qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruxchalarga ajratish uslu-biyati taolim jarayonida jismoniy
rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligini xisobga olib shuullanish imkoniyatini yara-tadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish
jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatini xisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va taolim jarayoni
uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Xar bir gurux o‘qituvchi topshirii bilan mustaqil, aloxida vazifani xal qilishga
yo‘naltiriladi. Bu uslubiyat xar bir gurux uchun raxbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni
texnikasidan xabar-dor, guruxcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.
4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining,
Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi.
O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jixatdan maolum nazariy va amaliy
bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruxdoshini xavfisizligini taominlay bilish, mashqni ko‘r-sata olish va eng
asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustaxkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali,
o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim darslarda xar
bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu
usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: