Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘G‘risida



Yüklə 44,36 Kb.
səhifə3/7
tarix16.09.2023
ölçüsü44,36 Kb.
#144032
1   2   3   4   5   6   7
8list

murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi;
ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;
davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.
4-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari
Murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi.
5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organiga yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqi kafolatlanadi. Og‘zaki, yozma, elektron murojaat yozma murojaat kabi ahamiyatlidir. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda ularning yozma yoki og‘zaki yoki elektron shaklda ekanligining ahamiyati yo‘q. Bunday murojaatlarning barchasi Qonun talabi asosida ko‘rib chiqiladi. Fuqaro davlat organlari va muassasalariga qanday shaklda murojaat qilishini o‘zi tanlaydi, unga murojaat shaklini o‘zgartirish bo‘yicha talab qo‘yish mumkin emas. Jismoniy va yuridik shaxs yoki ularning vakolatli vakili davlat organlariga yozma ravishda topshirgan yoki pochta aloqasi orqali konvertga solib yuborilgan yozma xat-xabarlar tarzidagi hamda telegramma shaklidagi murojaatlar yozma murojaat tarzida qayd etiladi va belgilangan tartibda ijroga qaratiladi.

Yüklə 44,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin