Jismoniy tarbiya fanidan yopiq test savollar va javoblar


S: “Egiluvchanlik” deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 99,17 Kb.
səhifə31/131
tarix16.05.2022
ölçüsü99,17 Kb.
#58176
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
700 test

117. S: “Egiluvchanlik” deganda nimani tushunasiz?

J: Tayanch harakat apparatini harakatchanligi keng ko‘lamda harakatlar bajara olish qobiliyatidir.



118. S: Aktiv (faol) egiluvchanlik nima?

J: Tayanch-harakat apparatini muskul kuchi hisobiga namoyon qilish egiluvchanligidir.



119. S: Passiv egiluvchanlik deganda nimani tushunasiz?

J: Tashqi ta’sirlar yordamida hosil qilingan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi.



120. S: Jismoniy mashqlarni o‘rgatish necha bosqichda kechadi?

J: Uch bosqichda. Birinchisi – dastlabki o‘rganish – jismoniy mashq, harakatlar to‘g‘risida nazariy tushunchaga ega bo‘lish, amalda bajarib ko‘rish.

Ikkinchi bosqich. Chuqurroq o‘rganish – harakat va mashqni qismlarga bo‘lib, so‘ng yaxshi o‘rganish.

Uchinchi bosqich. Takomillashtirish – mashq va harakatni qiyinchiliklar tug‘dirib bajarish, sherigini va raqibini qarshiligini yengib bajarish.



121. S: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishda tarbiya tamoyillarini so‘zlab bering.

J: - Onglilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni maqsadi va vazifasini tushunib yetgan holda bajarish.

faollik tamoyili – organizmni mashg‘ulotlarda yetarli darajada jismoniy yuk omili uchun faol shug‘ullanishi.

ko‘rsatmalilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni amalda bajarib, xatolarni tuzatib borish.

ko‘rgazmalilik tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmali qurollar, video-kino filmlar, maketlar va ko‘rgazmali qurollardan foydalanishlar.

bajara bilish tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarni o‘rganishda oddiydan boshlab, murakkablashtirib borish, o‘rganilgan harakatlarni samarali bajara olingandan so‘ng keyingi mashq harakatiga o‘tish.

Alohidalik (individuallashtrish) tamoyili – shaxsiy, jismoniy qobiliyat, jismoniy tayyorgarlik, jins va yosh xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy mashq harakatlarini bajarishga o‘rgatish.

Muntazamiylik tamoyili – o‘rganilgan mashq va harakatlarni muskullarda refleks qoldirishini ta’minlash uchun doimiy muntazam shug‘ullanish.




Yüklə 99,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin