To‘rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati
shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat xayotining boshqa
jabxa-lariga xam taosir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya soxasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft
(1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan
xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib,
fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan xolda o‘sha davrda progressiv xisoblangan usuliyat-
larga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli xal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy
va o‘quv muassasalari samarali mexnat qildilar. Amaliy mate-riallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi,
dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar
«Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport
metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va
boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim soxalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning
bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam-
mosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik
muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya,
pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izoxlab, isbotlab olishni isbotladi.