Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi usuliyatlashtirish nazariyasi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi usuliyatlashtirish nazariyasi 
xisoblanadi. Shunga muvofiq, o‘yinlar insonning oldindan belgilangan xayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining 
yurish-turishi, xulqi chegarasidan chiqmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamarev). O‘yinda 
shartli ravishda butun bir xayotiy situatsiya o‘z ifodasini topishi mumkin (masalan, o‘yinlarda taqlid qilish), inson 
xarakat faolitining ayrimlari turmush, mexnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi xarakatlar bo‘lib, ularda asosan odamlar 
orasidagi o‘zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib, 
odamlarning xarbiy va mexnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson xayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari 
bilan belgilanadi. O‘yin xayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonun-lariga 
bo‘ysunadi. U bizni o‘rab olgan borliqni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mexnatga tayyorlovchi 
shart sifatida inson madaniyatining muxim manbai rolini o‘ynaydi. Shunga boliq xolda o‘yin quyidagi xizmatlarni 
bajaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiya-laydi) 
va ko‘ngil ochish, munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakllantiradi. Bu 
kabi asosiy xizmatlar o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmu-nini insonni jismoniy kamolotga erishtirishga 
imkoniyat yaratuvchi xarakat faoliyatlari tashkil etadi. O‘yinlar xamda gimnastika, sport, turizmdagi farqni ko‘p xolda 
shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivojlanish meoyoriga ko‘ra yanada yaqqol ko‘rinadi. O‘yinga 
konkret xarakat faoli-yatlari tizimi deb qarash zarur, ular belgilangan qoidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida 
jismoniy mashq xarakteriga qaramay, turlicha pedagogik vazifalarni xal etishi mumkin. 
O‘yinlar usuliyat tarzida faqat umumiy qabul qilin-ganlaridek amalga oshirilmaydi. O‘yin usuliyati vositalari va 
ularning shakliga ko‘ra rasmiy o‘yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin usuliyati asosida 
darsning xamma qismlarini o‘yinlarsiz o‘tkazish mumkin (toqqa sayoxat o‘yini). Muvozanat saqlash mashqini 
bajarayotib to‘siqlardan oshishi yoki chuqurliklar ustidan o‘tish tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin