So‘zning hissiy vazifasi
•
So‘z o‘quv va tarbiya vazifalarini hal qilishga
ko‘maklashadi. Hissiyot bilan aytilganda, so‘zlarning
ahamiyati kuchayadi, bu ularning ma’nosini
tushunishga yordam beradi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning predmetni o‘rganishiga
munosabatini shu orqali ko‘rsatadi. Ularning
sog‘lom bo‘lishga qiziqishini, dadilligini,
qiyinchiliklarni
bartaraf etish istagini
rag‘batlantiradi. Hissiylikka
mazmunning aniqligi,
jumlalarning mantiqiy va
grammatik nuqtai
nazardan to‘g‘ri qurilishi, obrazliligi, yaqqolligi,
talaffuz, imitatsiyalar, imo-ishoralar bilan erishiladi.
•
So‘zdan foydalanishning qariyb barcha xilma-xil
uslublari umumpedagogikaga taalluqlidir.