Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘G‘risida


-bob. Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar



Yüklə 44,36 Kb.
səhifə6/7
tarix16.09.2023
ölçüsü44,36 Kb.
#144032
1   2   3   4   5   6   7
8list

2-bob. Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning samarali ko‘rib chiqilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) Xalq qabulxonalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi kelib tushayotgan murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qabul qilish, to‘plash, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek ularning to‘liq, o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarning samarali ko‘rib chiqilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi. Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas. Xalq qabulxonasi o‘z nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.

Yüklə 44,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin