Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy 
mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida 
birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruxchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish 
uslubiyatlari orqali tashkillaydilar. 
1. O‘quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruxdagi barcha o‘quvchilarni 
birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil vazifani xal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu 
uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab olini-shidir va ularni birvarakayiga 
band qilishi bo‘lib, dars (mashulot)da yuqori zichlikka erishiladi xamda yuklamani suroati, intensivligi va meoyori 
barcha uchun bir bo‘lishli-gidadir. Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi 
materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan mashulot-larda 
foydalaniladi. 
2. O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, 
uslubiy ko‘r-satmalarni xarakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruxni to‘xtatmay, yuqori 
zichlikka erishish maqsadida xarakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu uslubiyatning afzalligi 
yuklama meoyorini, uni xajmini, intensivligini guruxdagi barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy 
nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, gurux o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baxolash, 
ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘z xarakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, 
solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlari xamda yangi materialni o‘zlashtirish 
boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin