Jizzax viloyatining ma’muriy - hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari.
Reja ;
1. Jizzax viloyatining ma’muriy hududi
2. Iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
3. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar
Jizzax viloyati tog`li hududlariga Baxmal, Zomin, Forish, G`allaorol, Yangiobod tumanlari kiradi. Ularning umumiy yer maydoni 17,0 ming km kv, viloyat umumiy yer maydonining 80 foizi, aholisi 491,2 ming kishi bo`lib, viloyat umumiy aholisining 45 foizini tashkil etadi.
Mintaqa O`zbekiston Respublika-sining qishloq xo`jaligi rivojlangan hududlardan biridir. Viloyat aholisining asosiy qismi ham qishloqlarda istiqomat qiladi (74 %, 2007 y.). Shu bilan birga qishloq aholi manzilgohlarining joylashuvida ham o`ziga xos ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari mavjud.
XX asr o`rtalarigacha yirik qishloqlar asosan tog` va tog` oldi zonalarida joylashgan bo`lib, Mo`g`ol, Sartyuz, Oyqor, Bog`ishamol kabi qishloqlar Sangzor vodiysida, G`o`bdun, Ko`kbuloq, Mirzabuloq va boshqa qishloqlar G`allaorol tekisligida, G`allakaor, Gulshan, Chorvador, Omongeldi, Qizilqum, Qoraobod, Eshbuloq singari bir qancha qishloqlar esa Zomin va Nurota tog` oldi hududlarida lentasimon qo`rinishda shakllangan. Qishloqlarning bunday hududiy tashkil topgani aholining katta - kichik soy va daryolar atrofida, suvga yaqinroq joylashishga bo`lgan intilishidir.
Respublikamiz iqtisodiyotining asosini qishloq xo`jaligi tashkil etaganligi bois Jizzax viloyati aholisining asosiy qismi ham bog`dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bilan shug`ullanib keladi. Masalan, G`allaorol tumani g`alla yetishtirishga, Forish - uzumchilikka, Baxmal tumani olma, Zomin esa donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ta`kidlash joizki, viloyat hududidagi cho`llarning keng miqyosda o`zlashtirilishi sobiq Ittifoq davrida amalga oshirilgan va bu tog` hamda tog` oldi aholisini cho`lga ko`chirish orqali amalga oshirilgan. Albatta, aholining ko`p qismi cho`lga o`z ixtiyori bilan ko`chib borgan, chunki o`sha davrda tog` qishloqlarida mehnat resurslarining ish bilan ta`minlanishi ancha chegaralangan bo`lgan. Agar o`sha davrdagi cho`l va tog` qishloq aholi manzilgohlari bir - biri bilan solishtirilsa, juda katta farqlarni ko`rish mumkin. Ayni vaqtda tog` va tog` oldi zonalaridagi qishloqlar kengayib bormoqda, aholining tirikchilik manbai yana o`sha bog`dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bo`lib qolgan.
Jizzax viloyatidagi tog` va tog` oldi hududi qishloqlari Baxmal, Zomin Yangiobod, G`allaorol, Forish tumanlarida joylashgan. Qolgan tumanlar esa asosan o`zlashtirilgan cho`l hududlarida tashkil topgan bo`lib, ular ham o`z navbatida o`ziga xos demografik xususiyatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: |