Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023 178
Malaka ham ko’nikma kabi egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi.Ta’limda
esa bilim etakchi rol o’ynaydi.
Harakat malakasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar u juda oddiymi yoki
murakkabmi harakat elementlarining kompleksi shartli reflekslardan iborat bo’ladi.
Kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlari ma’lum tartib
bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi
zanjirlarini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatlarning dinamik stereotipi
deb yuritiladi.
Demak, harakat dinamik stereotipining yuzaga kelishi uchun harakat bir hilda,
bir shaklda ko’p marta takrorlanishi kerak.SHunday qilib, harakat ko’nikmalari bir
hilda ko’p marta takrorlanishi bilan avtomatlashgan harakatlarga aylanadi va bunday
harakatlar bosh miya yarim sharlar po’stlog’i nazoratida bajariladi, rivojlanadi,
takomillashadi.
Sport texnikasini o’rgatishda fiziologik tamoyillarga amal qilish zarur bo’ladi.
1. Oddiy harakatdan murakkab harakatga o’tish.
2. Engil ishdan asta-sekin og’ir ishga o’tish.
3. Muntazamliligi.
4. Har hil harakatga tayyorlash.
5. Induvidual yondashish.
Harakat malakasining shakllanganligini uning quyidagi xislatlarida ko’rish
mumkin:
1.Malakaning tiklana borishi bilan harakatni boshqarishda ongning roli pasayib
boradi.
2. Malaka mustahkam shakllangan dinamik steriotip singari yuqori turg’unlik
bilan farqlanadi.
3. Malakada ayrim harakatlarning ortiqcha kerakmas haraktlarni yuqotib bir
butunlikka birlashish bilan xarakterlanadi.
4. Malaka harakat ko’nikma asosida shakllanadi, shu bilan birga yangi
ko’nikmaning paydo bo’lishiga asos bo’lib xisoblanadi.
5. Malaka harakatni bajarishda quvvat sarfi tejaladi, ish unumi yuqori
bo’ladi,ya’ni kam kuch sarflab,yuqori natijaga erishiladi.
XULOSA Jismoniy mashqlar texnikasini o’rganishning yuqorida keltirilgan fiziologik
tamoyillari yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda, sportchilar bilan mashq qilish
mashgulotlar o’tkazishda albatta nazarda tutulmogi, ularni amaliy qo’llanishi
lozim.Bu tamoillar sportchining jismoniy rivojlanishi, yuqori malakali sportchi bo’lib
etishishini ta’minlaydi. Sportchining erta sportdan chiqib ketishi oldini oladi.