Mavzu : Voleybolning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Reja



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#108132
  1   2   3   4   5   6   7
Voleybol


Mavzu : Voleybolning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
Reja:



  1. Kirish.

  2. Asosiy qism :

1.Voleybol o’yinining vujudga kelishi, uning dastlabki qoidalari.
2.Voleybol o’yinining sobiq ittifoqda vujudga kelish va rivojlanish tarixi.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Voleybol (inglizcha: volleyball volley — «urib qaytarmoq» va ball — «toʻp»)toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.
Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
Voleybol Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi. Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga mintonett deb nomladi.


Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin