Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish shartlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 422,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix15.04.2023
ölçüsü422,18 Kb.
#98355
1   2   3   4   5   6
jismoniy-tarbiya-darslarini-tashkil-etish-shartlari (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
17 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan 
o`rgatishga intilayotgan o`qituvchi, ikkinchi tomondan o`rganishga xohishi bo`lgan 
o`quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, agar o`quvchi oldiga qo`yilgan 
vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o`rgatishning 
muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi. 
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar 
hisoblanadi. Amaliyotda esa onglilik va faollik jarayoni o`zaro bog`liqdir, ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. Sababi shuki o`quvchining faolligisiz onglilikni 
amalga oshirish mumkin emas, faoliyatning maqsadi esa ongli ravishda tushunib 
etilgandagina inson faol bo`ladi.
Faollashtirish jarayoni deganda o`qituvchi tomonidan shug`ullanuvchilarning 
intellektual, axloqiy, irodaviy va jismoniy kuchlarini o`rganib, tarbiya sifatini 
oshirish tushuniladi. Ammo mavjud tabiiy va ma`naviy qonuniyatlarni bilishning o`zi 
o`quvchilarni ongli va faol qila olmaydi. Bu vazifani o`qituvchi bajarishi kerak.
Qulaylik va individuallik tamoyili. Bu tamoiyllar yosh va jinsiy farqlanish 
bolalarga xos. Bunday tashqari bir xil yoshdagi va jinsdagi bolalar, har xil qobiliyatga 
ega, shuning uchun o`rgatish va tarbiya jarayonida shu tomonlarni albatta hisobga 
olish zarur. Bunda qulaylik va individuallik tamoyiliga amal qilinadi. Bu yerda so`z, 
o`qituvchining har bir bola yuragiga yo`l topa olishi, vaqtincha qiyinchiliklarni 
anglay olishi va uni tuzatishga yo`l topa olishi, ularning qobiliyati va 
qiziquvchanligini rivojlantirishda hamkorlik qilishi ustida boradi.
Darhaqiqat, manzaralarda sportchining ruhiy xolatini qo‘llab-quvvatlash uchun 
qo‘l kelgan yuqoridagi metodlar sportchi-o‘quvchini ham darsni puxta 
o‘zlashtirishida, ham sport orqali musobaqalarda yuqori o‘rinni egalla, vatani 
bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga turtki bo‘ladi.
Avvado, sportchining ruhiy xolatini tahlil qilar ekanmiz, uning pedagogik 
tadbirlar va sportchilar faoliyati hamda xayotiga mos sharoitlar yig‘indisi ekanligini 
anglaymiz. Ruhiy faoliyat sportchilarda mashg‘ulot va musobaqada qatn-shish 
vazifalarini muvaffakiyatli xal etishni ta’minlovchi ruhiy vazifalar, jarayonlar, 
xolatlar va shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan. 
"Ruxiy tayyorgarlik" tushunchasi o‘z ichiga ikki tushunchani oladi: umumiy 
ruhiy tayyorgarlik va muayyan musobaqalarga tayyorgarlikdir. Bundan tashqari u 
sport jamoasi va jamoadagi ruhiy muhitni shakllantirishda, irodaviy sifatlarni 
tarbiyalashda, ilg‘ab olish jarayonlarini rivojlantirish, xususan, "raqibni xis qilish", 
"vakt va makonni his kilish" kabi ilg‘ashning maxsus turlarini takomillashtiradi. 



Yüklə 422,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin