Jismoniy tarbiya


Yelkadan bir qo’llab to’p otish



Yüklə 96,73 Kb.
səhifə2/3
tarix07.11.2022
ölçüsü96,73 Kb.
#67734
1   2   3
8 мавзу

Yelkadan bir qo’llab to’p otish o’rta va uzoq masofadan joyda turib savatga hujum qilishning keng tarqalgan usulidir. Ko’p sportchilar bundan shuningdek, jarima otishda ham foydalanishadi (15-rasm).
Yuqoridan bir qo’llab to’p otish boshqa usullarga nisbatan ko’proq harakatda yaqin masofalardan va bevosita shchit tagidan savatga hujum qilish uchun foydalaniladi (16-rasm).
Tayyorlov qismi: to’pni o’ng oyoq ko’tarilganda tutiladi (o’ng qo’llab tashlash paytida). To’pni tutilgan tomondagi qadam kattaroq (uzunroq) tashlanadi. Keyingi qadam qisqartirilgan, to’xtatadigan bo’lishi kerak o’yinchi tezroq va kuchliroq depsinishi va yuqoriga deyarli tikka ko’tarilishi kerak. Maydondan depsinilgan paytda to’pni yelka ustiga chiqariladi va o’ng qo’lning burilgan panjasiga qo’yiladi.
Asosiy qism: sakrashning yuqori nuqtasida to’pning halqaga iloji boricha yaqinlashish uchun qo’l to’g’rilangan, to’p barmoq panjasining yumshoq harakati bilan itarib chiqariladi, unga qarama-qarshi (teskari) aylanish beriladi.
Yakunlovchi qism: o’yinchi halqaga yaqin joyda bukilgan oyoqlar bilan yerga tushadi, muvozanat holatini qabul qiladi va to’p tushmagan holda sapchish uchun kurashga tayyorlanadi.

16-rasm. Yuqoridan bir qo’llab (“kryuk” usuli bilan otish).
Sakraganda yuqoridan bir qo’llab to’p otish (sakraganda to’p otish) zamonaviy basketboldagi hujumning asosiy vositasidir. Jahonning kuchli erkaklar jamoalari musobaqalarida o’yindagi hamma to’p otishlarning 70 foizgachasi huddi shu usul bilan har xil masofalardan bajariladi, bu otishning bir qancha ko’rinishlari bor. Ularni masofaga qarab va himoyachining qarshi harakatining xususiyatiga qarab tanlanadi. Namuna sifatida bu otishning o’rta masofadan otish holatini tahlil qilamiz.
Tayyorlov qismi: o’yinchi to’pni harakatda oladi va darhol o’ng oyoq bilan to’xtatuvchi qadam qo’yadi. So’ng o’ng oyog’i yoniga chap oyog’ini qo’yadi, tirsaklarini bukib to’pni chap qo’l bilan yuqoridan-yonidan ushlagan holda uni o’ng qo’l bilan bosh ustiga olib chiqadi.
Asosiy qism: o’yinchi ikkala oyog’i bilan depsinib sakraydi, bunda gavda to’g’ri halqa tomonga burilgan, oyoqlar biroz bukilgan. Sakrashning yuqori nuqtasiga yetgan paytda o’yinchi o’ng qo’lining oldinga-yuqoriga to’g’rilanishi bilan to’pni hamda barmoq panjalarining kuchli, lekin mayin harakati bilan yo’naltiradi. To’pga teskari aylanma harakat beriladi. O’ng qo’l panjasining harakati boshlangan paytda chap qo’l to’pdan olinadi (17-rasm).


Yüklə 96,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin