Makrologistikaning vazifalari va doirasi quyidagicha: ishlab chiqarish: ishlab chiqarishtopshiriklarini rejalashtirish, ish sifatini nazorat qilish, mahsulot ishlabchiqarish rejasini korxonaning ishlab chiqarish qismlariga taqsimlash; Yetkazibberiladigan yuklarni qaytadan ishlab, zahiralarini hisoblashvaboshqarish,yuklarni bir joydan boshqa joyga kuchirish, axborot oqimlarini tashkil qilish, mahsulotlarni o’rash yoki idishlarga joylash, ularni saqlash,omborlargajoylashtirish, yuk ortish-tushirish ishlari va yuktuplarini(tuplam)komplektlash;marketing: moddiy ragbatlantirish, moliya va haq to’lash,
bozorni o’rganish, ta'minlash xizmatini tashkil qilish;iste'mol qilish: mahsulotyetkazib berishga buyurtmalarni loyihalashtirish, zahiralarni omborlarga
joylashtirish, iste'molchilarni ta'minlash, buyurtmalarni mablag’ bilanta'minlash.
Mikrologistikaning asosiy vazifasi- yuklarni
transportirovka qilishni rejalashtirish, yuklarni tayyorlash, sotish va nazorat
qilishni tashkil etishdan iborat. Bu jarayonlarni tashkil qilishda ishning eng
samarali usullaridan foydalanish kerak, buyurtmachilar talablarini tula hisobga
olgan holda ishonchli ma'lumotlar asosida ish olib borish kerak. Eng muxim
talab - yuklarni aynan buyurilgan muddatga yetkazish.Xar bir logistik
tizimning tuzilishi xar xil bo’lishi mumkin. Buning uchun, bu tizimlar
vazifalari doirasiga kirgan korxonalarning katta-kichikligi, omborxonalarning
vazifalari (ta'minlaydi yoki tarqatadi), transport modellari va boshqa omillar
bo’yicha farqlanishi mumkin.