Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə9/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, inson jismoniy tarbiyasi ana
o‘sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi, 
sport tayyor-garligidir. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik soliqni mustaxkamlashga, keng doirada xarakat malakalari va ko‘nikmalariga
ega bo‘li-shiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy xarakat sifatlarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy
mashqlardan, tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy
tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko‘proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizkultura
ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shuullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.
Kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mexnat turi va
mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning xunar yoki kasbga
yaqin bo‘lgan turla-ridan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirilgan jismoniy tayyor-garlik vositalarining qo‘llanishi mexnat
xarakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mexnat unumdorligini oshiradi, organizmning,
tashqi muxit taosirining zararli faktorlariga qashilik ko‘rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish maolum darajada shartli bo‘lib, ikkala yo‘nalishi xam bir-
birini to‘ldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘na-lishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan
biror sport turida yuqori natijalarga erishishni taomin-lashdir.
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan boliq
bo‘lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baxolash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy
tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng qo‘lamda qo‘llaniladi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat aozolari jismoniy kamo-lotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga
oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan
yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining sotsial,
iqtisodiy o‘sishi darajasiga uzviy boliq bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat – muayyan tarixiy sharoit maxsuli. Xar bir ijtimoy-iqtisodiy formatsiya jamiyat aozolari
jismining madaniyati xarakterli bo‘lib bu jamiyat taraqqiyo-tining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi, mulki
bo‘lib shaxsning xar taraflama barkamolligining mushtarak va maj-buriy sharti bo‘lib qolaveradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (fizkulptura) keng, jamlovchi
tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya «fizkulptura» tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo‘nalishga ega 
bo‘lgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga oladi (B.A. Ashmarin).
Maktab fizkulpturasi – bolalarni jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan
moddiy, maonaviy boyliklari majmuidir.
Moddiy boyliklar – xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablalar, jamiyat aozolarining
jismo-niy kamoloti darajasi (sport yutuqlari) demakdir.
Maonaviy boylik – esa tarbiya tizimi yaratgan, shakl-lantirgan oyaviy, ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy
yutuqlar xisoblanadi. Jismoniy tarbiya orqali xar qanday inson o‘ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini
o‘zlash-tiradi, shu soxa yutui uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi.
Jismoniy madaniyat jamiyatning rivojlanishida maolum xizmatlarni bajaradi:


- inson xarakat faoliyatini ratsional meoyori (norma-lari)ni belgilash;


- fizkulpturaga oid madaniy axborotni to‘plash (axboriy-lik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va
tarqatishga vositachilik qiladi;
- shaxslararo muloqot, o‘zaro aloqa (kommunikativlik) munosabatlarini shakllantirishi;
- shaxsning xarakat estetikasi talabini qondirish bilan boliq (estetikaga oid) xizmati;
- insonning doimiy xarakat qilishga bo‘lgan tabiiy talabini qondirish bilan boliq bo‘lgan va uning kundalik
turmush uchun lozim darajadagi jisman-yaroqlilik xolatini taominlash (biologik) xizmati.
Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati – sport, amaliy solomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat
klassifikatsiyasining asosida yotadi.
Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga aktiv xayotiy
faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini
yaratadi. Shuullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o‘zgaruvchan va o‘ziga xos
xususiyatlarni kasb etadi.
Jismoniy madaniyatning boshlanich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin