3-BOB. JISMONIY TARBIYaNI TARBIYaNING BOShQA YO‘NALIShLARI BILAN BOLIQLIGI 3.1. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya Jisman yetarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.
“Xar qanday mexnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mexnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida
asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o‘ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o‘zaro faoliyatiga, muskullar
faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko‘rsatgani-dek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy boliq.
Aqlning o‘sishi va rivojlanishi o‘z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli xal qilinadiki, shuullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli
ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashulotlariga qiziqib, tashabbus ko‘rsatib ijodiy yondashsalar,
organizmda xarakat malakalarini to‘ri shakllanishi, funksional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus
bilimlarga tayanishlari lozim bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shuul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va
tayyorlangan-lik xamda soxa bo‘yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo‘lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan
foydalanish ko‘r-ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Mashulotga ongli munosabatda bo‘lmaslik talantni
so‘nishiga sabab bo‘ladi. Eng xavflisi shuullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shuullanishgagina odat
shakllanadi – jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko‘payadi.
Sport trenirovkasi sirlariga sho‘nish, uni tushunish, shuullanuvchi maxoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat
xar tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jaxon rekordlarini o‘rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura-
shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa
mashaqqatli mexnat, o‘tkir intellekt soxibi bo‘lishlik talab qilinadi.
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o‘zaro boliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulu rus
fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Men butun xayotim bo‘yi aqliy va jismoniy mexnatni
sevdim, ko‘proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo‘lgan fikrni xal qilish uchun aqlimni qo‘lim bilan
bolaganimda o‘zimni juda yaxshi xis qilar edim”, - deb yozgan edi ulu rus olimi I.P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o‘zaro uzviy boliq xolda amalga oshirilishi lozim.