Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 Xarakatni bajarishning oliy maqomi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

8.2. Xarakatni bajarishning oliy maqomi 
Shakllangan xarakat malakasini takomilashtirishning eng oxirgi chegarasi xarakat akti yoki xarakat faoliyatini 
bajarishining oliy maqomi deyiladi. Uning asosiy vazifasi xar qanday sharoitda shuullanuvchi malakani egallashga va 
uni takomillashtirishga (ishlab chiqarishda, turmushda, xarbiy, sport soxasida) odatlantirish va o‘rgatishdir. Faqat shu 
xoldagina malaka o‘zining amalliy qimmatiga ega bo‘ladi. Mobodo sport zalida; (maydonda) shuullanuvchi ishonch 
bilan balandlikdan sakrab o‘ta olsayu, lekin o‘sha malakani tabiiy to‘siqlardan o‘tishda amaliyotda (xayotda) qo‘llay 
olmasa, bunday malakaning qimmati past bo‘ladi. 
Xarakatni oliy tartibda bajara olish – bu o‘zlashti-rilgan, o‘rganilgan xarakatlarni oz kuch sarflab, 
sarflanadigan energiyani o‘ta iqtisod qilib turmushda aniq qo‘llay olishdir.
Bunday ijro malakasi shakllangan xarakat malakasi asosida va nisbatan yuqori darajadagi maxsus bilimlar 
evaziga vujudga keladi. Aslida taolimning (o‘qitishning) pirovard maqsadi xam xarakatni oliy tartibda bajara olishga 
o‘rga-tishdir. 
Xarakterli belgilari.
1. Oliy tartibda xarakat qila olish ongning xizmat faoliyatini yuqori darajasi xisobidan, xolatni oboektiv taxlili 
qila olish, eng zaruri vaqt difitsitini eotiborga olgan xolda malakani shunday qo‘llaydiki, u albatta eng yuqori samaraga 
olib kelishi. 
2. Xarakat faoliyatini tashkillovchi xarakat aktlarini avtomatlashgan xolda, ongning nazorati ostida, kerak 
bo‘lsa ko‘nikmagan sharoitda korreksiya talab qilinganda xam bajarilishi.
3. Oliy tartibdagi xarakatni qila olish faqat to‘la (bir butun) xarakat faoliyatlarini bajarishdagina namoyon 
bo‘lishi. 
Oliy tartibdagi bajara olishning shakllanishi jismo-niy tarbiyaning amalliy axamiyatini ifodalaydi, sport maxo-
ratini oshirishning rezervi xisoblanadi. Xarakat malaka-lariga qo‘yilayotgan talablarning xarakteri bajara olishning oliy 
tartibini uch turga ajratish imkonini beradi. 
O‘rganganidan, egallaganidan qila oladigandan, atrof muxitni talablari bilan muvofiq, parallel yoki turli xil 
ketma-ketlikda samarali foydalanish lozim bo‘ladi. Masalan, yugurish malakasini tabiiy to‘siqlardan oshishda qo‘llash. 
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha shakllangan malakalardan foydalana olish, masalan yugurib ketayotib 
uloq-tirish. 
Ikki yoki bir-necha shakllangan malakalardan ketma-ket samarali foydalana olish. Masalan, dumbaloq 
oshishlardan so‘ng muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish.
Xarakat malakasining shakllanishi va takomillashishi qonuniyatlari xarakat faoliyatlarini o‘qitishning xar bir 
xolatida namoyon bo‘ladi. Lekin uning shakllanishi, takomil-lashishi va so‘nishining davomiyligi (uzunligi) juda xam 
turlicha va o‘quvchining qobiliyatiga, ayniqsa, malakaning o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘qituvchining shaxsi va taolim 
metodi-kasining takomillashuviga, ortib borayotgan xarakat tajribasi va x.k.ga boliqdir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin