Malakani ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan xarakat
malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin bir necha xarakat malakalari shakllanib,
bir-biriga taosir ko‘rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o‘zaro taosiri aloqalari shunday
jarayonki, bir vaqtning o‘zida yoki birin ketin koordinatsion strukturalar o‘zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning
o‘zida bir necha xarakat faoliyatiga o‘qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o‘rgatishda boshqa
malakalarni xam shaklla-nishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o‘zaro taosiri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish
malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin xosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga
yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloq-tirish malakasini o‘zlashtirishni
osonlashtiradi. Yangi xosil bo‘layotgan malakalar xayotiy tajriba va o‘qitish nati-jasida va avval shakllanganlariga
tayanadi. Bunda oldingi shakllanganla-rining tuzilishi jixatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakani salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni
yuzaga keltiradi. Bu taolim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi.
Masa-lan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek oir jarayonni
aytib o‘tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o‘quv jarayonini rejalashtirishda, yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini
tan-lashda malakalarning o‘zaro taosiri munosabatlari xarakterini o‘rganish va xisobga olish jismoniy mashqlarni
klassifika-siyalashda qo‘l keladi. Bu bilan ijobiy ko‘chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va
salbiy ko‘chish elementlaridan ogox bo‘lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi.