Jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə10/99
tarix31.08.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#141168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
СМО 2 курс умк 2019

Chaqqonlik – turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tug‘ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha bо‘lib, о‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta murakkab mashqlarga о‘tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy о‘yinlar juda qо‘l keladi.
Egiluvchanlik – bu tana bug‘imlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini о‘stirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shug‘ullanishga bog‘lik.
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlang‘ich maktab yoshidan boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi – suyaklari, mushak va bug‘inlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega bо‘ladi.
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin sur’atda bajariladigan xar xil yо‘nalishlarga oid bо‘lgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qо‘l keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli о‘yinlar va sport о‘yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan shо‘gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va qayta – qayta bajarilishi lozim.
Xulosa

Mavzu bo’yicha qayt etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e’tirof etishga imkon beradiki, zamonaviy voleybol tavsifi va o’yin texnikasi tasnifi borasida olib borilgan ilmiy ish natijasida voleybol bilan shug`ullanayotgan maktab o’quvchilari orasida voleybol sport turi xaqida berilayotgan nazariy bilimlar borasidagi ishlar qoniqarli darajada emasligi ko’zga tashlandi. Shu o’rinda yuqori sinf o’quvchilari bilan olib borilgan suxbatlar natijasida o’yin texnikasi tasnifi borasidagi og`zaki so’rovlarga ham ijobiy javob olinmaganini kuzatish mumkin.


Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak nafaqat voleybol balkim boshqa sport turlarining ham nazariy jixatlariga kerakli e’tibor qaratish kerakligini takidlab o’tish mumkin. Albatta jismoniy, texnik va taktik jixatdan etarli tayyorgarlikka ega bo’lish bilan birga nazariy tayyorgarlik bilan ham shug`ullanib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqoridagi ilmiy ish orqali kelgusida zamonaviy voleybol deb e’tirof etayotganimiz sport turining hammabop jixatlariga to’xtalib, voleybol texnikasining tasnifi borasida kerakli bilimlarni mustaxkamlab yosh avlodni tarbilashda voleybol texnikasini qaysi detalidan boshlash o’rgatish ko’proq maqsadga muvofiq ekanligi xaqida ilmiy ishni davom ettirib, yoshlarga voleybol sport turi haqida bilimlarimni berish bilan birga ularni ham jismonan, ham ruxan vatanga etuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlashda o’z xissamni qo’shaman deb umid qilaman.
Albatta voleybol sport turi haqidagi kurs ishim ham kelgusida mustaqil diyorimizda voleybol sport turini yanada rivojlanib ravnaq topishida, xususan “Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi” mavzusi ham asqotadi deb umid qilamiz.

ADABIYOTLAR RО‘YXATI


1. Kurbanova M.A. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. II qism. T.: 1999. – 60 b.
2.Nasriddinov F.N. О‘zbek xalq milliy о‘yinlari. T.: 1993. – 27 b.
3.Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. О‘zbek xalq о‘yinlari ularning tasnifi va tavsifi. О‘quv qо‘llanma. T.: 1996. – 98 b.
4.Usmonxо‘jayev T.S., Xо‘jayev F. 1001 о‘yin. T.: Ibn-Sino, 1990. – 350 b.
5.Usmonxо‘jayev T.S., Xо‘jayev F. Harakatli о‘yinlar. T. О‘qituvchi, 1992. - 80 b.
6.Usmonxо‘jayev T.S., Qosimova M.U. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. T. 1999.
- 60 b.

  1. Ayrapetyans L.R., Kleshev Y.N. Voleybol. О‘quv qо‘llanma.Toshkent., 1995 yil. 36 -43 bet.

  2. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sport о‘yinlari va uni о‘qitish uslubiyti.

Toshkent., 1991yil. 58 – 62 bet.

  1. Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda tanlovning о‘rni. «JT, sport va ma’naviyat» tо‘plami. T., 1995.

  2. Jeleznyak Y.D., Slupskiy L.N. Voleybol maktabda.T., 1998. 123 bet.

  3. Kleshev Y.N., Ayrapetyans L.R., Patkin V.L. Voleybol. Murabbiy kundaligi.

T., 1995yil. 134 bet.

  1. Pо‘latov A.A. Voleybol. JTI talabalariga mо‘ljallangan dastur. Ixtisoslik kursi.

T., 1993 yil. 76 bet.

  1. Pо‘latov A.A. Harakatni aniq ijro etishda vestibulyar analizatorning о‘rni. «JT, sport va ma’naviyat» tо‘plami. T., 1995 yil. 147 bet.

  2. Pо‘latov A.A. О‘rgatish uslubiyatiga noan’anaviy yondoshish masalalari T., 1994.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Toshkent. 2005 yil.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin