2-MA’RUZA
VOLEYBOL O'YINIDA SHUG’ULLANUVCHILARNING O’YIN TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH
REJA:
KIRISH
I. BOB. VOLEYBOL O’YININI KELIB CHIQISH TARIXI
1.1. O`yin to`xtatiladi va xato e`lon qilinadi:
1.2. Voleybol o'yinida to'pni o'yinga kiritish
1.3. O`yin to`xtatilishi va xatolar e`lon qilinish o`yin texnikasi
II. BOB. .JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA VOLEYBOL О‘YINING TUTGAN О‘RNI
2.1. Voleybol о‘yini texnikasini о‘rgatishda harakatli о‘yinlardan foydalanish
2.2. Voleybolchining tezkorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Voleybol o`yinining dastlabki rasmiy o`yin qoidalari 1897 yilda Amerikalik doktor A.Xoisted rahbarligida ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo`lgan:
maydonchaning o`khami 7,6 x 16,1 m;
to`rning balandligi 198 sm;
to`pning og`irligi 340 g;
o`yinchilar tarkibi chegaralanmagan;
to`p o`yinga maydonchani o`ng tashqi qismida joylashgan 1x1 metrli to`rtburchak shakldagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo.
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchliarning o`yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o`zgarib, takomillashib borgan.
1900 yil - hisob 21 ochkogacha, to`rning balandligi 213 sm;
1912 yil - maydoncha 10,6 x 18,2 m, to`r - 228 sm;
1917yil -hisob 15 ochkogacha, to`rning balanliigi 243sm;
1918 yil - o`yinchilar soni bir jamoada - 6 ta;
1922 yil - to`pni faqat 3 marta o`ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925 yil - to`p 66-69 sm, og`irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m;
1934 yil - to`r ayollar uchun 224 sm.
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma`lumotlar:
maydoncha 9 xl8 m, chiziqlar kengiigi 5 sm;
o`yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm;
to`rning balanligi erkaklar uchun 243 sm, ayollar uchun 224 sm;
to`pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og`irligi 270±10g;
har partiyada 6 o`yinchi almashinuviga ruhsat beriladi. Asosiy o`yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o`yinga tushishi mumkin;
o`yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo`ladi;
har partiyada hisob 15 gacha, agar 15:15 bo`lib qolsa eng yuqori hisob 17 ochkogacha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taymbreyk tarzida o`tadi, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi
Dostları ilə paylaş: |