JIZPI QM VA KT FAKULTETI 801-21-GURUH TALABASI MIRZAAKBAROV BOBURBEKNING QURILISH MATERIALLARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU: MAYDA TO’LDIRUVCHILARNING TARKIBIDAGI CHANG VA LOY MIQDORINI SUV SHIMUVCHANLIGINI VA NAMLIGINI ANIQLASH
MAVZU: MAYDA TO’LDIRUVCHILARNING YIRIKLIK MODULINI ANIQLASH
MAVZU:YIRIK TO’LDIRUVCHILARNING HAQIQIY ZICHLIGINI,O’RTACHA ZICHLIGINI VA TO’KMA ZICHLIGINI ANIQLASH
1-MAVZU. QUM YA’NI MAYDA TO’LDIRUVCHILAR YIRIKLIK MODULIGA KO’RA BA’ZI ADABIYOTLARDA 0,14 BA’ZILARDA 0,16 MM DAN 5 MM GACHA BO’LGANTO’LDIRUVCHILARGA AYTILADI.5 MM DAN 70 MM GACHA BO’LGAN TO’LDIRUVCHILAR DEYILADI.KERAKLI ASBOB-USKUNALAR:QUM SOLISH UCHUN IDISH,TAROZI,SHISHA PRIZMA VAQT O’LCHAGICH
ISH TARTIBI:Qumdagi changsimon zarralar, gil va loyqa zarralari, zarrali aralashma hisoblanadi.Ular qum donalarini qoplab olgan bo’ladi.Ularning sement va tosh bilan tishlashuviga xalaqit beradi.Bundan tashqari beton qorishmasining mustahkamligi va sovuqqa bardoshliligini pasaytiradi.Qum uvutilganda mazkur aralashma 0,5 mm dan maydaroq zarralar qum zarralaridan ko’ra sekinroq cho’kadi
2-Mavzu. 1-1,5 ; juda mayda 1,5-2,0; mayda 2,0-2,5; o’rtacha 2,5-5 ; yirik
2,5 mm
1,25 mm
0,63 mm
0,315 mm
0,14 mm
0-20 %
15-45 %
35-70 %
70-90 %
90-100 %
Yiriklik moduli deb, qum, shagʻal (graviy) va ularning aralashmalari kabi donli materiallarning yiriklilik darajasini tavsiflovchi empirik oʻlchamsiz koʻrsatkichga nisbatan aytiladi. Yiriklik modulini hisoblashda, standart elaklar orqali elaklangan materialning fraksion tarkibini aniqlash yoʻli bilan olingan maʼlumotlardan foydalaniladi, ularga koʻra yuqoriroqdan pastki elakka oʻtganda teshiklarning oʻlchami yarmiga kamayadi.
Yetishmovchi koʻrsatichining ahamiyati shundaki, yiriklik modulining bir xil qiymati, turli fraksion tarkiblarga ega boʻlgan materiallar uchun ham hisoblanishi mumkin. Umuman olganda, koʻrsatgichning past qiymati mayda donali material ekanligini koʻrsatadi. Koʻpincha yuriklik moduli tushunchasi mayda donali materiallar uchun ishlatiladi. RFda yiriklik moduli faqatgina qumlarning tavsifi uchun qoʻllaniladi. Qurilish ishlarida foydalaniluvchi qum 0 — 3,5 [2] oraligʻida modul qiymatga, yoʻl ishlari uchun ezilgan qum esa 3,8 [3] dan ortiq modulga ega boʻlishi mumkin.
Yiriklik modulini hisoblash ishlari, foydalaniluvchi standart elaklardagi umumiy qoldiqlarning yigʻindisini 100 ga boʻlish yoʻli orqali amalga oshiriladi [4] . Yiriklik moduli aralashmasidagi materialning maʼlum yiriklik moduli belgisini har bir materialning oʻlcham moduli va aralashmadagi massa ulushining yigʻindisi sifatida hisoblash orqali topish mumkin
3-mavzu. TO’KMA ZICHLIK MIQDORINI ANIQLASH Beton tayyorlash uchun kerak bo'ladigan materiallarning miqdorini hisoblab topish, yirik to'ldirgich donalari orasidagi bo'shliqlar hajmini aniqlash, shuningdek, chaqiqtosh (shag'al)ni tashish va yirik to'ldirgich saqlanadigan omborlarni loyihalash bilan bog'liq hisoblash va hokazo uchun chaqiqtosh (shag'al)ning to'kma zichligini bilish kerak. To'kma zichlik o'lchov silindri yordamida aniqlanadi; silindrning hajmi chaqiqtosh (shag'al)ning yirik-maydaligiga bog'liq Masalan, chaqiqtosh (shag’al) donalarining yirikligi 100 mm dan oshmasa- 5 litrli o'lchov silindri, donalarining yirikligi 200 mm bo'lganda 10 litrli silindr donalarining yirikligi 40 mm bo'lganda 30 litrli silindr, 40 mm dan yirik chaqiqtosh (shag'al) uchun esa 50 litrli silindr olinadi.
Sinaladigan chaqiqtosh (shag'al)dan kerakli miqdorda tortib olinib, massasi o'zgarmaydigan holga kelguncha quritiladi, so'ngra sovutiladi. Chaqiqtosh (shag'al) kurakcha bilan olinib, tortilgan o'lchov silindriga, 10 sm balandlikdan to'kiladi; chaqiqtosh (shag'al) silindrning og'zida konussimon uyulib turishi lozim. Uning ortiqcha qismi po'lat chizg'ich bilan tep-tekis qilib sidirib tashlanadi, so'ngra silindr ichidagi material bilan birga tarozida tortiladi, to'kma zichlik quyidagi formula yordamida 10 kg/m3 gacha aniqlikda hisoblab chiqiladi; m=(m1-m2)/V, bu yerda: m1 - chaqiqtosh (shag'al) to'ldirilgan silindrning massasi, kg; m2 - bo'sh silindrning massasi, kg; V - silindrning hajmi, m3. Chaqiqtosh(shag'al)ning to'kma zichligi uch marta aniqlanadi
Chaqiqtosh (shag'al) namunasi quritish javonida, to vazni o'zgarmaydigan bo'lguncha quritiladi. Shu namunadan tarozida muayyan miqdorda: donalarning yirikligi 40 mm bo'lganda -5 kg, donalarning yirikligi 70 mm bo'lganda esa 10 kg tortib olinadi va idishdagi suvda ivitib qo'yiladi.bu idish qum ivitiladigan idishdan kattaroq, ya'ni balandligi -350 mm, ichki diametri 250 mm bo'lishi kerak. Idishdagi suvning sathi suv chiqarish teshigidan baland bo'lishi lozim. Chaqiqtosh donalarini qoplab olgan loy, gil va chang batamom ivib yumshaguncha namunani suvda tutish kerak. Idishdagi suv sathi chaqiqtosh (shag'al) qatlami yuzidan 200 mm baland bo'lishi uchun idishga qo'shimcha ravishda suv quyiladi, so'ngra namuna tayoqcha bilan yahshilab kovlanadi, 2 minut tindiriladi, keyin idishning ostki tomonidagi ikkita teshikdan loyqa suv qisman bo'shatib olinadi, bunda idishda qolgan suv sathi namunaning yuzidan 30 mm baland bo'lishi lozim.