Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
176
JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA HARAKAT MALAKASI VA
KO’NIKMALARINING TEXNOLOGIYASINI SHAKLLANTIRISH
Mirzayev Mirkamol Qoratoyevich
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, O’zbek tili, pedagogika va
jismoniy madaniyat kafedrasi katta o’qituvchisi.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilar jismoniy harakatlari
orqali bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bilim va ilm egalashga
va o’zlashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar
: ta’lim jarayoni, tarbiya, ko’nikma, malaka, bilim, mashqlar
texnikasi, dinamik stereotip.
ABSTRACT
This article analyzed the issue of acquiring knowledge and skills through
physical activities of those engaged in physical education. Also, the method of
acquiring and mastering knowledge was described.
Key words:
educational process, upbringing, skill, competence, knowledge,
exercise technique, dynamic stereotype.
KIRISH
Yurtimizda ta’lim va tarbiya
jarayonining mohiyati bilim, ko’nikma va
malakalarni egallab olishdir. Bilim - bu o’quvchi va talabalar ongida muayyan
tizimda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular
zaruriyatiga ko’ra foydalana oladigan: faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar,
tushunchalardir.
Asosan fanlarni o’zlashtirsh va o’rganish vaqtida o’quvchi-talabalar
qonun
tarzida ifodalangan hamda xodisalarning mohiyatini va bog’liqlikni qisqa qatiy
shaklda aks ettiruvchi bilimlarni egallab oladilar. Hamma hollarda ham bilimlar inson
ongi bilan aks ettiradigan real olam, borliq xossalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Ularda
insoniyatning umumlashtirgan tajribasi mujassamlashtirilgan. Ta’lim
jarayonini
“Jismoniy madaniyat” fani yo’nalishida o’rganadigan bo’lsak harakat ko’nikmalari,
malakalari va ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirishga,
takomillashtirishga va mustahkamlashga qaratilgan pedagogik jarayondir. Bu esa
yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vasitasi hisoblanadi.
Jismoniy
tarbiya tajribasida bilimlarning roliga yetarlicha baho bermaslik, bilimlarga e’tibor
bermagan holda shug’ullanuvchilarni harakat ko’nikma va malakalarni shakllantirish
ularning hollarini o’rganish mumkin. Ilg’or o’qituvchi va murabbiylarning tajribasi
shundan dalolat beradiki. O’quvchilarning bilim darajasini
kengaytirish insonning