Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


-BOB. JISMONIY TARBIYa VOSITALARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə23/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

6-BOB. JISMONIY TARBIYa VOSITALARI 

6.1. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning
asosiy vositasi sifatida 

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vosi-tasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm


tarzida guruxlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi.
Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan
ixtiyoriy xarakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday xarakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport,
turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to‘plandi va to‘ldirildi.
Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator dars-liklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar,
1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘ri keladi deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida
oboektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, suboektiv sabab sifatida ongning
shakillanishi deb qaraldi.
Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini) xoldan toldirguncha quvlagan. Bu
bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muxtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lmagan-
larining o‘zlari oviga yem bo‘lgan. Shunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bo‘lib chiqadigan
bo‘ldilar.
Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan choxlardan
va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan
qabilani qariyalari yoshlarga toshni nishinga otish, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildira boshlagan va bu bilan
tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish
yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni xamda jismoniy
tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar xozirgi
zamonning yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida
jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payi-shiga
insonning mexnat faoliyati xam taosir ko‘rsatdi. Maolum-ki, mexnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik,
chaqqonlik-dek insonning jismi (xarakat) sifatlarining maolum dara-jadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab
qiladi.
Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mexnat faoliyatida qo‘llaydigan xarakatlarini ko‘proq mashq qiladi.
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, raqslar, xarbiy faoliyatdagi, sanoatdagi
ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy xarakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi.


Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib


berilgan. Ixtiyoriy xarakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi xamda biror maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Pavlov esa xarakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, xarakatlar bosh miya pustloq qismining to‘plash
xususiyati bilan boliqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli xamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida
vujudga kelishligini ilmiy isbotladi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining
mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning
to‘plami jismo-niy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning taosiridan xarakat faoliyati uchun qobiliyat
rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik
berish, depsinish xavoda uchish, yerga tushish zvenolari xamda mashqni bajarishda xal qilinadigan vazifalar,
shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar xaqidagi nazariy bilim va
amaliy xarakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmu-nini vujudga
keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasini muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki
strukturasiga shu faoliyatni bajarishda ishti-rok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zi-lishi, buralishi
va x.k., biomexanik, bioximik bolanishlari – energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa
organalardagi jarayonlar, ularning o‘zaro boliqligi-ning, o‘z ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa
jarayonlarning mashq bajarishda birini biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha
bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqacha, yaoni ichki struktura turlicha bo‘ladi.
Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasi esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, xarakatni bajarish paytiga
ketgan vaqt yoki kuch sarflash meoyori va xarakat intensivligini ko‘rinishi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro boliq bo‘lib, bir-birini taqazo etadi. Mazmunning o‘zgarishi
shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, xar-xil masofada tezlik
sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining xam turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi (qadamning kattaligi,
chastotasi, tananing xolati va x.k.). Shakl mazmunga taosir ko‘rsatadi. Aniq maolum bir xarakat uchun namoyon
bo‘layotgan jismoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga taosir qiladi. Shuning uchun suzuvchi kuchi
bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi biri-biridan farqlanadi. Jismoniy mashqni shakli va mazmunining
ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo
qisman xarakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek jismoniy sifatlariga xam taoluqlidir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin