Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatini rivoj-lanishining davrlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

1.2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatini rivoj-lanishining davrlari 

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojla-nishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.


Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi xarakat-faoliyatini organizmga taosiri xaqida eng
dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to‘pla-nishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib,
maonosiga yetish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan
«jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga
kelgan davri.
Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi –
qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy
tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi
faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar taosirining
mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shuul-lanishning foydasini
tashqi ko‘rinishlarga qarab baxolangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli
darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa xarakat sifatlarini
rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O‘rta asrning o‘rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlari-ning xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon
otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu
Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy dunyoqarashlari vujudga keldi (Usmonxo‘jaev
T.N. 1995).
Uchinchi davr – jismoniy tarbiya xaqidagi nazariy bilimlarni intensiz to‘planishi, uyonish davridan XIX
asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolash xaqidagi fanning rivojlanishi
filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammo-lariga eotibor qila boshlashlari davri, jismoniy
tarbiyaning moxiyati xaqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy maolumot-larning, bilimlarining vujudga kela boshlagan
davri. Bu maolumotlar xali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda musta-qilroq sanalgan filosofiya, pedagogika,
meditsina fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning
vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolini xisobga olmay xal qilish mumkin emasligini tushuna
boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va xayoliy sotsialistlar jismo-niy tarbiyada bir butun
tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalar xarakat qobiliyatini
rivojlan-tirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bo‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika


nazariyasi ichida aloxida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si


bo‘yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiya xaqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyat xayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi.
Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o‘rni xamda shaxsni xar tomonlama rivojlantirish yo‘llari
aniqlandi.
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb xisobga olinib, shu soxa bo‘yicha ilmiy
farazlar va bilimlar to‘planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin