О‘yinchi xarakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda xarakatlarni koordinatsiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bо‘lishi lozim. Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda tо‘p bilan, tо‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalaydi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga о‘xshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana kо‘pgina mashqlarni keltirish mumkin:
yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:
tizzani yuqoriroq kо‘tarib va qadamlarni maksimal chastotada qо‘yib yugurish:
25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish; - maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun arg‘amchi bilan sakrash, aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib о‘tish;
dastlabki yugurib borishdan sо‘ng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish;
Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan о‘tkazilgani ma’qul. Bir mashg‘ulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta bо‘lmasligi kerak.
KUCH – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma’nosini anglatadi. Kuch ikki turga bо‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – bu о‘zgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga bо‘linadi :
«yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni kо‘tarib olib ushlab turish
bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir xil holatda ushlab turish.
qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh о‘ta og‘ir bо‘lgani sababli uni kо‘tarish imkoniyati yо‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish bajarib turadi.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday moxiyatga ega bо‘lgan mashqlarni uncha og‘ir bо‘lmagan anjomlar bilan katta tezlikda bajargan ma’qul.
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qо‘llash alohida nazorat va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish о‘yin malakalarining texnikasini о‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu sifatni tarbiyalash – turli tо‘plar bilan mashq qilish, gimnastika, akrobatika, sport о‘yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada о‘yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.
Kuch о‘z xarakteriga kо‘ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bо‘lishi mumkin.
Absolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) о‘z og‘irligidan qat’iy nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch – о‘yinchi tanasi og‘irligining bir kilogrammiga tug‘ri keladigan miqdor. XULOSA Ikkinchi guruh uchun о‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik mashqlar. Arqonga chiqish, о‘z vaznini kuch bilan kо‘tarish, о‘tirish –turishlar, oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. О‘z og‘irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga о‘tishga imkon yaratadi. Bu mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bо‘lsa, badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichmabosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri – yelkaga qо‘yilgan shtanga bildan о‘tirib turish – tipik mashqdir.