Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr b-n (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl b-n urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 y. asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 y.dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 y.dan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
V. Oʻzbekistonda 1920 y.dan oʻynaladi. OʻzR 1991 y. Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 y. Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi b-n 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.[1] Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga mintonett deb nomladi. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi. 1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m 2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 198 sm 3. To‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm 4. O‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900 y – Kanada, 1908 y – Kuba, 1909 y – Puerto-riko, 1910 y – Peru, 1917 y – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913 yillar – YAponiya, Kitay, Filippinda, 1914 y – Angliya, 1917 y – Fransiya.
Voleybol sobiq ittifoqda 1920-1921 yillarda o‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925 yil 13 iyul qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib o‘tildi. Markaziy qo‘mita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sovet voleybolchilari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar. Voleybol hamma erda tarqala boshladi.
SHu bilan bog‘liq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15 x 7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927 yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi. «Sobiq Ittifoqida» birinchi bosmadan chiqarilgan voleybol bo‘yicha maxsus adabiyot 1926 yilda 9 paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoev va A.A. Marku…edi. 1926 yilda yana bir qator muhim voqealar bo‘lib o‘tdi, ya’ni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining o‘yinlar sho‘‘basi voleybol bo‘yichamusobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi. Xarkovda moskvalik va xarkovlik voleybolchilarning shaharlararo uchrashuvi o‘tkazildi. SHu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq SHarq va O‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi. «SSJI» voleybolda taalluqli muhim voqealardan biri 1928 yilning avgustida birinchi Butunittifoq spartakiadasi vaqtida o‘tkazilgan Ittifoq birinchiligi bo‘ldi. Unga Moskva, USSJ, SHimoliy Kavkaz, Kavkazorti Federatsiyasi va Uzoq SHarK o‘lkasining erkaklar va ayollari qatnashadilar. Musobaqalar chiqib ketish tartibida o‘tkazildi. Moskva ayollar jamoasi va Ukrainaning erkaklar jamoasi g‘olib chiqdilar. Birinchi Butunittifoq spartakidasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona tartibda izohlash uchun imkon berdi. SHuni aytib o‘tish kerakki, bu erda ayollar jamoalari birinchi bor normal o‘lchovli maydonchalarda (18/9 m) o‘ynaydilar. Sovet Ittifoqining turli mintaqalarida voleybol taraqqiyotida xilma-xil yo‘nalishlar yuzaga kela boshladi. Ukrainaliklar jamoali o‘yin taktikasini va fidokorona himoyani namoyish etdilar, moskvaliklar kuchli hujumchi ekanliklari bilan ko‘zga tashlandilar, Uzoq SHarqliklar esa past uzatilgan to‘p bilan hujum qilishdek ajoyib yangilik olib keldilar. SHuni ta’kidlash kerakki, terma jamoalarning Butunittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolning joylarda ommaviy ravishda rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Butunittifoq spartakiadasi arafasida o‘tkazilgan Ukraina birinchiligida jumhuriyatning viloyat shaharlaridan 21 jamoa ishtirok etdi. Kavkazortining eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tiflis va Erevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlari o‘tkazildi. Xuddi o‘sha 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakia qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustal6ari bo‘lib etishdilar. SHaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. SHu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi. 1931 yilda BLKEI tashabbusi biln mamlakatimizga jismoniy tarbiyaning asosi bo‘lgan «Mehnat va mudofaaga tayyor» Butunittifoq kompleksi ta’sir etildi. Bu tadbir voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini yuksaltirishgagina emas, balki yoshlarni voleybol mashg‘ulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi. Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. Moskvadagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ining 20 ta maydonchasi atrofida tomoshabinlar yig‘iladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, terma jamoalarning Butin ittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolni joylarda ommaviy ravishida rivojlanishiga turtki bo’ldi. Butinittifoq spartakiadiasi arafasida o’tkazilgan Ukraina birinchiligida jumxuriyatning viloyat shaharlardan 21 jamoasi ishtirok etdi. Kavkazorti eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tbilitsi va Yerevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlar o’tkazildi. 1931 yilda BLKYeI tashabbusi bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosi bo’lgan «mexnat va mudafoda tayyor» Butinittifoq kompleksi ta‘sis etildi. Bu tadbirda voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini yuksaltirishdagina emas, balki yoshlarni voleybol mashgulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi.