242. S: “Umid jamg‘armasi” qanday maqsadda tuziladi?
J: Iqtidorli yoshlarni chet elda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan?
243. S: Uchinchi Olimpiada o‘yinlari qachon, qaerda o‘tkazilgan?
J: 1904 yili 1 iyul kuni AQShning Sent Luis shahrida boshlanib, 23 noyabrga qadar davom etgan. 16 ta sport turidan musobaqalar o‘tkazildi.
244. S: Annotatsiya nima?
J: Annotatsiya – asar haqidagi qisqa ma’lumot yoki asarning qisqacha mazmuni.
245. S: O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy etilishining ahamiyati nimalardan iborat?
J: O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy qilinishining asosiy maqsadi dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan parlamentarizm tajribasi, O‘zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda qonun chiqaruvchilarning eng muhim davlat masalalarini hal etishdagi rolini qabul mexanizmini yaratish va mamlakatning professional Oliy qonunchilik organini shakllantirishdan iborat. Quyi palata qonunchilik palatasi deb nomlanib, qonun qabul qilish, yuqori palata senat deyiladi. U qonunlar ustidan qarorlar qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: |