240. S: Standart tushunchasi nimani anglatadi?
J: Standart – boshqa ob’ektlarini taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan ob’ektga qo‘yiladigan vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar talablarni belgilovchi normativ texnik hujjat.
241. S: Ikkinchi Olimpiada o‘yinlari qachon, qaerda o‘tkazilgan?
J: 1900 yili 20-28 may kunlari Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazildi. Bunda 21 ta davlat ishtirok etdi. Sportning 18 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. (Velosport, suv polosi, yengil atletika, yelkanli sport, suzish, polo regbi, o‘q otish, kamondan o‘q otish, tennis, qilichbozlik va futbol).
Dostları ilə paylaş: |