talabalari bilan amaliyotda bir necha yil davomida ko’rindi va ish jarayonida qo’llash mumkin degan xulosaga kelindi.