Mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari. O‘qitishning rasmiy, norasmiy va virtual shakli. Maxsus fanlarni o‘qitishda masofaviy shakllari. Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim



Yüklə 13,68 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü13,68 Kb.
#124911
6. m


Mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari. O‘qitishning rasmiy, norasmiy va virtual shakli. Maxsus fanlarni o‘qitishda masofaviy shakllari. Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim.
Reja:
1. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish shakllari.
2. O‘qitishning rasmiy, norasmiy va virtual shakli. Maxsus fanlarni o‘qitishda masofaviy shakllari.
3. Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim.


Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi.Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi tushuniladi.Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bo’lgan.Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan.
O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdKishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bo’lgan.Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Maxsus fanlarni o‘qitishning sinf-dars shakli bu – talabalarning barcha guruhlarini bir xil sharoitda, yagona didaktik vazifani bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy shaklidir (masalan, o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, o‘quv- ishlab chiqarish sexlari, o‘quv xo‘jaliklari va h.k.).
Amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlari - talabalarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, moslamalar bilan ishlashini o‘rgatmay, balki o‘lchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqishni o‘rganish hamda to‘g‘ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi. Ishlab chiqarish jarayoni shakli - didaktik maqsadning aniqligi, ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi, o‘quv materialini to‘g‘ri tanlash, o‘qitish modellarini maqsadga muvofiq tanlash, talabalarning mustaqilligi, darsning tashkiliy aniqligi va talabalar ishida xavfsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Ekskursiya shakli– oliy ta’limni tashkil etishning shunday shakliki, u orqali talabalar bevosita ishlab chiqarish sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi. Ta’lim amaliyotida sinf-dars tizimi keng ko’lamda qo’llanilganligi sababli oliy ta’limda maxsus fanlarni o’qitishda ham sinf-dars ta’lim-tarbiya ishining asosiy shakli deb hisoblanadi.
Virtual ta’lim tizimi – bu onlayn kurslarni o‘qituvchilar tomonidan tuzish, boshqarish uchun yaratilgan web tizim hisoblanadi. Bunday e-learn sistemalarni ko‘pincha “ta’limni boshqarish sistemalari” yoki “virtual ta’lim muhiti” deb ham ataladi. Tizim ta’limiy veb-sayt hamda alohida onlayn kurslarni yaratish instrumental muhiti bo‘lib, tizimda kompyuter tarmoqlaridan ta’limda foydalanish nazariyasi va amaliyoti asos qilib olingan. Hozirda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida ushbu tizimni joriy etilishi, bilim samaradorligini oshishi bilan birga mustaqil ta’lim uchun ham xizmat qilmoqda. Bu tizimni ta’limda qo‘llanilishining yana muhim jihati hozirda o‘qitiladigan fan soatlarining ko‘p qismi mustaqil ta’limga to‘g‘ri kelishidadir. Fanni o‘zlashtirishni yakuniy bosqichida umumiy test sinovi o‘tkazish va bilimni baholash mumkin. Natijada talabani bilim samaradorligi nazorati tizim tomonidan o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Talaba online elektron ta’lim tizimidan foydalanishi uchun ro‘yxatdan o‘tishi yoki kursdan mehmon (gost) sifatida ham foydalanishi mumkin.
Masofaviy ta’lim – alohida ta’lim shakli bo‘lib, u insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofaviy ta’limning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda bilim olishi mumkin. Aynan shunday afzalliklari tufayli ushbu tizim hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan. Masofaviy o‘qitishning maqsadi talabalarning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini oshirish – ularni ilmiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida faolligini kuchaytirishdan iborat. Bunday faoliyatda masofali o‘qitishning ulushi kattadir. Ma’lumki, masofaviy ta’limda o‘qitish modeli (birlamchi modeli, ikkilamchi modeli, aralash modeli, konsorsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar va loyihalar), texnologiyalar (keys, korrespondentlik ta’limi, radiotelevizion, tarmoqli va mobil ta’lim), kategoriyalar (sinxron va asinxron) asosiy o‘rin tutadi.
E-learning (Electronic Learning - ingl. iboraning qisqartirilgani) - elektron o‘qitish tizimi, elektron o‘qitish, masofali o‘qitish, kompyuterli o‘qitish, tarmoqli o‘qitish, virtual o‘qitish, axborot va elektron texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish kabi atamalarining sinonimidir.
YUNYESKO mutaxassislari tomonidan berilgan “e-Learning – Internet va multimedia yordamida o‘qitish” ta’rifi ham mavjud. Bu mazmunan juda ko‘p ma’noni anglatishi mumkin, jumladan:
 shaxsiy kompyuter, mobil telefon, DVD, audio-video, radio-televizorlardan foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;

 uzoqdagi o‘qituvchidan maslahat olish, masofadan muloqot qilish imkoniyati;
 umumiy virtual o‘quv faoliyatini yurituvchi foydalanuvchilarning ataqsimlangan jamoasi (ijtimoiy tarmoq)ni yaratish;
 elektron o‘quv materiallarni o‘z vaqtida kunu-tun yetkazish;
 elektron o‘quv materiallari va texnologiyalari, masofali o‘qitish vositalari uchun me’yorlar va spetsifikatsiyalar;
 barcha tashkilot rahbarlari va bo‘limlari guruhlarining axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish hamda ular tomonidan axborot texnologiyalarini egallashlari,o‘zlarining odatdagi faoliyatlarinisamaradorligini ko‘tarish;
 innovatsion pedagogik texnologiyalarni egallash va tarqatish, ularni o‘qituvchilarga uzatish;
 o‘quv veb-ashyolarni rivojlantirish imkoniyati;
 dunyoning ixtiyoriy nuqtasida turib ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda zamonaviy bilim olish;
 jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogiron) shaxslarga oliy ta’lim olish mumkinligi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida ma’ruzalar muhim o‘rin egallaydi, chunki talabalar bilimini oshirish zamonaviy ma’ruzalarga bog‘liqdir. O‘quv materiallari va axborotlarni ma’ruza shaklida uzatish oliy ta’lim tizimida o‘kitish metodlaridan asosiysi hisoblanib, ta’lim oluvchilarning egallaydigan bilim, ko‘nikma darajalari ularning tayanch bilimlari va yoshiga bog‘lik bo‘ladi.
Ma’ruza - aniq mavzu bo‘yicha o‘quv materialini taqdim etishning umumqabul qilingan usuli hisoblanib,unda tizimli, ma’lum ketma-ketlik asosida nazariy xarakterdagi materiallar ma’ruzachi (o‘kituvchi) tomonidan ta’lim oluvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Odatda ko‘p ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’ruza tarzida “ma’lumotni uzatish, yetkazish” eng murakkab metodlardan iri hisoblanadi.
Ma’ruza – bu aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni ma’ruzachi tomonidan tinglovchilar guruhiga bir maromda yetkazish metodi hisoblanadi. Odatda ma’ruzada tinglovchilar auditoriyasi nofaol qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’ruza, og‘zaki metodlaridan so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi.
Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko’ra qo’yidagi turlarga ajratiladi. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni ularning xarakteri jihatidan miqdoriy (miqdorga bog’liq bo’lgan) va sifatiy (sifatga bog’liq bo’lgan) ishlarga bo’lish mumkin.Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar aniq o’lchashlar, hisoblab chiqarishlar, hisoblar bilan bog’liq. Ularning natijalari tekshirilayotgan ob’ekt yoki hodisalardagi miqdoriy bog’lanishlarni ochib beruvchi muayyan kattalik bilan ifodalanadi. Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo.Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar davomida talabalar xulosalar qiladilar, qonuniyatlarni aniqlaydilar, bilimlarini chuqurlashtiradilar; ularda zarur ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: metallarni cho’zilashga sinash; bajariladigan ishniig turiga qarab keskichlar tanlash; har xil dastgohlar va mashinalarning tuzilishini o’rganish va xokazo.Maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin.
Frontal amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarda guruhdagi barcha talabalar bir tipdagi jihozlarda yakka-yakka bo’lib yoki kichik guruhlarga bo’linib ishlab, bir xil topshiriqni bajaradilar.
Nofrontal amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarda talabalar kichik guruhlarga bo’linnib har xil mashqlarni bajaradilar yoki har xil jihoz va moslamalarda ishlaydilar.
Laboratoriya (lotinchadan “laboro”- ishlayman) - ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, ta’lim muassasasi tarkibidagi ilmiy, o‘quv-ishlab chiqarish yoki o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki bo‘lim, bo‘linma hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya uch turga ajratiladi: o‘quv laboratoriya (ayrim o‘quv fanlaridan) - talabalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi; ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi - asosiy fanlar bo‘yicha yirik ilmiytexnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha laboratoriyasi - ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘idagi dolzarb masalalar hal etiladi.Ta’lim muassasalarida o‘qitishning moddiy - texnik bazasi yaxshi tashkil etilgan taqdirdagina yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyati tug‘iladi.O‘qitishning boshlang‘ich davri uchun juda muhim hisoblangan ta’lim oluvchilar guruhining ishlab chiqarish sharoiti yaratilgan o‘quv laboratoriyasida mas’ul o‘qituvchi nazoratida ishlashini ta’minlovchi me’yorli o‘quv jarayonini tashkil etish juda qiyin, ba’zan esa ikoniyat ham bo‘lmaydi. SHu sababli ta’lim muassasasining o‘zida ham, korxonalarda ham yaxshi jihozlangan o‘quv laboratoriyasi, o‘quv maydonlarini albatta tashkil qilinishi nazarda tutiladi. Ta’lim oluvchilar bu erda ish o‘rnini oqilona tashkil qila bilish malakalarni egallaydilar, ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlar, jihozlar, asbob-uskunalar bilan tanishadilar, operatsiyalar va ishlar kompleksini texnologik tartibda bajarishning mehnat usullarini, ishlab chiqarish madaniyatini egallaydilar, o‘quv vaqtidan oqilona foydalanishni, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish va texnologik intizom talablariga roiya qilishni o‘rganadilar.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida fanlar bo‘yicha mustaqil ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv malakalari, o‘quv materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lash, o‘quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishlarning barchasi mustaqil ta’lim jaryonida egallanadi. Shunday qilib, o‘quv malakalari talabalarning mustaqil ta’lim jarayonidagi barcha o‘quv-bilish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalarning fandan mustaqil bilim olishlari jarayonida birinchi navbatda mustaqil ishlash malakasi talab etiladi. Bunday malaka o‘quv materiallari bilan mustaqil ishlash jarayonida hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, o‘quv malakalari o‘quv materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lash, o‘quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishda egallanadi.
“Mustaqil ta`lim” tushunchasi pedagogik lug’atlarda o’quv yurtidan tashqari, mustaqil o’rganish tufayli egallanadigan ta`lim turidir, deb ta`riflangan. Ayni vaqtda “mustaqil ta`lim olish”, “o’zini tarbiyalash”, “mustaqil o’qish”tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mustaqil ta`limga quyidagicha ta`rif berilgan: mustaqil ta`lim – o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.
2.D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.
3.Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013.
4.Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.
5.Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б.
w.w.w.uz
Library.uz
Yandex.Ru
Ziyonet.uz
Yüklə 13,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin