224. S: Butun jahon shahmat federatsiyasi qachon tashkil topgan?
J: Butun jahon shahmat federatsiyasi 1924 yili tashkil topgan.
225. S: Shahmat bo‘yicha jahon chempionati qachondan boshlab o‘tkaziladi?
J: 1886 yildan beri.
226. S: Shahmat doskasidan o‘lchami haqida nima bilasiz?
J: Shahmat doskasining o‘lchami 46x46 sm kvadrat, u 64 ta katakka bo‘lingan. Kataklarning 32 tasi oq 32 tasi qora.
227. S: Shahmat o‘yinida vaqt chegaralanganmi?
J: Vaqt albatta chegaralangan bo‘ladi. Xalqaro shahmat federatsiyasining qaroriga asosan har bir shahmatchi 2,5 soat ichida kamida 40 marta figurani siljitgan bo‘lishi lozim.
228. S: O‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari haqida nima bilasiz?
J: O‘zbekiston fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan teng shug‘ullanish huquqiga ega.
229. S: Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
J: Insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi, jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi.
Dostları ilə paylaş: |