Yosh sportchilarda tezkor chidamlilikni rivojlantirish.Mashg‘ulot jarayonlarida har tomonlama jismoniy tayyorgarlik darajasini, yengil atletika mashqlari yordamida yosh yengil atletikachilarni organizmlariga ta'sirini nazorat qilish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish yo‘llari, ularda qo‘llaniladigan mashqlar, usullar va bajarilish shiddatlarini me'yorlashtirish va doimiy nazorat ularning mashg‘ulotlarini zichligini oshirish va mashg‘ulot jarayonlarida samaradorligini ko‘rish mumkin. Mashg‘ulotlarni olib borish jarayonida sport maydonchasining umumiy ahvoli va yo‘lkalar uzunligini ham inobatga olgan holda nazorat qili borish tavsiya etiladi.
Mashg‘ulotida tezkor chidamlilikni rivojlantirish uchun qo‘llanadigan usullar va uslublari, shuningdek bir guruh murabbiylari tomonidan o‘tkazilgan tajriba hamda uning natijalarini ta'riflab bergan.
Aerob xususiyatdagi ishga bo‘lgan chidamlilik darajasi orqali, masofali va o‘zgaruvchan uslublarning tegishli rejimlarini qo‘llash yordamida oshirish mumkin. Oraliqli asosiy uslub shu narsani tashkil qiladiki, nisbatan yuklamali ish bajarilgandan so‘ng dam olish oraliqlari vaqtida yurak urish hajmi eng katta ko‘rsatkichlarga yetadi.
Yosh sportchilarning aerob imkoniyatlarini oshirish uchun muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan mashg‘ulot usullaridan biri – bu masofali usuldir. Masofali uslubda yurak qisqarish tezligi 140 zar/daq.dan 170 zar/daq.gacha bo‘lib, yurakning funksional imkoniyatlarini oshirish, kapilyarlar sig‘imini kengaytirish, hamda kislorod iste'mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar imkoniyatlarini oshirish uchun samarali hisoblanadi.
Aerob xususiyatdagi ishda o‘zgaruvchan tezlik bilan ishlash keng qo‘llaniladi. Bunda nisbatan yuqori va nisbatan past tezlik bilan yugurib o‘tiladigan bo‘laklarni o‘zgartirib turish, bo‘laklar shiddatini yurak-qon tomir urishini 160-170 gacha oshirishni hamda oxirida, «kam shiddatli bo‘lakda YuQTU 140-145 gacha kamaytirishini nazarda tutadi» (29,34,36,41)).
Mashqlar davomida YuQTU 130-150 zar/daq atrofida bo‘ladi. Ish kislorod rejimi bo‘yicha shiddatli turg‘un sharoitlarda kechadi va samaradorlikni pasaytirmasdan bajarilishi mumkin.
Asosan past sur'atda to‘liq koordinatsiyali harakatlar bilan suzish qo‘llaniladi. Olimlarning ta'kidlashicha tezkor chidamlilik quyidagi uslublar bilan rivojlantiriladi: ravon yoki masofali uslub. Sportchi 20 daqiqa ichida bir tekis (ravon) rejimda tomir urushi 170-180 zar/daq atrofida bo‘ladi. Quruqlikda 20 daqiqadan 70 daqiqagacha davom etadigan kross yugurishi, chang‘ida yugurish yoki eshkak eshish (3 soatgacha) qo‘llanilganda ish shiddatiga ko‘ra tomir urish tezligi 175-190 zar/daq.gacha oshadi. Bunday ish rejimi umumiy chidamlilikni oshirish uchun samarali hisoblanadi. Ish davomiyligi 45-90 soniya atrofida, ya'ni 50-100 m belgilanadi. Dam olish oralig‘i shunday belgilanadiki, pauza oxirida tomir urishi 120-140 zar/daq. gacha pasayishi lozim. Masofalar o‘rtasida dam olish sust (masofali uslub) yoki faol (o‘zgaruvchan uslub) bo‘lishi mumkin.
Bir qancha olimlar o‘z ishlarida tayyorgarlik davrida umumiy chidamlilikni oshirishga katta e'tibor berganlar. Yosh sportchilar mashg‘ulotsining tayyorgarlik davrida past va o‘rtacha shiddatli mashqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
13-14 yoshdagi sportchilar mashg‘ulotida o‘rta masofalarga yugurish mashqlarining umumiy hajmdan va shiddatidan 65%gacha oshirilishi salomatlikka salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, funksional imkoniyatlarni oshirishga yordam beradi, asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga ijobiy ta'sir etadi.
Tezkor chidamlilikni oshirishning asosiy sharti - bu past va katta shiddatdagi ishga muvofiq keladigan rejimda mashg‘ulot yuklamalarini uzoqroq va yuqori shiddatda bajarishdir. Mashg‘ulot yuklamasini hajmi katta bo‘lishi kerak emas, chunki tezkor chidamlilikning asosiy tarkibi uzoqroq yuqori shiddatni ushlab yaxshi vaqt ko‘rsatishni taqazo etadi. Buning ma'nosi shundaki, tezkor chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazishda shiddat qisqa muddatga kritik chegaradan chiqishi zarur, biroq har bir mashg‘ulot seriyasi yoki mashg‘uloti katta kislorod qarzini chiqarmasligi lozim. Ushbu asosiy tamoyillariga muvofiq tezkor chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotda ravon va o‘zgaruvchan uslublar qo‘llanishi mumkin.