ISHLAB CHIQARISHDA QO‘LLANILADIGAN XAVFLI YUKLAR TURI VA ULARNI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI Reja: 1. Korxonalar yuklash ishlarida xavfsizlik chora- tadbirlari. 2. "O`zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to`g`risida"qaror i. 3. Yuklash,tushirish ishlarida logistika tizimi
Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortish-tushirish,taxlash va joylashtirish bilan bog’liq hamma yumushlar Mehnat haqidagi qonunlar asosida “Ortish –tushirish ishlari xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq belgilab qo’yilgan.
Korxonalarda xodimlarni ishga tayinlashdan avval quyidagilar bilan tanishtirish kerak
Ularga ishonib topshirilgan tashkilotda mehnat muhofazasi sharoiti holati bilan
Jarohatlanish va kasbiy kasalliklarni tahlili bilan
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ishchi va xizmatchilarni himoyalash vositalari haqida
Mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat muhofazasi bo’yich qo’llanma va lavozim vazifalari ro’yxati
Ishchilarning malakasi va ish stajidan qat’iy Nazar har 6oydan ko’p bo’lmagan muddatda Xavfsiz ishlash usullari bo’yicha yo’riqnoma O’tkazilib turiladi. Korxonalarda mehnat muxofazasi sohasida injiner-texnik xodimlar,ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish,ularni xavfsizlik texnikasi qoidalarining hamma Talablarini ongli ravishda bajarish ruhida tarbiyalash xodimlar va rahbarlarning bilimini tekshirish uchun ulardan imtixon olinadi . Xavfli yuklar quyidagilarga amal qilingan holda ortiladi va tushiriladi
Avtomobil to’xtash joylari, turar joy va ishlab chiqarish imoratlardan va yuk omborlaridan 125 metr uzoqroqda
Magistral yo’llardan 50 metr uzoqlikda
Xavfli yukni ortish tushirish uchun navbatda turgan avtotransportni ham ortish tushirish joyidan kamida 25 metr uzoqroqda
Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalashtirilgan usulda, yan’I tushirgichlar yordamida, ishlar hajmi kichik bo’lganida esa kichik mexanizatsiyalar yordamida amalga oshiriladi
20 kgdan og’ir yuklar uchun, shuningdek, yuklarni 3mdan balandga ko’tarishga ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshiriladi
500 kgdan og’ir bo’lgan yuklarni kranlar bilan ortishga va tushirishga ruxsat beriladi
Yuk tashuvchi mexanizmlar
Uzluksiz ishlaydigan lentali transportyorlar,xavo yordamida, rolganglar, tarnovlar
Avtomobillar, avto pogruzchiklar, elektropogruzchiklar temir yo’l vagonlari
Ko’prik kranlari, avtomobilga o’rnatiladigan aylanma kranlar, telfer, o’zi yurar aravachaga o’rnatiladigan tal
Yuk ko’tarish tashish uskuna va mashinalari “Davlatkontexnazorat”I idoralari tomonidan rasmiylashtiriladi. Texnik ko’rikdan o’tgandan so’ng ishlatilishi mumkin. Texnik ko’rik to’liq har 3yilda bir marta va qisman ko’rik esa har 12 oyda bir marta o’tkazilishi shart hisoblanadi. To’liq texnik ko’rikda yuk ko’tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, statik va dinamik sinovlar o’tkaziladi
2011-yil1-apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasida
Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari
Hamda O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportidatashishga ruxsat berilgan Xavfli yuklar ro’yxati kuchga kirdi.
2011-yil 16-fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasida Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida 35- son qarori qabul qilindi.