ishtirokida xam bajarilishi mumkin. Bunda jismoniy tarbiya jarayonining to‘ri tashkil qilinishiga xalaqit beradigan
noqulay faktorlarni xisobga olish zarurati mavjud. Shuning uchun pedagogik jarayonning turi va uni qanday
borayotganligini tekshirib borish uchun aloxida ajratib olingan ekspress testlar yordamida etapma-etap nazorat qilish
tizimi tashkil qilinadi. Agar xar etap bo‘yicha olingan xisob natijasi rejalashtirganiga yaqin yoki to‘ri kelsa barcha
operatsiyalar to‘ri rejalashtirilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Agar nazorat natijalari rejalashtirilgandan ancha farq
qilsa, rejalashtirish texnologiyasida xatolar mavjudligi va ularni uchta zvenodan qidirish tavsiya qilinadi. Birinchidan
barcha noqulay faktorlar xisobga olingan olinmaganligi, ikkinchidan pedagogik taosir tizimi nazorati qandayligi
o‘rganiladi, bu yerda xam xatolar topilmasa, pedagogik vazifalarning xaqqoniyligi baxolanadi.
Agar xatolar birinchi zvenoda ekanligi aniqlansa va o‘qituvchi aynan shu xatolar natijalarini yuzaga
chiqmaganligiga sababchi deb ishonsa, bunda kerakli tadbirlar qabul qilinib, boshqa zvenolar tekshirilmaydi.
O‘qituvchi faoliyatining birinchi yillarida, barcha yosh o‘qituvchilarning ish faoliyatlarida aynan shu xollar yuz
beradiki rejalashtirish texnologiyasi operatsiyalarida eotiborsizlik, xatolar sodir bo‘ladi. Albatta bular barchasi ish
natijalariga yo ijobiy yo salbiy taosir etmay qolmaydi. Shuning uchun barcha yosh o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini
tizimli taxlil qilib borishlari, o‘zlariga nisbatan qattiq qo‘l xakam bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Bular o‘z navbatida kelgusi
yutuqlarga zamindir.
Rejalashtirishning shakllari maxsus ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarda turlicha. Xozirgi kunda rusiy zabon
olimlar B.A.Ashmarin, L.P.Matveea va boshqalarning o‘quv ishlarini rejalashtirish texnologiyasidan amaliyotda
ko‘proq foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: