Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
9.1. Xarakat faoliyatini tanishtirish etapi va uning mazmuni 
Jismoniy tarbiya taolimining ushbu etapdagi vazifasi shuullanuvchilarda o‘zlashtirilayotgan xarakat 
faoliyati xaqida lozim bo‘lgan birlamchi tasavvurni xosil qilish va o‘zlashtirish jarayoniga ongli munosabatni 
shakllantirish bilan faollik (aktivlik)ni oshirish o‘quv vazifasini to‘la anglash va uni to‘ri xal etish qoidalari va 
usuliyatlari xaqidagi tushunchani yuzaga keltirish. 
Tasavvurni shakllantirish jarayoni shartli ravishda o‘zaro uzviy bolangan uchta zvenoga bo‘linadi:
a) taolimning vazifalarini anglash;
b) uning xal etuvchi loyixasini tuzish;
v) xarakat faoliyatining to‘la, qanday bajarilishi lozim bo‘lsa shundayligicha yoki uni ajratib olingan qismini 
bo‘laginigina bajarishga urinib ko‘rish. 
Pedagogik jarayon shuullanuvchining jismoniy, nazariy tayyorgarligi darajasiga qarab, xarakat faoliyatining 
nisbatan oson yoki qiyinligini eotiborga olib uni zvenolarning o‘zlashtirishning ketma-ketligi belgilashga 
yo‘naltiriladi. 
O‘quvchi taolimning vazifasini, aniq xarakat akti yoki faoliyatini o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan vazifalarning 
barcha-sini, ayniqsa, aynan shu dars uchun qo‘yilgan vazifani (masalan, balandlikka sakrashda gavdaga tezlik berish 
va boshqalarni) tushunib yetish muxim axamiyatga ega. O‘quvchi o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyatining 
texnikasiing asosini va uning zvenolari tarkibidagi yetakchi xarakatlarni xam anglab olgan bo‘lishi shart. Xarakat 
texnikasi detallarini bilish, ongiga yetkazish taolimning boshqa etaplarida amalga oshiriladi. 
O‘quvchi tomonidan taolimning vazifalarini xal etish loyixasi tuziladi va o‘z ichiga o‘qituvchining yo‘l-
yo‘riqlarini, o‘quvchi uchun qo‘yiladigan vazifalarni va uni tushuntira bilish, shakllanadigan bilimlar va xarakat 
tajribalardan iborat pedagogik jarayon mazmuni kiritiladi. Ayrim xollarda asosiy loyixaga moslab zaxira variantidagi 
loyixalar xam tuziladi. Masalan, peshonaga yoki qo‘lga tayanib tik turishni o‘rgatishda o‘quvchi favqulotda 
muvozanatni yo‘qotsa, yoki orqaga yiqilib ketsa nima qilishi lozimligini oldindan rejalashtirilgan bo‘ladi. Loyixaning 
zaxira variantlarini tayyorlash xam asosiy vazifalar tarkibiga kiradi, chunki taolim jarayoni ayrim xo-latlarda 
shuullanuvchining xavfsizligini taominlashi nuqtai nazardan xam ularni taqozo etadi. 
Xarakat faoliyatini bajarishning birinchi urinishlarida boshlaboq foydalanayotgan loyixa to‘ldirishlarni, ayrim 
xol-larda esa to‘la tuzatishlar (korrektiv o‘zgartirishlar) kiriti-lishini talab qilishi mumkin. O‘zlashtirilayotgan xarakat 
faoliyatining texnikasini oson-qiyinligi va unda shikastla-nish xavfi darajasiga qarab, xarakat faoliyatini bajarishga 
urinish yoki birinchi marotaba bajarib ko‘rish muxim axamiyatga ega. Mashq texnikasi nisbatan oson bo‘lsa, xarakat 
faoliyati qanday bajarilsa shundayligicha bajarib o‘rganish qo‘llaniladi. Bu bilan o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati 
xaqida to‘la umumiy tasavvur xosil qilish oson kechadi va tuzilgan loyixani to‘ri, noto‘riligi nazorat qilinadi. 
Xarakatni o‘rganish oson kechsa taolim jarayoniga o‘zgartish kiritilmaydi, faoliyatni o‘zlashtirishni shu metod bilan 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mabodo xarakat texni-kasi tarkibidagi qandaydir detalga aniqlik kiritish kerak 
bo‘lib qolsa, xarakatni o‘sha bo‘lagini ajratib olib o‘sha qismini o‘zini o‘rgatish (o‘qitish) metodini qo‘llashni samarasi 
yuqoriligi isbotlangan. Qiyin va xavfli mashqlarni o‘rga-nishda, bo‘laklarga (qismlarga) ajratib o‘rganish-xarakat 
xaqida to‘ri tasavvur xosil qilishni tezlash-tiradi, o‘qitishning samaradorligini oshiradi. Tasavvurni xosil qilish qiyin 
kechsa o‘sha mashq texnikasining o‘z ichiga olgan yo‘llanma beruvchi mashqlar tanlanadi va ulardan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ayrim xollarda o‘quvchida birlamchi tasavvur xosil qilish uchun mashqni bajarishda unga jismonan yordam 
beriladi. Yordam berish ancha samarali bo‘lib, mashqni o‘quvchi tomonidan chuqur-roq xis qilishga olib keladi. 
Amaliyotda shunday mashqlar yoki xarakat faoliyatlarini o‘rgatishga to‘ri keladi mashq bajaruv-chiga o‘qituvchi 
tomonidan xech qanday yordam berib bo‘lmaydi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin