|
Jismoniy tarbiya va sportfutbol oyini haqida — копия
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
BINO VA INSHOATLAR QURILISHI FAKULTETI
“JISMONIY TARBIYA VA SPORT” KAFEDRASI
JISMONIY TARBIYA FANIDAN
REFERAT
Mavzu: Futbol o’yini haqida
Bajardi: 17-14 guruh
talabasi Erkinov Begzod
Tekshirdi: Gafurjanov F.S.
TOSHKENT 2015
Kirish. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi.
Reja:
1.Futbol o’yini paydo bo’lishi.
2 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
3 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi.
Mavzu 1. Futbol o’yini paydo bo’lishi.
Futbol bu «oyoqtо‘pi» degan ma’nodagi inglizcha sо‘z bо‘lib, Fransiya,
Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Nemislarda u «fusbol»,
Venriyada «labduragosh», Italyanlarda «kalchio», Yugoslavlarda
«nagomet», Amerikada «sokker» deyiladi. Futbolning xalq, ommasini
jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng
ommabob, vositasidir. Bu kattalarga ham, о‘smirlarga ham, bolalarga
ham birdek ma’qul bо‘lgan chinakam о‘yin.
Futbol bu chinakam atletik о‘yin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va
sakrovchan-likni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi о‘yin
paytida xaddan tashqar kо‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funksional
imkoniyatlari darajasini oshirishga,ma’naviy, irodaviy xislatlarini
tarbiyalashga yordam beradi. Futbol о‘ynash umumiy jismoniy
tayyorgarlik kо‘rishda yaxshi vosita bо‘lib xizmat qila oladi.
Yо‘nalishni о‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari,
struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, tо‘pni tepish, tо‘xtatib
olish va olib yurish, maksimal tezlikda harakat qilish, irodaviy
xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har
qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bо‘lgan kо‘pgina muhim xislatlarni
о‘stiradigan sport о‘yini deb hisoblash imkoniyatini beradi.
Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi
Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Gretsiya va Rimda ma’lum
bо‘lgan «Garponon» (о‘sha paytda futbol shunday atalar edi) о‘yinini
о‘ynagan qadimgi Gretsiya о‘smirlari maydon о‘rtasidan turib tо‘pni
raqiblar tomoniga о‘tkazishgan, Goy Yuliy Sezarning rimlik ligionerlari
tо‘pni har qanday usul va priyomlarni qо‘llagan holda ustunlar orasiga
kirgizishga harakat qilganlar. О‘rta asrlarda о‘yin keng tus oldi. Bunda
kо‘cha va qishloqlar maydon о‘rnida xizmat qilardi. Musobaqalar kun
о‘rtasida boshlanar edi va qorong‘u tushgancha davom etardi. Tо‘pni
butun shahar bо‘ylab ma’lum bir joygacha surib kelishga erishgan
«komanda» g‘olib hisoblanardi. О‘yin tartibsiz bir ur yiqitga о‘xshar,
kо‘p xollarda qon tо‘kar, mushtlashishgacha borib yetardi. Shu
sababdan va «jin о‘yin» sifatida ingliz qirollari futbolni kо‘p marta
taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil amalda bо‘ldi.
Mavzu 2. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
Futbol ommoviy jismoniy rivojlantirishning, kishilar salomatligini
mustahkamlash-ning eng ommabop vositasi hisoblanadi.
Mamlaatimizda millionlab kishilar ushbu sport turi bilan muntazam
shugullanadilar.
Futbol chinakam atletik o’yin. U tezkorlik, chakkonlik, chidamlilik,
kuchlilik, va sakrovchanlikni rivojlantirishga yakindan yordam beradi.
Futbolchi o’yin paytida xaddan tashkari ko’p ish bajaradi.Bu esa
odamni funksional imkoniyatlarini oshiradi.Ma’naviy-irodaviy
xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.Charchok ortib borayetgan
sharoitda ko’p va xilma xil harakatlar qilish yuksak o’yin faoliyatini
saklab turishuchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlar namoish etishni
talab etadi.
Futbol o’yining rigizida o’yinchilarni umumiy maksad galabaga intilish
birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yetadi.Galabani
qo’lga kiritishga intilish futbolchilarni jamoa bo’lib harakat qilishga
bir-biriga uzaro yordam berishga urgatadi, tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. Futbol o’yini vaqtida har bir o’yinchi uzining shaxsiy
imkoniyatlarini kursatish imkoniyatiga ega.
Futbol mashg’ulotlari va musoboqalarini ko’pincha iqlim va
meteorologiya sharoiti keskin uzgarib ketadigvn sharoitda qariyb bir yil
buyi davom etgani uchun, bu o’yin jismoniy jixatdan chinikishga ham
organizmning qarshilik kursatish qobiliyati ortishi va adabtatsiya
imkoniyatlari kengayishiga ham yordam beradi.
Boshka sport turlaridagi mashg’ulotlarda ko’pincha futboldan
qo’shimcha sport turi sifatida foydalaniladi. Buning sababi
shundaki,futbol spolrtchining jismoniy rivojlanishiga aloxida ta’sir
etadi, shuning uchun tanlangan sport ixtisosidan yaxshi tayergarlik
kurishga yordam berishi mumkin.
Texnik usullar bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasidir. Yuksak
sport natijalariga erishish uchun ko’p jixatdan ana shu xilma-xil
vositalarni kanchalik tulik bo’lishiga, rakib jamoa o’yinchilari qarshilik
kursatayetgan, ko’pincha esa charchok orta borayetgan sharoitda o’yin
faoliyatidagi turli xolatlarda ularni kanchalik moxirlik bilan,samarali
qo’llanishga boglik.
O’yin taktikasi o’yinchilarni rakib ustidan galaba kozonishiga
karatilgan individual va jamoaviy harakatlarni tashqil qilishni ,ya’ni
jamoa futbolchilarini muayyan rejaga binoan aynan shu ,anik rakib
bilan muvvoffokiyatli kurash olib borishga imkon beradigan
birgalikdagi harakatlar tushiniladi.
Taktikadagi asosiy vazifa xujum va ximoya harakatlarini maksadga
erishtira oladigan eng qo’lay vosita, usul va formalarni belgilashdan
iborat.
Mavzu 3 .Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi.
Futbol o’yini tasnifiga: o’yinchilarni maydondagi harakatlanish
texnikasi, ya’ni yurish , yugurish,sakrash, burulishlar kiradi.
Bundan tashkari maydon o’yinchisini texnikasi ya’ni to’pga zarba
berish,oyok bilan kaftni ichki tomoni bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan,
oyoq yuzi tashqi qismi bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan.
Futbol о‘yin maydoni О‘lchamlar.
О‘yin maydoni tо‘g‘ri burchak shaklida bo’ladi. Yon chiziqlar darvoza
chizig‘iga nisbatan uzunroq bo’lishi kerak. Uzunligi: 120m, 90m. Eni:
45m, 90m. Halqaro matchlarda. Uzunligi: minimum 100m. maksimum
110m. Eni: minimum 64m. maksimum 75m.
Belgilar.
Maydon uchun belgilar chiziqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu
chiziqlar ular chegaralab turgan maydonga kiradi. O’yin maydonini
chegaralab turgan 2 ta uzun chiziqlar yon chiziklar 2 ta qisqasi
darvoza chiziqlari deyiladi. Xar qanday chiziq eni 12 sm dan oshmasligi
kerak. О‘yin maydoni urta chiziq yordamida 2 yarim qismga bo’linadi.
О‘rta chiziq о‘rtasida maydon markazi belgilanadi. Maydon
markazidan 9,15m radiusda aylana о‘tkaziladi.
Darvoza maydoni.
Darvoza maydoni har ikkala yarim qismining oxirida qо‘yidagicha
bо‘ladi. Darvozaning har qaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan 5,5
m masofada darvoza chizigiga tug‘ri burchak qilib maydon ichiga 2
chizik tortiladi. 5,5 m masofada bu chiziqlar darvoza chizig‘iga parallel
qilib boshka chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziqlar va darvoza
chizig‘i chegaralab turgan zona, darvoza maydoni deyiladi.
Jarima maydoni.
Jarima maydoni har ikkala yarim qismining oxirida kuyidagicha bо‘ladi.
Darvozaning har kaysi ustuni ichki tomonidagi nuqtadan, 16,5m
masofa-da darvoza chizig‘iga tо‘g‘ri burchak qilib, maydon ichiga ikki
chiziq tortiladi. 16,5m masofada darvoza chizig‘iga parallel xolatda
boshqa chiziq bilan birlashtiriladi.Bu chiziqlar va darvoza chizig‘i
chegaralab turgan zona jarima maydoni deyiladi. Har qaysi jarima
maydoni ichida darvozaning ikki ustuni о‘rtasida bir hil masofada
joylashgan nuqtadan 11 m masofada 11 metrlik belgi quyiladi. Jarima
maydonchasi tashqarisida 11 metrlik nuqta markaz qilib olinib 9,15 m.
masofada aylana chiziladi.
Bayroqlar
Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan,
uchi о‘tkir bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har
ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi
mumkin.
Burchak sektori.
Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda
aylana tortiladi.
O‘yinchilar soni.
Match har qaysisida darvozabonlarni qо‘shgan holda о‘yinchilarning
soni 11tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida о‘tkaziladi
Agar jamoalarda о‘yinchilar soni 7ta kam bо‘lsa,match boshlanmasligi
mumkin.
Rasmiy musobaqalar.
FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashqil qilinadigan har
qanday rasmiy musobaqalarda 3tagacha о‘yinchilarni almashtirishga
ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan
zahiradagi о‘yinchi-lar soni 3dan 7gacha uzaro kelishilgan bо‘lishi
kerak,bundan ortiq bо‘lishi mumkin emas.
Hakam vakolati.
Har qanday match hamma vakolatga ega bo’lgan hakam tomonidan
nazorat qilinadi va о‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Hakam.
*О‘yinchilar shu qoidada asosan joylarini egallamaguncha, 11m zarbani
bajarish uchun signal bermaydi.
*11m zarba bajarilgani haqida qaror qabo’l qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
*11m zarbani bajaruvchi о‘yinchi tо‘pni zarba bilan tо‘g‘riga
yо‘naltiradi.
*Tо‘p biror bir о‘yinchiga tegmaguncha tо‘pga ikkinchi marta tegmaydi.
*Tо‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsa,tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
Tо‘pni tashlash.
Tо‘pni tashlash о‘yinni yangidan boshlash usuli hisoblanadi.
Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni tashlashdan sо‘ng urilgan gol hisoblanmaydi.
Tо‘pni tashlash tayinlanadi.
Qachonki tо‘p tо‘liq yon chiziqni yerdan yoki xavodan kesib о‘tsa.
Tо‘p yon chiziqni kesib о‘tgan joyda.
Tо‘pga oxirgi tekkan о‘yinchining raqib jamoasiga.
Tо‘pni tashlash xolati.
Tо‘pni tashlash vaqtida о‘yinchi.
- Maydonga yuzi bilan qaragan xolda.
- Tovonning bir qismi yon chiziqda bо‘ladi yoki yon chiziqning
tashqarisida bо‘ladi.
- Tо‘pni tashlashni ikki qо‘llab amalga oshiradi.
- Tо‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi.
Tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa о‘yinchi tegmasidan
oldin yana tegishi mumkin emas. Tо‘p maydonga tushishi bilanoq
о‘yinda hisoblanadi.
Qoida buzilishi / Ruxsat berish.
Tо‘pni о‘yinchi tomonidan tashlanishi:
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan
о‘yinchi tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasdan oldin(qо‘l bilan emas)
yana tо‘pga tegsa:
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqi
beriladi.
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan
о‘yinchi, tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasidan oldin ataylab qо‘li
bilan о‘ynasa.
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish
xuquqi beriladi.
- Agar qoida buzilishi tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi jarima
maydonida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Burchak tо‘pi.
- Burchak zarbasi о‘yinni yangidan boshlash usulidir.
- Burchak zarbasi tufayli tо‘g‘ridan tо‘g‘ri urilgan gol hisoblanadi,
lekin faqat shu xolatdaki, agar tо‘p raqib jamoa darvozasiga urilgan
bо‘lsa.
Match g‘olibini aniqlash tartibi.
11m nuqtadan zarbalarni bajarish va oltin gol – bu musobaqa nizomiga
kо‘ra match durang natija bilan tugaganda g‘olibni aniqlash uchun
qо‘llaniladigan usuldir.
Oltin gol. Tartib.
Asosiy о‘yin vaqti tugagandan sо‘ng tayinlangan qо‘shimcha vaqt
davomida birinchi tо‘p urgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.
Agar tо‘p urilmasa, unda match g‘olibi 11 metrlik nuqtadan
bajariladigan zarbalar yordamida aniklanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|