dvoryanlarning qudratini sindirdi va chinakamiga millatlarga asoslangan yirik
monarxiyalar barpo etdi: bu monarxiyalarda hozirgi Yevropa millatlari -va hozirgi
burjua jamiyati taraqqiy etib bordi” (Engel’s).
Burjuaziya uzoq vaqt davomida feodal absolyutizmi bilan murosa qilib keldi va
uni qo`llab-quvvatladi. Biroq o`rta asrning oxirlariga kelib, burjuaziya shunchalik
mustahkamlashdiki, endi u feodal absolyutizmiga qarshi chiqishga va G`arbiy
Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarida o`z siyosiy
hukmronligini o`rnatishga (Niderlandiya va Angliya burjua revolyutsiyalari)
qodir edi. O`sha vaqtlarda Yevropaning Sharqida rus xalqi unga ko`p
asrlik tatar
zulmidan yetkazilgan jarohatlarni tuzatib oldi va qudratli davlat barpo qildi.
“IvanIII podsholik qilgan davrning boshlarida,- deb yozgan edi Marks,-Moskva
davlatining borligini hatto hayoliga ham keltirmay, hayratga tushgan,
Litva va
tatarlar o`rtasida siqilib qolgan Yevropa o`zining sharqiy chegaralarida to`satdan
katta imperiyaning vujudga kelishidan dovdirab qoldi,- hatto Sulton Boyazidning
o`zi, garchi u(G`arbiy Yevropa-T.) uning oldida titrab tursa ham, moskvaliklardan
birinchio marta takabburona nuqtalarni eshitdi”. Rus davlati, uning ekonomikasi va
madaniyati jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib bordi. Rus xalqining fan va
madaniyatining ba’zi sohalarida erishgan yutuqlari G`arb xalqlari erishgan
yutuqlardan o`zib ketdi.
Jadal taraqqiy etib boryotgan burjua ishlab
chiqarishining ehtiyojlari
oyoqcharx, suv parragi, domna pechi va hokazolarning ixtiro etilishiga sabab
bo`ldi. Bularning o`zi esa matematika tadqiqot metodlarining takomillashuviga
sabab bo`ldi va astranomiya, mehanika, optika hamda
ximiya singari fanlarning
hayotga chorladi. Fan va texnika ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam berdi,
texnika esa olimlar qo`liga juda ko`p sonli yangi faktlarni berib, bu faktlar fanni
boyitdi va uni ilgari siljitdi. Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) qushlarning
uchishini
kuzatib borib, uchuvchi apparatning tuzilishi to`g`risida o`z
mulohazalrini bayon etdi. Rus krepostnoy dehqoni esa o`sha vaqtdayoq odamni
ko`tarishga qodir bo`lgan qanotlarning aniq hisobini oldi, ularni yasadi va ularning
tomdan hamda qal’a gumbazlaridan kishining sekin yerga muvaffaqiyat bilan
qo`nishiga erishdi. G`arbiy Yevropa va Rossiyada kitob nashr qilish ishi vujudga
keldi va qimmatbaho pergament o`rnini qog`oz egalladi. Dengizda suzish ehtiyoji
natijasida kemasozlik taraqqiy etdi, ispanlar, gollandiyaliklar, so`ngra esa inglizlar
ham janubiy yarim sharda ko`pgina geografik kashfiyotlar qildilar,
yangi yerlar
topuvchi rus sayyohlari va dengizchilari esa Shimoliy Muz okeanini tadqiq qilish
ishini boshlab berdi va Osiyoni Amerikadan ajratib turuvchi bo`g`ozni kashf etdi.
Poroxning kashf etilishi o`q otadigan qurolning vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
Arxitektura sohasida bir qancha yutuqlar qo`lga kiritildi.
Odamni o`rganishga taalluqli bo`lgan tabiatshunoslik sohasida katta
kashfiyotlar qilindi. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning
harakati mehanikasini o`rgandi. Meditsina ham jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib
bordi. Shvetsariyada tug`ilgan Paratsels (1493-1541yillar) o`z shogirdlarini
birinchi marta bemor yotgan joyda o`qitdi va xirurgiya
bilan terapiyaning
chambarchas bog`liqligini ta’kidladi. Ispan vrachi Servet qon almashinishi haqida
ba’zi bir mulohazalarni bayon etdi, ingliz Garvey (1578-1657 yillar) esa “Yurak va
qon xarakati haqida” nomli kitobini yozdi. Tabiatshunoslikning taraqqiy etishi
yangi falsafani vujudga kelishiga sabab bo`ldi; bu falsafa diniy qoidalarni rad etdi
va tajribani haqiqatning yagona mezoni deb e’lon qildi. Ingliz F. Bekon (1561-
1626 yillar), faqat kuzatish va tajriba (induksiya, analiz, taqqoslash, tajriba)
chinakam ilmiy metod hisoblanadi, deb isbotladi. Dekart deduksiyaning
muhimligini isbotladi, Gassenadi esa molekulalar nazariyasiga asos soldi.
Burjuaziya ideologlari o`rta
asr ilohiy
Dostları ilə paylaş: