257. S: Ayollar uzoq masofaga belgilangan masofa turlarini aytib bering.
J: 30 km, marafon yugurish, 3,5 km ga yugurish.
258. S: Yengil atletikada masofalar nechchiga bo‘linadi?
J: Yengil atletika: yugurish masofalari uchga bo‘linadi. Qisqa, o‘rta, uzoq.
259. S: Yugurish deb nimaga aytiladi.
J: Inson organizmini chiniqtiradigan, chidamlilikni oshiradigan irodani toblaydigan harakat vositasiga yugurish deb aytiladi.
260. S: “Start” komandasi haqida ayting.
J: Barcha yengil atletika (yugurish) turlarida “Start” diqqat komandalari berilgan, pistolet otilishi bilan musobaqa ishtirokchisi yugurishni boshlaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, berilayotgan komanda o‘sha mamlakat tilida jaranglaydi.
261. S: “Falstart” so‘zining ma’nosini aytib bering.
J: Pistolet otilgunga qadar musobaqa ishtirokchisini qo‘li, yoki oyog‘i belgilangan chiziqdan chiqib ketgan bo‘lsa o‘sha qoida buzgan ishtirokchi ogohlantiriladi. Agarda yana o‘sha ishtirokchi yana bir marta qoidani buzsa o‘sha o‘yin ishtirokchisi o‘yindan chiqariladi.
Ko‘pkursh sport turida esa ishtirokchi uch marta qoida buzsa, o‘yindan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |