Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari haqida tushuncha Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 122 Kb.
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#156580
  1   2   3   4
jismoniy tarbiya boʻlimlari oʻquv vaqtlari hamda oʻquv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik oʻquv reja jadvali


JISMONIY TARBIYA BOʻLIMLARI OʻQUV VAQTLARI HAMDA OʻQUV MATERIALLARINI HAR DARS VA CHORAKLARGA TAQSIMLASH YILLIK OʻQUV REJA JADVALI

Reja:




        1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari haqida tushuncha

        2. Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati

        3. Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati

        4. Yosh sportchilarda tezkor chidamlilikni rivojlantirish

Ma'lumki, ishlash, mehnat qilish, energiya sarflash natijasida insonning ish qobiliyati vaqtinchalik kamayishi - charchoq deb ataladi.


Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so‘ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilik darajasining xilma-xil bo‘lishidir. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deyiladi.
Oqibatda harakatni boshqaradigan mexanizm takomillashadi, bu hol asosan harakat markazidagi funksional o‘zgarishlar bilan bog‘lik. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir xildagi impulslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi.
Uzoq muddatli ishlar bilan muntazam shug‘ullanish natijasida, mushaklarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, morfologik va biokimyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi. Ulardagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi.
Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, ayniqsa yurak-qon tomirlari va nafas organlari termoregulyasiyasi takomillashishi kuzatiladi. Bu holat asosan nerv-gumoral regulyasiyasi orqali boshqariladi.
Chidamlilikni oshirish uchun bir qator mutaxassislar o‘z uslubiyatlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o‘quvchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e'tibor berilmokda. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash kerak, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim.
Inson chidamli bo‘lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim. Chidamlilik darajasining oshishi, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan energiyani tejab-tergab sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi chidamlilik talab etiladigan yengil atletika turlarida natijalarni yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, o‘rganish uchun tanlangan ushbu mavzu dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni har xil shiddatda bajarilishi, charchashni ham har xil vaqtda sodir bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun aniq chidamlilikni tarbiyalash uchun metodik usullar ham har xil bo‘lishi zarur. Masalan, maksimal va submaksimal quvvatli ish bajarishdagi charchashning bosh sababi - organizmda anaerob imkoniyatlarining kamayishi bilan bog‘liq.
Katta va uzoq vaqt davom etadigan shiddatli ishlarda asosiy o‘rinni organizmning aerob imkoniyatlari egallaydi.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, mashg‘ulotni bir tekisda yugurish uslubi va har xil o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Maxsus chidamlilik sport turlarining talabiga qarab bajariladi.
Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga bog‘liqligini ta'minlaydi, bu ish bajarishda kislorod talabini ta'minlovchi yuklamani oshib borishi bilan bog‘liq.
Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, yosh sportchilarning chidamliligini oshirish uchun shug‘ullanuvchilar organizmning funksional «potologi» kam shiddatli, lekin uzok davom ettiruvchi ishlarda boshqalarga qaraganda yuqoriroq rivojlanishi aniqlangan.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish o‘rtachadan past va o‘zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik imkoniyatiga katta talab qo‘yadigan bo‘lishi zarur. Maktab yoshidagi o‘quvchilar mashg‘ulotida turli shiddatlarda chidamlilikni rivojlantirish quyidagicha:
- maksimaldan 90-95 %, 1-2 marta takrorlanadi, 12-20 soniya davom etadi, takrorlash oralig‘ida 90-120 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 90 %, 2-3 marta takrorlanadi, 50-70 soniya davom etadi. Takrorlash oralig‘ida 120-150 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 75 %, 3-4 marta takrorlanadi, 90-130 soniya davom etadi, 120-150 soniya dam olinadi.
400-800-1500-3000 m masofalar maktab o‘quvchilari uchun musobaqalar dasturiga kiritilgan. O‘smirlar va bolalar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa bola organizmining ushbu musobaqaga tayyorlangan bo‘lishi kerakligini ta'kidlaydi. Lekin,o‘quvchi yoshlarning ko‘pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli, yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olgan holda, bolalarda chidamlilikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning umumiy hamda maxsus chidamliligini tarbiyalash.
O‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalash muammosi mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar predmeti sifatida mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular mazkur harakat sifatining «Organizmni charchash vaqtini orqaga suruvchi yoki charchash jarayonini keltirib chiqaradigan omillarning paydo bo‘lishiga zid ravishda ish faoliyatini davom ettirish» xususiyatiga ta'rif berishgan.
Keyinrok chidamlilik tushunchasi birmuncha kengaydi. Bunga sabab unga tashqi va ichki salbiy omillar harakatidagi barqarorlik ham kelib qo‘shildi.
Chidamlilik organizmning mehnat qobiliyatini saqlash muddatining davomiyligi va uning charchash yoki tashqi muhitning salbiy omillari (yuqori yoki past harorat, atmosfera bosimining pastligi va h.k.) ta'siriga bardosh berish, qarshilik ko‘rsatish darajasi sifatida tavsiflanadi.
So‘nggi yillarda chidamlilik va uning turlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan yaxlit tushuncha sifatida ifodalanmoqda. Masalan: kuch chidamliligi, umumiy va maxsus chidamlilik, tezlik chidamliligi va h.k.
Yuguruvchining jismoniy ishchanlik qobiliyatiga (chidamliligiga) ta'rif berganda, tezlik, (30-100 m. li bo‘lak), sprinterlik chidamliligi (150-100 m. li bo‘lak), tezlik chidamliligi (400-600 m. li bo‘lak), maxsus chidamlilik (800-2000 m. li kesma), stayerlik chidamliligi (3-10 km), umumiy chidamlilik (20-42 km. gacha) singari atamalardan foydalanganda noaniqliklar yuzaga keladi.
Masalan, yuguruvchi chidamli deyishadi-yu, lekin qanday masofalar nazarda tutilayotganligi noma'lum. 10 km. dagi masofada chidamlilik darajasining yuqoriligi, yuguruvchi 800 m. masofada ham xuddi shunday chidamli degani emas.
Hatto maxsus chidamlilik ham polimorf (ko‘p shaklli) sifat hisoblanadi. Uning rivojlanishi o‘zaro har xil aloqada hamda asosiy sifatga qandaydir munosabatda bo‘lgan qator tarkibiy qismlar: umumiy chidamlilik, tezlik, maxsus kuch kabilarning yig‘indisiga bog‘liqdir.
Maxsus chidamlilik ikki asosiy jismoniy sifat - tezlik va chidamlilikning sintezi hisoblanadi. Bu ikki sifat sport mahorati o‘sgan sari olib boriladigan maxsus kuch bilan mustahkam aloqadadir. 800, 1000 va 1500 metr masofaga yugurishga ixtisoslashgan sportchilar uncha tezkor bo‘lmasliklari hamda zarur musobaqaviy tezlikni uzoq muddat davomida saqlashni bilishlari va ayni vaqtda juda chidamli bo‘lishlari lozim. Maxsus chidamlilikka hamda tezlikni musobaqaning eng mas'uliyatli davrida, sportchi eng charchagan paytida, chidamlilikni esa butun masofa davomida namoyish qilish kerak.
Anaerob jarayonlarda energiyaning 2 manbai bo‘lib, ular atmosferadagi kislorodning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Anaerob jarayonlarga kuyidagilar kiradi: A-mushaklardagi fosfoorganik birikma bo‘lishi kreatinfos-fatning parchalanishi; B-glyukoliz, ya'ni uglevodlarning fermentativ parchalanishi (u sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan tugaydi).
Hozirgi paytda chidamlilikning sifat jihatdan har xil turlari va darajalarini aks ettiruvchi yetakchi funksiyalar organizmning energetik imkoniyatlari demakdir, degan fikr ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan. Chidamlilik sifati, shu bilan birga, mashg‘ulot yuklamalari sifatining fiziologik belgilariga qarab baholash, o‘rta masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash uslubiyotini aniqlash va detallashtirish (batafsil o‘rganish) imkonini beradi. Fiziologik tamoyillar asosida jismoniy mashqlarni hisobga olish, qo‘llanadigan mashg‘ulot vositalarini ularning organizmga ta'sir kilish xususiyati va darajasiga ko‘ra aniq hamda tabaqalab ro‘yxatga olish uchun yul ochadi.
So‘nggi yillarda chidamlilik haqida gap ketganda, pedagogik va fiziologik tushunchalarning birikib ketganligini kuzatish mumkin. Kundalik nutqimizga aerob va anaerob chidamlilik degan tushunchalar kirib keldi. Chidamlilik turlarini talab qiladigan sport mashg‘ulotlari taassurot yo‘nalishini aniq ochib bera olmayapti, shuning uchun endi chidamlilik kichik turlarga ham tasniflanadigan bo‘ldi. Shu tariqa aerob chidamlilik qisqa muddatli, aerob, o‘rta va uzoq aerob chidamlilikka bo‘linadi. Bularning birinchisi 3-10 daqiqali jismoniy zo‘riqishni, ikkinchisi 10 daqiqadan 30 daqiqagacha, uchinchisi 30 daqiqadan ortik davom etuvchi jismoniy zo‘riqishni o‘z ichiga oladi. Bunday tasniflashga ko‘ra, 1500 m. ga yugurish qisqa muddatli aerob chidamlilik turiga kiradi.
Anaerob chidamlilik ham xuddi shunday: qisqa muddatli, o‘rta va uzoq davom etuvchi turlarga bo‘linadi. Bulardan birinchisiga eng yuqori tezlik bilan 20 soniyagacha vaqt orasida yugurish (200 m. gacha bo‘lgan masofalar), ikkinchisiga - 60 soniyagacha, uchinchisiga - 3 daqiqagacha vaqt sarflanadigan yugurish kiradi.
Yuklamalar yo‘nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to‘g‘risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra yugurishda shiddatning I darajada shug‘ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina “sarflangan” kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132 ur/min), II darajada shug‘ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg‘ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min).
Yuqorida ko‘rsatilgan shiddat darajalari asosida chidamlilik sifati kichik sinflarga bo‘linadi. Mutaxassislar bu borada umumiy, sur'at va kuch chidamliligini ko‘rsatadi. Buning ustiga, sur'at chidamliligi, masofa uzunligiga qarab yana 3 turga bo‘linadi: a) qisqa chidamlilik, b) o‘rtacha, v) uzoq muddatli chidamlilik. Aniq mashg‘ulotlar chidamlilikning barcha turlari orasida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Masalan, razryadlar guruhida umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyasiya koeffitsienti
0,48-0,70 ga teng bo‘ladi. Umumiy va tezlik, chidamlilik orasidagi aloqadorlik eng kam (R=0,31-0,62) deb topildi. Mashg‘ulotlar jarayonida muayyan yo‘nalish asosida, bajarilgan ish umumiy, muhim ahamiyatga ega. Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi.
800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning masofaga tayyor- garligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga qo‘yiladigan me'yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin .
Fiziologik nuqtai nazardan, aerob imkoniyatlar rivojlanishining eng ko‘p ma'lumot beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichi maksimal kislorod iste'moli (MKI), u inson qila oladigan eng ko‘p kislorod miqdori hisoblanadi. MKI ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash hamda «masofa-vaqt» aloqadorligining tahliliga asoslanib, kritik tezlik to‘g‘risidagi tushuncha kiritilgan.
O‘quvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish ustidan pedagogik nazoratni amalga oshirish uchun 2 ta yetarlicha ma'lumot beradi. 400 m. ga yugurish natijasi (anaerob glikolitik) va YuQT (170ur/min) bo‘ladigan yugurish tezligi (anaerob imkoniyatlar ko‘rsatkichi) dir. Tadqiqotda 400 va 200 m., 800 va 400 m., 1500 va 800 m. ga yugurish natijalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liklik ko‘rsatilgan. Axborot mezonlarini izlashga yo‘naltirilgan maxsus tadqiqotlarda shu narsa ma'lum bo‘lganki, 400 m. va 800 m. ga yugurish natijalari 300 m. va 3 x 300 m. ga yugurish testlari bilan 1500 m. ga yugurish natijalari esa 2 x 300 m. 200 m. ga yugurish testlarini tekshirish orqali ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. ( R= 0,57-0,88).
O‘quvchilarning maxsus chidamliligini nafasni tutib turishga ko‘ra baholash to‘g‘risidagi taklif ham bor, chunki chidamlilik bilan nafasni tutib turish kattaligi orasida yetarlicha yaqin bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Yuqori malakali sportchilarda bu bog‘liklik ancha kuchsizlanib qoladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu nazorat mashqi anaerob jarayonlar shiddatini maksimal darajaga yetkazadi. Ushbu test natijalarining o‘sib borishiga qarab, anaerob chidamlilik darajasining oshishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar sport bilan shug‘ullanuvchilar organizmining funksional holatida fiziologik, biokimyoviy va boshqa o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi; o‘pkada almashinuv hamda kislorod iste'moli ko‘payadi, qonning tomir urishi vaqtidagi va daqiqadagi hajmi, undagi sut kislotasi miqdori oshadi va h.k.
Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, sportchilarda tinch holatda laktat darajasi 20 mg% gacha ko‘payadi. Aralash zonada mashg‘ulot o‘tkazilganda, ya'ni, shiddat bilan nisbatan bir tekis ta'minlanuvchi zonada aerob va anaerob manbalardan sut kislotasi konsentratsiyasi yuzaga keladi. Yugurish tezligi eng yuqori bo‘lgan hollarda laktat darajasi ham shu sportchi uchun eng eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi. Qonda sut kislotasi konsentratsiyasi 20 mg% dan oshganda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar anaerob zonadagi faoliyat hisoblanadi. Bajarilayotgan ishni energiya quvvati bilan ta'min- lanishining umumiy kuchida anaerob oksidlanish ulushi ko‘payib ketadi. O‘rta masofalarga yuqori malakali yuguruvchilarda mashg‘ulot jarayonida sut kislotasi miqdori ko‘pincha 120 dan 250 gacha mg% ni tashkil etadi.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, 800 m. ga yugurish vaktida maksimal kislorod qarzi kattaligi 55-68 % gacha yetsa, sut kislotasi darajasi 140-­200 mg% ga teng bo‘ladi, qonning sut kislotasi reaksiyasi (rN) 7,1-7,5 gacha pasayadi, maksimal kislorod iste'mol qilish darajasi tananing 1 kg og‘irligiga nisbatan 68-75 ml. dan to‘g‘ri kelsa, yurakning hajmi 10-13 ml/kg ni tashkil etadi.
1500 m. ga yugurishda maksimal kislorod qarzi kamroq 35-45 % ga teng, ammo so‘nggi 300-400 m ni juda tez yugurib o‘tishda sut kislotasi 1600-1700 mg% gacha ko‘tariladi, MKI 80 ml/kg og‘irlikkacha, yurak hajmi 11-13,3 ml/kg gacha yetadi (Platonov, 1987).
Razryadli sportchilarda barcha o‘zgarishlar kamroq ko‘zga tashlanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, razryadlaridan sut kislotasi mikdori taxminan 13 mg% ni, yuklamadan so‘ng 19 mg% ni, yuklama berilganidan 2 soat o‘tgach 16,5 mg% ni, 4 soat o‘tgach 10 mg% ni, yuklama berilganidan so‘ng oradan 24 soat o‘tgach esa 11 mg% ni tashkil etadi. Mushak faoliyatidan keyin qondagi sut kislotasi miqdori taxminan 45 mg% ga yetganda, kislorod qarzi laktat funksiyasi hosil bo‘lishi boshlanadi.
Demak, qonda yig‘iladigan sut kislotasining maksimal mikdori bilan kislorod qarzning laktat fraksiyasi kattaligi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor.
Yuqori malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarda kislorod qarzi kattaligi bilan qonda paydo bo‘lgan sut kislotasi miqdori, 4x400 m. testni qisqarib boruvchi interval oraliqlar, tanaffuslar (3,2,1 daqiqa) bilan bajarganlarida esa ko‘p bo‘lishi aniqlangan (Devyatko, 2002). Bu test 800 m. ga yugurishga qaraganda kislorod qarzi bilan bog‘liqdir.
Mazkur nazorat mashqini bajarishda sut kislotasining to‘planishi 176-178 mg% ni tashkil qiladi. Organizmda u yoki bu aerob faoliyat bajarilgandan so‘ng sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aerob gemoglobin (Nv) konsentratsiyasi bilan aniqlaydilar. Ishda fazali (bosqichli) diagram- malarni yaratish asosida aerob faoliyat bilan gemoglobin konsentratsiyasi orasida teskari aloqa borligi aniqlangan bo‘lib, u mazkur ko‘rsatkichning yetarli darajada yaqinligini va uni foydalanayotgan yuklamalarning muvofiqligini nazorat qilish maqsadida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi.
Yuguruvchilarni o‘rtacha masofalarga tayyorlashda shuni nazarda tutish kerakki, 800 va 1500 m. li masofalar nisbiy shiddatining anaerob zonalarga tegishli bo‘lib, sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlari rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadilar. 800 m. ga yugurishda anaerob- glikolitik jarayonining ancha ko‘payishi eng muhim hisoblanadi, 1500 m. ga yugurishda esa shiddat hosil bo‘lishida aerob jarayon katta ahamiyat kasb etadi.
Yana bir qator boshqa mutaxassislar tomonidan 800 m ga yugurishda maxsus chidamlilik hamda kuch sifatlari xususiyatlari orasida 1500 m. ga yugurishdagiga nisbatan ko‘proq jihatlari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur mualliflar 800 m ga va 1500 m ga yugurishda mashg‘ulot jarayonini ko‘rish masalasiga umumiy yondashuvdan alohida-alohida yondashuvga o‘tishni taklif qiladilar. 800 m va 1500 m ga yuguruvchilarning sport mahorati o‘sib borgan sayin tezlik sifatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilib, xuddi shunday xulosaga kelish mumkin. 800 m ga yugurishda tezlik sifatlaridan foydalanish darajasi 81-83 % ga, 1500 m ga yugurishda esa 73-78 % ga teng bo‘ladi (Mateev, 1977).
Yuguruvchilarning o‘rtacha tayyorlashning usuli yo‘naltirilganligini belgilashda quyidagilarni hisobga olish lozim: maxsus jismoniy tayyorgarlikning omillari asosidagi «sur'ati» o‘z tarkibiga tezlik imkoniyatlari yig‘indisini, umumiy chidamlilikni, maxsus chidamlilikni oladi. Bu sifatlarning 800 m ga yugurishga qo‘shgan ulushi 70 % ni, 1500 m ga yugurishda esa 77% ga teng. Eng muhimi, maxsus chidamlilik omili sanaladi (800 m ga yugurishda - 31%, 1500 m ga esa - 26,3%).
Organizmning aerob va anaerob imqoniyatlari mashqni bajarish shiddati va davom etish vaqti, takrorlash soni va dam olish oraliqlariga bog’liq .
Shu bilan bir qatorda tekshiruvchilarning diqqati sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni tarbiyalash uslublari to’g’risida hamda uni takomillashtirishga kam e'tibor berilgan. Ayniqsa, bolalar va o’smirlarda chidamlilik muammosi kam o’rganilgan.
Ko’pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo’yicha yosh sportchilarda emas, balki sport bilan doimiy ravishda shug’ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan.
Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo’yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’lsa-da, umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to’liq javob bera olmaydi.
O’tkazilgan tekshiruv ishlarini ko’rsatishicha, aylanma mashg’ulot uslubini yengil atletikaga, yugurish, o’yin va musobaqa shaklida qo’shib o’tkazganda 15-16 yoshli o’smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham rivojlanganligini ko’rsatgan.
Yosh o’smirlarni o’rta masofaga yugurish bo’yicha mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarga yo’naltirilgan mashg’ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang’ich sport tayyorgarligi davrida mashg’ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish kerakligi uqtirilgan.
Ko’pchilik olimlarning ta'kidlashicha, yuguruvchining ko’p yillik mashg’ulot jarayoni birinchi yillarida umumiy chidamlilikni tarbiyalash, keyinchalik bu yuguruvchining maxsus chidamliligini negizi bo’lib xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga boshqa bir guruh olimlar boshlovchi yuguruvchilarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, trenirovkani bir tekisda yugurish uslubi va har xil o’zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar.
Boshqa bir qancha tadqiqotlarda umumiy chidamlilikni samarali oshirish uchun qisqa vaqt ichida takrorlangan, uncha katta bo’lmagan interval dam olish oralig’ida ham ijobiy natijaga erishish mumkinligi ko’rsatilgan.
Bolalar va o’smirlarda chidamlilikni tarbiyalashda, organizmning funksional tayyorgarligi sustligini e'tiborga olgan holda sekin va ilmiy yondoshish kerak hamda bu yosh davrida ko’proq tezkorlik sifatlarini tarbiyalash kerakligini ko’rsatishgan.
Ayrim olimlarning fikricha, chidamlilikni rivojlantirishda, juda ehtiyot bo’lish, maktab yoshidagi bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni to’liq berilmaganligini tasdiklaydi.
Shu bilan bir qatorda o’smir yoshda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositasi sifatida asosan yugurishni; uzun masofa bo’laklarida qayta yugurishni umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va nafas olish mashqlari bilan almashtirishni olimlarimiz taklif qilishgan.
Har bir o’qituvchi mashqlar shiddatini individual va o’quvchining tayyorgarligiga bog’liq ekanligini unutmasligi kerak. Yangi shug’ullanayotgan bolalarda maksimal shiddatdan 75-80% bir chegarani tashkil qilsa, yaxshi tayyorlangan sportchilarda esa boshqacha ko’rinishda bo’ladi.
Boshlovchilarda aerob imqoniyatlar 1 km. masofani 5-7 daqiqada bosib o’tganda rivojlanishga yordamlashsa, yuqori tasnifli sportchilarda esa 3,5-4,5 daqiqada rivojlanadi .
Maktab o’quvchilarida hosil bo’lgan charchashni asab tizimining katta qo’zg’atuvchilariga kichik turg’unlikda bo’lishi sababli qisqa vaqt ichidagina yenga oladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish o’rtachadan past va o’zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik imqoniyatiga katta talab qo’yadigan bo’lishi zarur.
Mashqlarni uzluksiz bajarish 2 daqiqadan ortiq davom etib, shiddati maksimaldan 50% atrofida bo’lganda, 11-12 yoshda eng samarali vosita 2,7 m/s tezlikda, 12-13 yoshda 2,8 m/s tezlikda, 13-14 yoshda 3,06 m/s tezlikda yugurib, 10-15 daqiqadan ham ortiq davom etadi. Dam olish 3-5 daqiqani tashkil etadi.
Agar uzoq masofalarga yugurishda mashqlar maksimaldan 65% atrofida davom etsa, 11-12 yoshda 3,1051 m/s tezlikda shiddatlar belgilanadi, mashqlarning davom etishi 3-15 daqiqagacha, dam olish 4-6 daqiqagacha bo’ladi.
11-14 yoshli o’quvchlar uchun optimal yuklama shiddatida yurak-qon tomir urishi 150-160 atrofida, nafas olish tezligi 20-30 sikl daqiqa bo’ladi. 11-14 yoshli o’g’il bolalarda maksimaldan 60-65 % uzoq masofalarga yugurganda nafas olish va qon aylanish o’zaro optimal aloqada bo’lib, ish aerob jarayonda sodir bo’ladi. Bunday ishlar 10-15 daqiqa davom etadi.
Chidamlilikni rivojlantirishda umumiy chidamlilik mashqlarini asta-sekin 15-20 daqiqagacha bajarib borganda yaxshi rivojlanadi. O’smirlarda umumiy chidamlilikning asosiy natijasi bo’lib, kislorodni maksimal qabul qilish ish qobiliyatining asosiy ko’rsatkichidir.
Mashqlarni yuqori shiddatlarda bajarayotgan mushaklarga kislorod talab darajasi yetib bormaydi. Yuklama shiddati yuqori bo’lgan anaerob jarayonlarda mashqlar bir necha soniya davom etadi.
Shiddati maksimaldan 75% yuklamada mashqlarni bajarish funksional imqoniyatlarini rivojlanishiga muhim ta'sir etadi, ish bajarish aerob-anaerob rejimda sodir bo’ladi va umumiy chidamlilikning o’g’il bolalarda yugurish mashqlarining uzoq davom etishi maksimal shiddatdan 50% yuklamada kuzatiladi. Bunday yuklama 2 daqiqadan 15 daqiqagacha yoki undan ko’proq davom etadi.
Mashg’ulotlarda umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun qo’llanadigan usullar va uslublar, shuningdek, bir guruh murabbiylar tomonidan o’tkazilgan tajriba hamda uning natijalarini ta'riflab bergan.
Mualliflarning ta'kidlashicha, aerob xususiyatidagi ishga bo’lgan chidamlilik darajasi orqali, masofali va o’zgaruvchan uslublarning tegishli rejimlarini qo’llash yordamida oshirish mumkin. Oraliqli asosiy uslub shu narsani tashkil qiladiki, nisbatan yuklamali ish bajarilgandan so’ng dam olish oraliqlari vaqtida yurak urish hajmi eng katta ko’rsatkichlarga yetadi.
O’quvchlarning aerob imqonyatlarini oshirish uchun muvaffaqiyatli qo’llaniladigan trenirovka usullaridan biri - bu masofali usuldir. Masofali uslubda yurak qisqarishi ur/min. 7 gacha bo’lib, yurakning funksional imqoniyatlarini oshirish, kapilyarlar sig’imini kengaytirish hamda kislorod iste'mol qilish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar imqoniyatlarini oshirish uchun samarali hisoblanadi.
Aerob xususiyatlardagi ishda o’zgaruvchan tezlik bilan ishlash keng qo’llaniladi. Bunda nisbatan yuqori va nisbatan past tezlik bilan yugurib o’tiladigan bo’laklarni o’zgartirib turish, bo’laklar shiddatini yurak - qon tomir urishini oshirish hamda oxirida «kam shiddatli bo’lak»da kamaytirishni nazarda tutadi.
Dam olish oraliqlarini kamaytirish mashqlar yo’nalishiga kam ta'sir ko’rsatadi, lekin sportchini yanada qat'iy trenirovka rejimiga o’rgatadi.
Mashqlar davomida yurak urishi 130-150 ur/min. atrofida bo’ladi. Ish kislorod rejimi bo’yicha shiddatli turg’un sharoitlarda kechadi va samaradorlikni pasaytirmasdan bajarilishi mumkin.
Asosan past sur'atda to’liq koordinatsiyali harakatlar bilan suzish qo’llaniladi. Umumiy chidamlilik quyidagi uslublar bilan rivojlantiriladi: ravon yoki masofali uslub. Sportchining 20 daqiqa ichida bir tekis rejimda tomir urishi 150-160 ur/min. atrofida bo’ladi. Quruklikda 20 daqiqadan 70 daqiqagacha davom etadigan kross yugurishi, chang’ida yugurish yoki eshkak eshish (3 soatgacha) qo’llanilganda ish shiddatiga ko’ra tomir urish tezligi 165-180 ur/min. gacha oshadi. Bunday ish rejimi umumiy chidamlilikni oshirish uchun samarali hisoblanadi. Ish davomiyligini 45-90 soniya atrofida, ya'ni, 50-100 m. belgilanadi. Dam olish oralig’i shunday belgilanadiki, pauza oxirida tomir urishi 100-120 ur/min. gacha pasayishi lozim. Masofalar o’rtasida dam olish sust (masofali uslub) yoki faol (o’zgaruvchan uslub) bo’lishi mumkin.
Yosh sportchilarning tayyorgarlik davrida past va o’rtacha shiddatli mashqlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ularning hajmi suzish yoki yugurishning umumiy hajmidagi 65 % ni tashkil etishi lozim. Bu umumiy chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning o’sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi hamda shu orqali turli masofalarda sport natijalarining yaxshilanishiga qulay sharoit yaratib beradi. Bu davrda uzoq masofalarga turli usullarda yugurish uchun alodida o’rin ajratiladi. Nisbatan katta bo’lmagan shiddatda uzoq ishlash umumiy chidamlilikni rivojlanishini yuqori darajaga ko’taradi va keyinchalik yuqori shiddatda bajariladigan yugurishlarni og’riqsiz yengil o’tishiga imkon beradi.
14-15 yoshdagi sportchilar trenirovkasida stajyorlik mashqlarining umumiy hajmdan 65% gacha oshirilishi salomatlikka salbiy ta'sir ko’rsatmaydi, funksional imkoniyatlarni oshirishga yordam beradi, asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga ijobiy ta'sir etadi.
Yosh sportchilar umumiy chidamlilikni tarbiyalashda suzish tayyorgarligini asosiy uslublarining (ravon, o’zgaruvchan, oraliqli, takroriy) salbiy nisbati muhim ahamiyatga ega.
Umumiy chidamlilikni oshirishning asosiy sharti - bu past va katta shiddatdagi ishga muvofiq keladigan rejimda trenirovka yuklamalarini uzoq vaqt bajarishdir. Trenirovka yuklamasining hajmi katta bo’lishi kerak, chunki umumiy chidamlilikning asosiy tarkibi uzoq vaqt ko’rsatishni taqazo etadi. Buning ma'nosi shundaki, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka qilishda shiddat qisqa muddatga kritik chegaradan chiqishi zarur, biroq har bir trenirovka seriyasi yoki mashg’uloti katta kislorod qarzini chiqarmasligi lozim. Ushbu asosiy tamoyillarga muvofiq umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovkada ravon va o’zgaruvchan uslublar qo’llanishi mumkin.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda ravon va o’zgaruvchan uslublarni qo’llashni tavsiya etadi. Ravon uslubi 1500 m. va undan katta masofalarga tomir urishi 140 dan 150 gacha bo’lganda uzoq davom etadigan uzluksiz suzishni nazarda tutadi (masalan, 1 marta 500 m., 2-3 marta 300 m.). Quruklikda shug’ullanganda tayyorgarlik davrining birinchi yarmida 20 m. dan 3000 m. gacha kross yugurishi turli shiddatdagi yuklama almashinuvini nazarda tutadi. Bu almashinuv ritmik (yuqori shiddatdagi ishning bir xil davri bilan bir xil dam olish davrlari) yoki aritmik bo’lishi mumkin.
Aritmik almashinuv turlaridan biri «Fartlek» ( tezlik o’yinlari) hisoblanadi.
Tayyorgarlik davrining birinchi bosqichida «Fartlek» ancha katta bo’laklarni o’tishni o’z ichiga oladi. Musobaqa davriga yaqin o’tiladigan bo’laklar ancha qisqaradi, tezlik oshadi, tomir urishi 170-180 ur/min. gacha yetadi.
Oraliqni trenirovka uslubi ish porsiyalarini ko’p marta takrorlash, asosan, 50-100 m. va 200 m. li masofalarni yugurib o’tishda qo’llaniladi.
Shiddatli trenirovka quyidagicha tavsiflanadi: ish «parsiyalarining» shiddati tomir urishini 160-180 gacha olib kelishi lozim. Dam olish faol yoki sust bo’ladi. Ularning davomiyligi 15 soniyadan 45 soniyagacha, takrorlash soni 10 dan 30 martagacha bo’ladi.
Mutaxassislar ta'kidlashicha, trenirovkada aerob imkoniyatlarni oshirish uchun oraliqli va masofali uslublar keng qo’llaniladi. Masofalar yoki bo’laklarni yugurib o’tish ravon va o’zgaruvchan rejimlarda amalga oshiriladi. Aerob imkoniyatlarni oshirish maqsadida oraliqli uslubni qo’llay turib, fiziologik yondoshishga asoslangan tamoyillarga amal qilish zarur.

  1. Ayrim bo’laklarning o’tish davomiyligi 1-2 daqiqadan oshmasligi kerak.

  2. Trenirovka jarayoni uzunligiga qarab dam olish oraliqlari davomiyligi 40-90 soniya atrofida bo’ladi.

  3. Mashqlarni bajarishda ish shiddatini aniqlayotib yurak tomirining urish tezligini hisobga olish kerak. (170-180 ur/min. ish oxirida, 120-130 ur/min. faza yakunida).

Masofalar trenirovkasida quyidagi asosiy holatlarni inobatga olish zarur. Ish shiddati urish hajmining va kislorod qabul qilish darajasining yuqori o’lchamini ta'minlashi lozim.
10 daqiqadan 90 daqiqagacha bo’lgan ish bunday sharoitlarga javob beradi. Suzishda bu 800 dan 500 m. uzunligidagi masofa bo’lib, u tomir urishi 145-175 ur/min. atrofida bosib o’tiladi.
Ushbu uslublardan tashqari, aerob xususiyatidagi ishda chidamlilikni rivojlantirish uchun o’zgaruvchan tezlikdagi masofali yugurish keng qo’llaniladi. Bunda nisbatan yuqori va nisbatan past tezlikda yugurib o’tiladigan bo’laklarning almashinuvi «shiddatli» bo’lak oxirida yurak qisqarishi tezligini 140 ur/min. gacha oshirishni talab etadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, hamma mualliflar bir fikrga kelib, umumiy chidamlilikni ravon va oraliqli uslublar yordamida rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydilar. Biroq mazkur uslublarning makrotsiklida qay tarzda uyg’unlashishiga befarq qarab bo’lmaydi. Ularning quyidagicha uyg’unlashuvi samarali hisoblanadi, ya'ni bunda turli uslublar doirasida bajariladigan mashqlar nisbati o’lchanadi: avval (tayyorgarlik davrining birinchi qismida) uning umumiy hajmi bir tekis suzish asosida, keyinchalik esa tayyorgarlik davrining oxirida va musobaqa davrining boshida oraliq uslubida bajariladi. Bunday nisbat aerob imkoniyatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi, boshqa sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Mashgulot jarayonida quyidagi asosiy uslublar: ravon, o’zgaruvchan, oraliqli, takroriy musobaqa uslublari qo’llaniladi.
Ular bir-biridan masofasining uzunligi, yugurish shiddati, suzib o’tiladigan masofalar soni va dam olish xususiyatiga qarab ajralib turadi. Yuklama o’lchamlari o’zgartirilganda trenirovka asosan tezlik, umumiy chidamlilik yoki maxsus chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan yo’nalishga ega bo’ladi. 8x25 m. bo’laklar seriyalarida butun kuch bilan deyarli to’liq tiklangunga qadar suzish tezlikni tarbiyalashga, 1500-3000 m. ga kichik tezlikda bir tekis suzish - umumiy chidamlilikni rivojlantirishga, 6x200 m. ni maksimal tezlikdan 85-90 % shiddatda 1,5-2 daqiqa dam olish bilan suzish - maxsus chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan.
Ravon trenirovka uslubi 400 m. dan 1500 m. gacha va undan katta masofalarda bir tekis tezlikda suzishni nazarda tutadi. Bunday suzish organizmni hamma tizimlarining uzviy ishlashiga yordam beradi va suzuvchini suvda tejamkorlik bilan harakat qilishiga, shuningdek, ishlayotgan mushaklarning zo’riqishi va bo’shashini almashib turishga o’rgatadi, tomir urishi 10 soniya ichida 20-25 atrofida bo’ladi.
Masofa uzunligi tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, III va II razryadli sportchilar 800-1500 m. gacha, yuqori malakali suzuvchilar undan ortiq suzadilar.
O’zgaruvchan uslub turli shiddatdagi yuklamalarning almashib turishidan iborat. Sportchi yuqori tezlikda masofa bo’lagini (masalan, 500 m.) yugurib o’tib ancha past tezlikda davom ettiradi. Yuqori tezlikda va hotirjam yugurib o’tiladigan bo’laklar uzunligi nisbati sportchi tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi. Yuqori shiddat bilan yugurib o’tiladigan bo’laklardagi o’rtacha tezlikda ushbu uslub umumiy chidamlilikni oshirishiga, ancha tez - maxsus chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
Oraliqli trenirovkada ikkita yo’nalish ajratiladi - umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish yo’nalishlari hisoblanadi.
Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlarga xulosa tariqasida aytish mumkinki, umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun sport trenirovkasining kompleks uslublaridan foydalanish hamda chidamlilikni rivojlantirish maqsadida yugurish va suzish yoshi, tayyorgarlik darajasiga muvofiq holda vositalarni tanlash zarur tadbirlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin