74. S: Maydon o‘lchamlari haqida so‘zlab bering.
J: Amerikancha futbol maydoni uzunasiga 109 m 75sm, eniga 48 m 80 smni tashkil etadi. Darvozabon maydoni uzunasi 9 m 15 smni tashkil etadi. Maydon 20 ta teng bo‘lakka bo‘linadi. Darvozaning balandligi 3 m 5 sm eni 6 m 10 sm.
75. S: Amerikancha futbolning to‘pini og‘irligi qancha?
J: To‘p ozgina qovunsimon bo‘lib, og‘irligi 396 g dan 424 g gacha. Diametri uzunasiga 71,16 smdan 72,43 smgacha, ko‘ndalangiga esa 56,40 smdan 56,57 sm.
76. S: Amerikancha futbol ishtirokchisi kiyimi qanday?
J: Ularning kiyimi “Muz ustida xokkey” o‘yinchisining kiyimidan iborat. Faqat oyoqlarida konkining o‘rniga boshqa oyoq kiyimi kiyiladi.
77. S: O‘yin ishtirokchilari va o‘yinning vaqti haqida?
J: Asosan maydonda 11 o‘yinchi ishtirokida o‘yin boshlanadi. Zahira o‘yinchilari esa xohlagancha.
78. S: O‘yin vaqti qancha?
J: Umuman o‘yin 60 minut “toza” vaqtga o‘ynaladi. O‘yin asosan 4 davrga bo‘linadi. Birinchi davrda 10 minut, 2 davr tugagach 10 minut, 3 davr tugagach 10 minut o‘yinchilar dam oladilar. O‘yin davomida darvoza chizig‘iga to‘p olib kelish 6 ochko, agar darvozaga kiritilcha 6+2, yana 2 ochko qo‘shib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |