Jizzax Davlat Pedagogika Insituti, Tarix fakulteti Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari huquq ta’limi yo’nalishi 404-guruh talabasi Jo’raqulov Bahodirning Ma‘naviyatshunoslik fanidan yozgan kurs ishi mavzu



Yüklə 73,36 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü73,36 Kb.
#114701
1   2   3
bahodir kurs ishi

Mavzuni maqsad va vazifalari
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Ommaviy madaniyatning oldini olish uchun ko‘plab qarorlar farmoyishlar qabul qildi.O‘zing ko‘plab asarlarida buni oldini olishga qarata ko‘plab malumotlar keltirib o‘tildi.Ommaviy madaniyatning mamlakatimzga kirib kelishi ayniqsa yoshlarimiz hayotini zaharga aylantirishini oldini olish uchun harakatni juda ham kuchaytirishimiz kerak.Kitobxonlik ma‘naviyatnini shakkillantirishimiz kerak milligimizni yanada kuchaytirishimiz lozimligi shuningdek yoshlarimizni kiber o‘yinlarni domiga tushib qolmasligi kerakligi.Adabiyotlar o‘qisa ham g‘arb madaniyating asosi bo‘lgan adabiyotlarni o‘qimaslik.Shuningdek g‘arb musiqalarini ayrimlarini eshitmasligimiz kerakligi ularda ommaviy madaniyatning unsurlari bor ekanligini bilishimiz lozimligini kerakligi.Bizning o‘zbek ekanligimizni bilishi uchun milliy do‘ppimizni yana qayta kiyishimiz lozimligini bilishimiz kerak.
Mavzuni obekti va predmeti O’zbekiston Birinchi pezident I.A. Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta'lim tizimida ―Ma'naviyat asoslari‖ alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi.
Ma'naviyat asoslarini o’qitish ayni paytda bugungi globallashuv zamoni keskin shiddat bilan o’zgarmoqda va tabiiyki, shunga mos ravishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bo’lgan talab ham ortib boriyapti. Ya'ni, bugun hayotning o’zi bu sohadagi ishlarni tubdan yaxshilashni taqozo etmoqda. Ma'naviyat asoslari o’qutish metodikasi orqali yoshlar ongda ma'naviy ahloqiy tarbiyani predmeti orqali milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini chinakkam moddiy kuchga aylantirish vazifasidir. 2O’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta'lim muassasalarida gumanitar o’quv predmetlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish muammosi yangi muammolardan bo‘lsada fuqarolarning ma'naviyatini yuksaltirish masalalari ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Kurs ishini tuzilishi
Kirish. Ikki bob. Beshta paragrif. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.


I BOB. OMMAVIY MADANIYATNING KELIB CHIQISHI

1.1§ Ommaviy madaniyatning rivojlanishi


«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.

Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste'dod va o‘lmas ma'naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, «Bizga «To‘qqizinchi simfoniya» (Betxoven) kerak emas!» yoki «Mona Liza»ni loyga qorishtiramiz!» kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar «ommaviy madaniyat» tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.


Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste'dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» eta­yotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at - alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin. «Pop-art» - ommaviy san'at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.


Chunonchi, «ommaviy madaniyat» namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish cho‘tkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan bo‘laklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bag‘ridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday o‘zgacha ahamiyat kasb etib, «san'at, madaniyat namunalari» qatoridan o‘rin olar emish.
«Pop-art»chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e'zozlashadi; ma'naviy dunyoni emas, maishiy-iste'molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma'naviy pozitsiyasi - ma'naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma'nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.
«Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta'bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya'ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda.

Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. 1970 yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida bo‘lgan musiqa ­festivalida o‘zini «pop-muzika» qiroli hisoblaydigan «Rolling Stounz» («Aylanayotgan tosh») guruhi kontserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan edi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta'kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika»chilar san'atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.


Aslida, ularning sahnada o‘zlarini bezorilarday tutishi san'atni va san'atkorlikni yerga uradi. Bu esa hayron qolarli emas: chunki asl san'atni yerga urish - «Ommaviy madaniyat»ning dasturiy, ya'ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifalaridan biridir.


«Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she'riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she'riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma'naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.


1964 yilda AQShda T.Sazern va M.Xoffenberg degan ikki muallif hamkorlikda yozishgan «Kendi» («Asal qiz») nomli romanini ­nashrdan chiqarishdi. Keyinchalik bu kitob qayta va qayta, katta miqdorlarda amerikalik kitobxonlarga taqdim etildi. Ushbu roman asosida yaratilgan kinofilm kinotomosha bozorida keng tarqaldi. «Kendi» qahramoni, «Asal qiz» deb ta'riflangan juvon duch kelgan odam bilan to‘shakda aysh-ishrat qilishdan charchamaydi. Uning ishqibozlari - turli diniy va siyosiy qarashli shaxs­lardir. «Kendi» romani Amerika adabiyotida shakllangan va keng tarqalgan romantik tabiatli, shirin va go‘zal o‘y-xayollarga beriluvchan qizlar timsolini keskin hajv qiladi, ularning ustidan kuladi. Badiiy mahorat talablaridan ancha pastda turadigan, ammo «ko‘ngilochar»lik mavzui muxlislarini oshufta etgan bu kitobga AQSh adabiyotshunoslari: «Madaniy tanazzulda oldinga qarab qo‘yilgan ulkan qadam», 3deya kinoya bilan baho berishdi.


Xuddi shu kitob bilan ayni bir vaqtda AQShda Jon Rechi ismli yozuvchining «Tungi shahar» nomli romani chop etildi. Kitob sahifalarida shahardagi tun - jinoyatlar bazmiga aylanadi, inson shaxsi va uning qadri esa mis chaqaga arzimaydi. Bu roman «tubanlik va qabohat - inson tabiatini belgilovchi haqiqatdir», degan g‘oyani tasdiqlash uchun bitilgan.
Biz nega bu ikki romanni esladik? Aynan, ana shu kitoblar va ular asosida yaratilgan filmlar - g‘arb­dagi «ommaviy madaniyat»ning adabiyotdagi, televidenie va kinodagi yo‘lini belgilab berdi. Intim munosabatlar, shahvatpsrastlik,zo‘ravonlik, xudbinlik, «Kim kuchli bo‘lsa - o‘sha haq» degan changalzorlar qonunini poetiklashtirish AQSh va Yevropa «ommaviy madaniyat»ida mana shunday asarlar ta'sirida keng ommalashdi. Agar ayrim G‘arb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o‘rtasidagi nikoh - hayratlanarli hodisa bo‘lmay qolayotganligi nazar tutilsa, «ommaviy madaniyat» targ‘ib etayotgan ma'naviy tubanliklar, behayoliklar, qabohatlar naqadar chuqurlashib ketganligini tasavvur etish qiyin emas.Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop (ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop (ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (sub'ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarniilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir.
Yuqorida biz G‘arbda «ommaviy madaniyat»ning tarixi, tug‘ilish manbalari to‘g‘risida so‘zladik. Hozir-chi? Hozirga kelib esa bu tamoyillar yanada g‘ovlab, tomir otyapti. Masalan, «pop-muzika»ga xos o‘sha ritmik «bit» (zarb), qo‘shiq niqobidagi alahsirash, valdirashga yaqin didsiz «repp»lar ta'siri dunyo miqyosida tar­qalib, milliy mumtoz va xalq musiqa san'atidan odamzotni uzoqlashtirmoqda. G‘arb davlatlarining ayrimlarida «ommaviy madaniyat» tarqatayotgan «pornografiya» (sharmsizlik, hayosizlik) hamda sadizm (zo‘ravonlik) targ‘iboti yo‘lidagi g‘ovlar, qarangki, sud qarorlari asosida, birin-ketin olib tashlanayapti. Hatto AQSh maktablarida «Yangi rok» musiqalari o‘quv dasturlariga kiritilgan...


1.2§ - Ommaviy madaniyatning shakillari.


20-asr madaniyatning o'zgargan joyini tavsiflash zamonaviy jamiyat. Uning paydo bo'lish vaqti - 20-asrning o'rtalari, qachonki vosita ommaviy axborot vositalari(radio, bosma, televidenie) dunyoning aksariyat mamlakatlariga kirib bordi va barcha ijtimoiy qatlamlar vakillari uchun mavjud bo'ldi. Ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarning nihoyatda jadal rivojlanishi madaniyat manzili sifatida alohida shaxs emas, balki ko'p sonli xalq ommasi hisoblanishiga olib keldi. Elitadan farqli o'laroq, ommaviy madaniyat ommaviy iste'molchilarning o'rtacha darajasiga qaratilgan. Ommaviy madaniyat fenomeni zamonaviy texnogen dunyoning inson shaxsining shakllanishiga ta'sirini aks ettiradi. Madaniyatning (texnologiya va fan) eng nozik yutuqlaridan foydalangan holda, odamlar ommasining elementar "g'ayriinsoniy" reaktsiyalari va impulslarini ("daraklarini") boshqarish san'ati sifatida noyobdir. Eng oddiy shartsiz reaktsiyalar, tortishish, hodisalarning kuchayishi va zarba momentlari uchun mo'ljallangan sinovdan o'tgan texnikalar tizimi yaratilmoqda. Ommaviy madaniyat o'yin-kulgiga katta e'tibor qaratilgan, u juda quvnoq va ko'p jihatdan inson ruhiyatining ongsiz va instinkt kabi sohalaridan foydalanadi. Televizionning ommaviy madaniyatga ta'sirini ko'rib chiqing. Televidenie juda yosh madaniy hodisa bo'lib, u paydo bo'lganida allaqachon mavjud "narsalar tizimi" ga va tegishli g'oyalar tizimiga qo'shilishi kerak edi. Taqqoslash uchun: birinchi avtomobil yaratilganda (1895), uning shakli vagon shakliga o'xshardi va biz ta'kidlaymizki, boshqacha bo'lishi mumkin emas edi: avtomobilni yaratuvchilar va boshqa barcha odamlarning ongida . eng qulay transport vositasi sifatida vagon ustunlik qildi. Hodisaning o'zini qisqacha tavsiflash uchun aravani avtomobilning model-prototipi deb ataymiz. Televideniyaning madaniyatga kirishi xuddi shunday yondashuvni va eng muhimi, mutlaqo yangi narsani ko‘rsatadi.Radio paydo bo'lganida (A. S. Popov, 1895), namuna-prototipi inson nutqi, keyinchalik - jarangdor musiqa, ya'ni insoniyat madaniyatining boshlanishi bilan bog'liq hodisalar edi. Kino paydo bo'lganida (aka-uka Lyumyerlar, 1895, J. Meliès), uning prototip modellari teatr (Evropa an'anasi miloddan avvalgi 5-asrdagi qadimiy teatrga borib taqaladi) va fotografiya (asoschilari ixtirochi L. J. M. Dager, 1839 yil), Frantsiyada JN Niepce; WGF Talbot, 1840-1841, Angliyada), u o'z navbatida prototip sifatida rasmga ega edi (kelib chiqishi miloddan avvalgi 40 000 yil). Fotosurat hisobiga kino bizni qiziqtirgan o'sha "televidenie effekti"ga allaqachon yaqinlashib bo'lgan. O'zining paydo bo'lishida televidenie qadimiy prototip modellariga tayanmagan, ular radio va kino, ya'ni insoniyat tomonidan hali etarlicha o'zlashtirilmagan so'nggi hodisalar (qo'shimcha ravishda: gazeta, eski model). Keyinchalik, xuddi shu ta'sir kompyuter madaniyati (xususan, Internet) paydo bo'lishi bilan takrorlandi, bu erda modellar-prototiplar orasida birinchi navbatda televizorni nomlash kerak. Eng so'nggi modellar ortida qadimiy va hatto yangi modellar faqat tarixiy jihatdan, haqiqiy xabardorlikdan tashqarida ko'rib chiqiladi va bu televizorning paydo bo'lishi bilan madaniyatda shakllangan yangi narsadir. Yigirmanchi asr madaniyatida ro'y beradigan prototip modellarining yangilanishi televizorning mohiyati nima uchun etarli darajada aniqlanmaganligini tushuntirishi mumkin. Eng so'nggi modellar hali to'liq o'zlashtirilmagan, bu esa kuchliroq poydevorga (ya'ni ko'proq tanish) tayanish istagiga olib keladi. Shu sababli televidenie yangi san'at turi sifatidagi tushuncha paydo bo'ladi. Bu haqda keng muhokamalar bo'lib o'tdi. Belgilangan nuqtai nazardan, uning yashirin ma'nosi televidenie (madaniyatda yangilik) bilan san'at (eski, o'zlashtirilgan, madaniyatda tushunarli) o'rtasida o'xshashlik chizish yoki bu o'xshatishni tanqid qilishdir. Televidenie san'atning maxsus shakli (yoki kengroq aytganda, badiiy madaniyat) ekanligini tasdiqlovchi ko'plab dalillarni keltirish mumkin.Keyin, umumiy tezisni qabul qilib, keyingi bosqichga o'tish kerak - televizorni solishtirish har xil turlari san'at (badiiy madaniyat). Televideniyaning badiiy imkoniyatlarining o‘ziga xos jihatlari qanchalik ochib berilmasin, uning ikkinchi darajalilikka moyilligi va millionlab odamlar auditoriyasiga yo‘naltirilganligi, ya’ni ommaviy badiiy madaniyat xususiyatlari muqarrar ravishda birinchi o‘ringa chiqadi. Bu, aftidan, televizorning ommaviy madaniyat shakli sifatida an'anaviy g'oyasiga olib keldi (u televideniening tushuntirish modeli-prototipi sifatida harakat qilgan). "Ommaviy madaniyat" tushunchasi salbiy ohanglarda bo'yalgan, shuning uchun bu hissiy soyaning televizorning kontseptual talqiniga mantiqiy o'tishi. Ayni paytda, televizor, tashqi ko'rinishga o'xshashligiga qaramay badiiy madaniyat, boshqa rolni bajaradi, shubhasiz, shunchalik yangiki, uni o'xshatish orqali osongina aniqlash mumkin emas va maxsus o'rganishni talab qiladi. Madaniyatning kommunikativ quyi tizimi sifatida televideniening o'ziga xos xususiyati tasvirni masofaga uzatishdir. Bu insoniyatning "hamma narsani ko'rish" haqidagi ko'p yillik orzusini amalga oshirdi, ko'rinadigan yashash maydonining ufqidan tashqariga qarash imkoniyati haqida. Shu tufayli televidenie shunchalik tez va keng tarqaldiki, u odamlar tomonidan juda talabchan bo'lib chiqdi. “Televizion xabarlar, ayniqsa, aloqa sun'iy yo'ldoshlari mavjud bo'lganda, butun dunyodan keladi, demak, televideniening buyuk sovg'asi shundaki, u orqali butun dunyo ko'rinishga ega bo'ldi. Va televidenie tomoshabinni kundalik muhitidan "olib tashlab qo'ymagani" uchun, aksincha, o'zi u erga intiladi, keyin televidenie bilan birga butun dunyo bir kishining uyiga kirib boradi ... Televideniya davrida bunday emas. butun dunyo bo'ylab sayohat qiladigan odam, lekin butun dunyodan - barcha mamlakatlar va qit'alardan olingan tasvirlar tomoshabinga shoshiladi va o'zining muhimligini yo'qotib, uning atrofida to'planib qoladi - go'yo o'zining "yig'ilgan ijtimoiy tajribasi" va "dunyo modeli", deb yozgan mashhur televidenie tadqiqotchisi V.I.Mixalkovich. Televidenie inson tomonidan ko'rish va tushunish uchun ochiq bo'lgan real dunyo chegaralarini kengaytiradi, shaxs uchun ochiq bo'lgan ijtimoiy-madaniy makonni to'ldiradi va to'ldiradi, ya'ni voqelikning individual qiyofasini shakllantirishga yordam beradi. Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir shaxsning televideniega atrofdagi voqelik haqida ma'lumot manbai sifatida so'rovlari, umuman olganda, haqiqatning o'zi bilan bir xil.Fransuz sotsiologi Per Burdie juda to‘g‘ri fikr bildiradi: “Ba’zi faylasuflarimiz (va yozuvchilarimiz) uchun “bo‘lish” televideniyeda ko‘rsatilish, ya’ni jurnalistlar nazariga tushish yoki ular aytganidek, “bo‘lish” degani. jurnalistlar bilan yaxshi munosabatda bo'lish (bu murosasiz va o'z-o'zini murosaga keltirmasdan mumkin emas). Darhaqiqat, ular omma oldida mavjud bo‘lishda faqat o‘z asarlariga tayana olmagani uchun ekranda imkon qadar tez-tez chiqishdan boshqa iloji yo‘q, shuning uchun ham muntazam va imkon qadar qisqa vaqt oralig‘ida asar yozadi, asosiy Gilles Deleuzening so'zlariga ko'ra, ularning vazifasi o'z mualliflariga televideniega taklifnoma berishdir. O'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlar dunyosiga doimo yo'naltirilgan shaxs televizion kontentga turli xil talablarni qo'yishi mumkin. Hayotga yo'naltirish televideniening tomoshabinga nisbatan dam olish va kompensatsiya funktsiyalari bilan bir qatorda eng muhim funktsiyalaridan biridir. Masalan, inson o'zini o'zi anglash sohasini tushunmaydi. U insoniy aloqadan mahrum. Agar to'g'ridan-to'g'ri foydalanish mumkin bo'lgan ijtimoiy voqelik etarlicha qimmatli va kerakli bo'lmasa, unga qandaydir hayot alternativi kerak. Ushbu so'rovlarga javob izlashda odam televizorga ham murojaat qiladi. Teleko'rsatuvlar, o'z navbatida, ijtimoiy voqelikning u yoki bu qismini aks ettiruvchi, uni tartibga solib, ushbu voqelikning ma'lum ma'nolarini o'z ichiga oladi, ular insonga ta'sir ko'rsatishi mumkin, dunyo bilan munosabatlarda sotsial-madaniy ko'rsatmalarga muqobil qiymat manbalari sifatida ishlaydi. Shuning uchun teledasturlarning tomoshabin uchun bu muqobil variantlarni shakllantirish kabi xususiyatiga alohida e'tibor qaratish va ularning o'ziga xos mazmunini inson hayotining uchta aniqlovchi jarayoni: faoliyat, xatti-harakatlar va muloqot kontekstida ko'rib chiqish kerak. Teledasturlarning ma'lum ma'nolarini idrok etish, ular asosida yangi ijtimoiy-madaniy yo'riqnomalarni shakllantirish, shaxs ularga nisbatan shaxsiy qadriyat munosabatini shakllantirishi mumkin va bu yangi ko'rsatmalar, B.M. Sapunova, "uning hayotiy munosabati va xulq-atvorini aniqlang".4 .Televizorning roli ko'p funksiyaliligi bilan ajralib turadi. Biroq, o'ziga xos funktsiyalarning ko'pligida ikkita asosiy funktsiya ajralib turadi, bu bizga televizorning bipolyar funksionalligi haqida gapirish imkonini beradi. Birinchi funktsiya axborotdir. Ikkinchi funktsiya - dam olish. Axborot funksiyasi madaniy hodisa sifatida televizorning asosiy xususiyatidir. Bu fikrga oydinlik kiritish uchun kino va televidenieda badiiy film namoyish etilishini solishtirsak. Kinoda texnik jihatdan qanchalik kam jihozlangan bo'lmasin, biz san'at asarining o'zi bilan uchrashamiz, bu uning mavjudligi shaklidir. Aksincha, televideniyeda namoyish etilgan film, hattoki eng mukammali ham, faqat san'at asari haqidagi ma'lumotdir (xuddi biz tasvirlangan jurnal yoki kitobda ko'rgan Leonardo da Vinchining "La Giokonda" asari faqat rasm haqidagi ma'lumotdir. Luvr). Torroq va tanish ma'noda, televizordagi ma'lumotlar voqealar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar to'plami sifatida ishlaydi. Televizion eshittirishlar rivojlanishining yangi bosqichida (mamlakatimizda qayta qurishdan beri, Gʻarbda — ancha oldinroq) televideniyaning axborot funksiyasi mazmunan (natijasida, shakllarida) tubdan oʻzgardi, chunki gʻoyaning oʻzi. televideniye ma'lumotlari o'zgardi. Sovet televideniesining axborot-ma'rifiy (aniq mafkuraviy yo'naltirilgan) dasturlarida tarbiyalangan mahalliy tomoshabin televizordagi ko'rinishidan hayratda qoldi. tijorat reklama. Avvaliga g'arb modellariga taqlid qilib, qobiliyatsiz, keyin esa tobora yuqori sifatli, hatto iste'dodli bo'lib, u radioeshittirish tarmog'iga doimiy ravishda aralashdi. Axborot-reklama televizion eshittirishning butun sohasiga kirib boradi. Bu ochiq (reklama) va yashirin (ko'rsatuvlar va dasturlar ishtirokchilari nutqida reklama ob'ektlarini eslatib o'tish, kiyim-kechak, soch turmagi, tomoshabinlar uchun obro'li bo'lgan qahramonlarning boshqa muhiti, ularning qo'llarida nima ushlab turishi, nimaga tegishi) , ular o'zlarini o'rab turgan narsalarni tinglashlari va hokazo). Voqealar haqidagi ma'lumotlar reklama ma'lumotlariga aylanib, uning tuzilishini o‘zgartiradi . Shunday qilib, sovet davridagi yangiliklar dasturlari ketma-ketligi (rasmiy blok - mamlakatning mehnat hayoti - xorijiy yangiliklar bloki - madaniyat yangiliklari - sport - ob-havo) boshqa ketma-ketlik bilan almashtiriladi: eng shov-shuvli xabarlar (halokat, qotillik va boshqalar) - kamroq. shov-shuvli yangiliklar (shu jumladan, masalan, rasmiy blok). Agar yirik ilmiy kashfiyot qilinsa, bu masala yakunining materiali, ammo olim Nobel mukofotini olgan bo'lsa, bu boshlanishi. V Sovet davri salbiy yangiliklarning ma'lum foizini o'rnating axborot dasturi: 40% dan ko'p emas. Hozirgi yangiliklar tahlili shuni ko'rsatadiki, hatto rasmiy kanallarda ham salbiy xabarlar ustunlik qiladi. Ba'zilarida (masalan, Romanova bilan "RenTV" da) ularning soni 90% ga etadi va ba'zan undan ham ko'proq. Yangilik reklamalar bilan to'xtatiladi. Barqaror tandem paydo bo'ladi: kunning haqiqiy yangiliklari dahshatli (shartli qotilliklar, korruptsiya, urushlar, terrorizm), halokatli (bo'ronlar, tsunamilar, ommaviy epidemiyalar), oddiy odamlar uchun dahshatli (yong'inlar, oqishlar, hokimiyat ishidagi muvaffaqiyatsizliklar). tizimlari, suv ta'minoti, kanalizatsiya, yomon yashash sharoitlari , kam ish haqi, past darajadagi mansabdor shaxslarning poralari, adolatsiz sudlar, nafaqalardan mahrum qilish, oziq-ovqat, benzin narxining oshishi, uy-joy narxining oshishi, maktab va shifoxonalardagi beparvolik, firibgarlik, bezorilik , mastlik, qashshoqlik), reklamalarda esa tomoshabinga ideal, baxtli hayot(chiroyli narsalar - külotlu çoraplardan muzlatgichlargacha, barcha kir yuvish kukunlari, eng so'nggi ilmiy ishlanmalarga ko'ra har qanday kasallik uchun dori-darmonlar, deyarli har qanday miqdorda deyarli bepul kreditlar, hatto tanqidiy kunlarda ham raqsga tushish imkonini beradi; tish pastasi va saqichlarni chaynash, eng yangi rusumdagi hashamatli avtomobillar va kompyuterlar, qiziqarli filmlar, muhtasham konsertlar, xalq manfaatlarini himoya qilgan siyosiy partiyalar). Bu ikki blok doimiy ravishda bir-biri bilan kesishib, tomoshabinlarning qutbli his-tuyg'ularini uyg'otadi, ular orqali televidenie madaniyati, mohiyatan, millionlab odamlarning ongi va ongsizligiga ta'sirchan ta'sir ko'rsatadi. Sensatsionizm zamonaviy televidenieda ma'lumotni taqdim etish printsipi sifatida televideniening asosiy funktsiyalari - axborot va dam olishning bipolyarligida bog'lovchi ko'prik bo'lib chiqadi. Yangi voqelikni aks ettiruvchi televidenie bo'sh vaqt funksiyasini amalga oshiradigan o'zining yangi shakllarini ishlab chiqdi. Ushbu to'g'ri televizion shakllar spektrida turli xil qutblarda tugaydigan ikkita televizion janr shakllandi: videoklip (qisqaligida bo'sh vaqtni minimallashtirish varianti aks ettirilgan) va teleserial (davomiyligida, bir necha ming epizodga yetib, bo'sh vaqtni maksimal darajada oshirish varianti o'z aksini topdi). Ushbu qutblar o'rtasida ma'lumot va dam olishni televidenie funktsiyasi sifatida birlashtirgan tok-shou oraliq joyni egalladi, ammo sensatsiya orqali emas, balki interaktivlik illyuziyasi orqali. Keng xalq ommasining didiga moslashtirilgan, texnik jihatdan ko'plab nusxalar ko'rinishida ko'paytiriladi va zamonaviy aloqa texnologiyalari yordamida tarqatiladi. Ommaviy madaniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishi auditoriyaga kuchli ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan ommaviy axborot vositalarining jadal rivojlanishi bilan bog'liq. V ommaviy axborot vositalari Odatda uchta komponent mavjud: ommaviy axborot vositalari(gazetalar, jurnallar, radio, televidenie, internet-bloglar va boshqalar) - ma'lumotni takrorlaydi, auditoriyaga muntazam ta'sir qiladi va odamlarning ma'lum guruhlariga qaratilgan; ommaviy ta'sir qilish vositalari(reklama, moda, kino, ommabop adabiyot) - har doim ham muntazam ravishda tomoshabinlarga ta'sir qilmaydi, oddiy iste'molchiga qaratilgan; texnik aloqa vositalari(Internet, telefon) - shaxsning shaxs bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini aniqlash va shaxsiy ma'lumotlarni uzatish uchun xizmat qilishi mumkin.

II BOB.Ommaviy madaniyat va uning jamiyatga salbiy ta‘siri .

2.1 § - .“Ommaviy madaniyat”, bu – xalq madaniyatining maʼlum qismi emas!


Bugungi kunda Gʻarb matbuotida bong urilayotganidek xalq emas, balki olomon koʻp narsalarni hal qilmoqda. Davlat toʻntarishlari, inqiloblar yuz bergan mamlakatlarda buni koʻrib turibmiz. “Ommaviy madaniyat” zamonamizning dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.
Zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tufayli “ommaviy madaniyat” ham keng tarqalmoqda. Endilikda odamlarning ayrim guruhlari anʼanaviy madaniyatni –axloq-odobni, urf-odatlarni tan olmay qoʻydi. Shu kungacha “ommaviy madaniyat”, deganda oʻzida axloqsizliklarni jamlagan behayoliklarni tushunardik. Endilikda ommaviy madaniyat qirralari iqtisodiyot, siyosat va mafkurada ham koʻzga tashlanmoqda.
Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalarini tarqatish, kerak boʻlsa, uning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik anana va qadriyatlari, turmush tarzining maʼnaviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʻporishga qaratilgan tahdidlar odamni tashvishga solmay qoʻymaydi. Maʼlumki, olomonga boʻysunuvchi bu turdagi odamlar boshqalardan farq qiladi. Psixologlar anchadan beri olomon ruhiyatini oʻrganishga urinadi, ammo hamon uning ildiziga yetib borilmagan.“Ommaviy madaniyat” bu xalq madaniyatining maʼlum qismi emas, balki omma, yaʼni olomonga moʻljallangan madaniyatdir. Tarixdan maʼlumki, bir guruh odamlar (olomon) tomonidan uyushtirilgan isyonlar turli mojarolarni keltirib chiqargan hamda mamlakat va xalqlar taqdirini butunlay oʻzgartirib yuborgan. Biz buni 1917-yilgi qonli inqilob, soʻngi yillarda kuzatilayotgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqea-hodisalardan koʻrib-bilib turibmiz. Olomon atrofdagilarning gap-soʻzlarini deyarli qabul qilmaydi. Chunki u faqat his-hayajonga berilgan boʻladi. Faqat oʻzi tanlagan yoʻl toʻgʻri deb oʻylaydi.
Tahlilchilarning fikricha, inqirozli daqiqalarda sahnada paydo boʻladigan “ommaviy odam” oʻzini hamisha agressiv tutadi. Oʻzini har qanday madaniyatdan uzoq tutuvchi olomon hamisha xavflidir.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogʻliq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va koʻpchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
“Axborot asri” deb nom olgan hozirgi davrda axborot energiya manbalari tabiiy boyliklar qatorida strategik resursga aylanmoqda. Mutaxassislar bir ovozdan axborot taraqqiyotning bosh omiliga aylanganini qayd qilishmoqda. Bu esa axborot makonidan va ommaviy axborot vositalaridan turli kuchlarning siyosiy va geosiyosiy vazifalarni hal qilish uchun “kuch ishlatish yoʻli” bilan emas, balki boshqacha yoʻl bilan foydalanishga imkon bermoqda.
Axborotning jamiyat hayotidagi roli mislsiz darajada oʻsishini bashorat qilgan nemis faylasufi Osvald Shpengler XX asr boshlarida “Yevropa inqirozi” asarida yozganidek, bugungi kunda “jahonning ikki yoki uch gazetalari provinsial gazetalarning fikrini va ularning yordamida “xalq irodasini yoʻnaltirib” turibdi. Jurnalistlar koʻpdan beri qariyb har bir nizoning uchinchi tomoniga aylanib qoldilar.
Olimlar urushga munosabatning oʻzgarganini aytishar ekan, qurolning yangi turi kashf qilinganini taʼkidlashmoqda. Bu qurol-axborotdir. Bunday qurol yordamida insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Bu qurol yordamida ongga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni oʻz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi. Shu tariqa nafaqat millat turmush tarzi, balki uning yaxshilik va yomonlik, oq va qora, savob va gunoh, rost va yolgʻon haqidagi tasavvurlari ham oʻzgaradi.
Bugungi kunda shu narsa aniq boʻldiki, davlat toʻntarishlari, inqiloblar va tashqaridan boʻlgan qurolli hujumlar oqibatida Yaqin Sharq va shimoliy Afrikadagi bir qator mamlakatlardagi vaziyat juda ham keskinlashib ketdi va juda ham kuchsiz boʻlmish markaziy hukumat boshqaruvni qoʻldan chiqardi. Buni biz Iroq, Liviya va Misrdagi koʻngilsiz voqealardan koʻrib turibmiz.
Tahlilchilarning fikricha, barqaror hukumat agʻdarib tashlangan mamlakatlardagi vaziyat yanada murakkablashgan. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur mamlakatlarda boshboshdoqlik yuzaga kelgan.
Ayrim kuzatuvchilar vaziyatni “boshqariladigan boshboshdoqlik”(“boshqariladigan xaos”) deyishmoqda. Maʼlumki, “boshqariladigan xaos” gʻoyasi 1970-yillarda ishlab chiqilgan boʻlib, bu gʻoyaga koʻra alohida tanlab olingan mamlakatlarni milliy hukumatlar emas, balki xalqaro korporatsiya va sindikatlar boshqarishi kerak boʻladi. Bu maqsadlarga erishish yoʻlida tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga turli tomonlardan hujumlar uyushtiriladi va bu mamlakat parokanda qilinadi yoki kuchsizlantiriladi. Mazkur mamlakatlarda fuqarolarning hukumatga qarshi chiqishlari uyushtirilib, fuqarolar urushi keltirib chiqariladi. Natijada hukumat nima qilishini bilmay qoladi.Oqibatda hukumat oʻzgargan mamlakatlarda koʻrib turganimizdek ijtimoiy inqiroz, ocharchilik, talon-torojlik yuz beradi. Toʻqnashuvlardan charchagan aholi esa uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻladi. Boʻlaklarga boʻlingan hududlar esa maʼlum klanlarning qurolli guruhlari tomonidan nazorat qilinadi.
Misollarga murojaat qiladigan boʻlsak, tahlilchilarning fikricha, Liviyadagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bularning hammasi inqilob samarasidir, deyishmoqda kinoya bilan ayrim ekspertlar. “Biz Kaddafiy ustidan gʻalaba qozondik, biroq mamlakatda olti million Kaddafiy bor”, deyishadi liviyaliklar. Demak, olti million kishining qoʻlida qurol, hukumat faoliyati sust ekan, oʻzingizni xohlang Kaddafiy, xohlang Bin Laden deb eʼlon qilishingiz, bosh vazirni hibsga olishingiz mumkin. Ayrim tahlilchilar, “sharq nozik masala” ekanini taʼkidlashar ekan, Liviyada poytaxtdan tashqarida hukmronlik qilishga kuchi yetmayotgan nomigagina hukumat mavjudligini eslatib qoʻyishmoqda. Chunki Muammar Kaddafiy oʻlimini qarsaklar bilan qarshi olgan xalqni boqish hukumatning birdan bir vazifasi ekanini endi anglab yetishdi. Hukumat esa nafaqat xalqni boqishga, balki mamlakat xavfsizligini taʼminlashga ham qurbi yetmayapti. Muammar Kaddafiy davrida 7 litr benzinni atigi bir dollarga xarid qilgan, oʻrtacha 700 dollorpensiya olgan liviyaliklar bugungi kunda yoqilgʻi topa olmay, oʻz vaqtida nafaqa ololmay boshlarini changgalab qolishgan. Taʼlim, hatto oliy taʼlim ham liviyaliklar uchun deyarli bepul edi. Endilikda bularning hammasi tushga aylandi. Diktaturani agʻdarish shiori bilan amalga oshirilgan demokratik harakatlar Liviyani bir necha oʻn yil orqaga uloqtirib tashladi. Boshqariladigan xaos mafkurachilaridan biri Stiven Mann ochiqchasiga yozganidek, boshqariladigan boshboshdoqlik ayrim Gʻarb davlatlari milliy manfaatlariga mos keladi.Hozir urfga kirgan “Psixologik urush” metodlari yangilik emas. Eramizdan avvalgi 6 asrda yashab oʻtgan xitoylik sarkarda Sun Szi psixologik urushning mohiyatini oʻz qoʻllanmalarida ochiq-ravshan qilib ifodalab bergan. “Dushmaningiz mamlakatidagi hamma yaxshi narsani parokanda qiling”, deb yozar ekan Sun Szi “dushman rahbarlarining obroʻsini toʻking va payti kelganda ularni jamoatchilik oldida izza qiling. Shu maqsadda eng qabih va razil odamlar bilan hamkorlikdan foydalaning”, deb maslahat beradi.
Har qanday hukumatning ishiga barcha vositalar bilan xalal berayotganlarning razil va qabih ekanligini homiylar juda yaxshi bilishadi. Lekin aslo “senlar qabih va razil boʻlganingiz uchun sizdan foydalanayapmiz”, demaydi. Ortiqcha gapning, toʻgʻrirogʻi, sir ochilib qolishning kimga keragi bor?!
Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham boʻshliq boʻlmaydi. Qayerdadir boʻshliq paydo boʻldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir toʻldirishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda ana shunday maʼnaviy boʻshliqni toʻldirishga urinadigan, shuning hisobidan oʻzining gʻarazli maqsadlarini amalga oshirishni oʻylab yurganlar koʻp. Ming afsuski, bu kuchlarning asl qiyofasi, maqsad muddaolari va imkoniyatlarini toʻla va aniq-ravshan tasavvur qilish oson emas. Nega deganda, ular turli niqoblar, jozibali shior va gʻoyalar pardasi ostida ish koʻradi. Bunday kuchlarning ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud boʻlib, ularning puxta oʻylangan, uzoq va davomli yovuz maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Eng yomoni – bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni oʻzi tugʻilib oʻsgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuygʻularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd boʻlgan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon boʻlmoqda.
Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo begʻubor yoshlarning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. Haqiqat va xolislikdan yiroq boʻlgan, faqat gʻarazli siyosiy manfaatlarni koʻzlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmaydi va hech kimning obroʻsiga obroʻ qoʻshmaydi.

2.2§ - “Ommaviy madaniyat''-Ma‘naviyat kushandasi.


.Yuksak milliy madaniyat, maʼnaviyat har bir davrda jahon xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiruvchi asosiy vosita boʼlib kelgan va hozir ham shunday boʼlib kelmoqda.Milliy-maʼnaviy madaniyatimizni mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish gʼoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar oʼzining sermazmunligi va koʼpqirraliligi bilan jamiyatimiz hayotida oʼz aksini topmoqda.Milliy va umuminsoniy madaniyatni uygʼunlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini keng targʼib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalashning asosi boʼlmogʼi lozim. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham maʼnaviy tahdidlardan biridir.Аxborot omma orasida shu darajada jadallik bilan kirib bormoqdaki, har bir qatlam undan bahramand boʼlishga intilmoqda. Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot, soʼngi axborot makonini zabt etish yoshlarimizning hayot tarziga aylanib bormoqda. Аlbatta, bu quvonarli hol. Bir necha tilda soʼzlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan xabardor boʼlish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayayotganligidan darak beradi. Biroq turli axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olib borayotganligini koʼrish mumkin. Yoshlar ongini zaharlashda ular turli darajadagi koʼz ilgʼamas usullardan foydalanishmoqda.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali birgina harakatning oʼzi buzgʼunchi kuchlar qurshoviga tushib qolishga sabab boʼlayotir. Аslida “ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan ahloqsizlik, behayolik, zoʼravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham toʼgʼri kelmaydi.
Xalqimizning goʼzal maʼnaviy qadriyatlarga yoʼgʼrilgan or-nomus, andisha, sharmu - hayo kabi tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Аyniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuygʼularimiz butun dunyo xalqlarini rom etib keladi. Diyorimizda aholining koʼpchilik qismini yoshlar tashkil etganligi bois, ularning isyonkor gʼoyalarga qarshi turishi uchun yurtimizda oʼziga hos ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida bu masalaga toʼxtalib, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bogʼliq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda, deya alohida taʼkidlaydi. Shunday ekan yosh avlodni yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolishiga qarshi turli tadbirlarning keng targʼib qilinishi ham buning yaqqol isboti deyish mumkin.Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning anʼana va qadriyatlariga ehtirom koʼrsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib boʼlish har birimizning fuqarolik burchimizdir!


Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste'dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» eta­yotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at - alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin. «Pop-art» - ommaviy san'at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, «ommaviy madaniyat» namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish cho‘tkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan bo‘laklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bag‘ridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday o‘zgacha ahamiyat kasb etib, «san'at, madaniyat namunalari» qatoridan o‘rin olar emish.
«Pop-art»chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e'zozlashadi; ma'naviy dunyoni emas, maishiy-iste'molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma'naviy pozitsiyasi - ma'naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma'nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.«Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta'bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya'ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda.
Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. 1970 yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida bo‘lgan musiqa ­festivalida o‘zini «pop-muzika» qiroli hisoblaydigan «Rolling Stounz» («Aylanayotgan tosh») guruhi kontserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan edi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta'kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika»chilar san'atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.
Aslida, ularning sahnada o‘zlarini bezorilarday tutishi san'atni va san'atkorlikni yerga uradi. Bu esa hayron qolarli emas: chunki asl san'atni yerga urish - «Ommaviy madaniyat»ning dasturiy, ya'ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifalaridan biridir.
«Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she'riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she'riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma'naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.Yuqorida biz G‘arbda «ommaviy madaniyat»ning tarixi, tug‘ilish manbalari to‘g‘risida so‘zladik. Hozir-chi? Hozirga kelib esa bu tamoyillar yanada g‘ovlab, tomir otyapti. Masalan, «pop-muzika»ga xos o‘sha ritmik «bit» (zarb), qo‘shiq niqobidagi alahsirash, valdirashga yaqin didsiz «repp»lar ta'siri dunyo miqyosida tar­qalib, milliy mumtoz va xalq musiqa san'atidan odamzotni uzoqlashtirmoqda. G‘arb davlatlarining ayrimlarida «ommaviy madaniyat» tarqatayotgan «pornografiya» (sharmsizlik, hayosizlik) hamda sadizm (zo‘ravonlik) targ‘iboti yo‘lidagi g‘ovlar, qarangki, sud qarorlari asosida, birin-ketin olib tashlanayapti. Hatto AQSh maktablarida «Yangi rok» musiqalari o‘quv dasturlariga kiritilgan...
«Ommaviy madaniyat» maktabining «natijalari» esa yaqqol ko‘rinib turibdi. Masalan, AQShning ayrim maktablarida sodir etilayotgan portlashlar, bolalarning savdoyi, vas-vos kimsalar qo‘lida qurbon bo‘layotgani, yoshlar fe'lida kuchayib bora­yotgan agressivlik jahon ommaviy-axborot vositalari orqali hammaga ma'lum. «Ekkaningni o‘rasan» deb shunga aytsalar kerak-da.
Afsuski, yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, G‘arb­dagi «markazlar» bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalq­lar o‘rtasida G‘arb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta'sirini «erkinlik shabadalari» tarzida imkon qadar keng yoyishga yeng shimarib harakat qilmoqdalar.AQShning taniqli siyosatshunosi Zbignev Bjezinskiy shunday yozadi: «...Madaniyat sohasida Amerika jahon yoshlari orasida alohida jozibadorligi bilan ajralib turadi. Bu esa AQShga jahonning hech bir davlatiga nasib qilmagan siyosiy ta'sirni ta'minlaydi. Ayniqsa, Amerikaning televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining to‘rtdan uch qismini egallaydi. Uning ommabop musiqasi, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishlaridagi odatlari va hatto, kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar»5. AQSh siyosati va mafkurasi namoyandalari o‘z mamlakatlari manfaati, siyosati va turmush tarzini faqat kitoblar, publitsistik chiqishlar orqali targ‘ib etish bilan cheklanib qolayotganlari yo‘q. Dunyo xalq­larini «g‘arblashtirish»­-ga urinishlar quroli sifatida, masalan, «ommaviy madaniyat» vositalaridan, turli-tuman axborot tarqatish (reklama, matbuot, kino, televidenie kabi) yo‘llaridan zo‘r berib foydalanilmoqda.

XULOSA


Xulosa qilib shularni aytishim mumkinki bugungi tez suratlar bilan rivojlanib borayotganyurtimiz keng imkoniyatlarga egaki Prezidemtimizshu imkoniyatlar sababchisidir,bugungi kunga kelib mamlakatimizda yoshlar siyosatiga katta e’tibor berilmoqda yoshlarni ma’naviyatli komil insonqilib tarbiyalash dolzarb masaladir.
Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ma‘naviyatni o‘rni beqiyos Birinchi Birinchi pezidentmiz tabiri bilan aytganda insonni qalbini ma‘naviyat bilan zaft etilsa u insondan faqat bog‘ qoladi. Inson qalbida jaholat bo‘lsa u inson juda katta jamiyatni qoplagan qora bulutga o‘xshaydi. Ma`naviyat sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatimiz rahbariyati tamonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. 1994 yilda Birinchi Birinchi pezidentmizning "Istiqlol va ma`naviyat" to‘plami chop etildi. 1994 yil 23-aprelda Birinchi pezident tamonidan "Ma`naviyat va ma`rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi farmon e`lon kilindi.
Hozirgi kunda yoshlarimiz ayniqsa intrent olamiga sho‘ng‘ib ketmoqda bunga misollar juda ham ko‘p ijtimoiy tarmoqlar natijasida yoshlarimiz onggi ayniqsa zaharlanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.Shuningdek yana telefondagi o‘yinlarni aytishimiz mumkin ayniqsa yoshlarimiz o‘rtasida Pubg o‘yiniga mukkasida ketgan bolalarni ko‘rishimiz mumkin bularning aksariyati 15-18 yoshli bolalarni ko‘rishimiz mumkin.Ommaviy madaniyat natijasida milliy kiyimlarimizga ayniqsa etibor yoqolib bormoqda.Yoshlarimiz kiyimlarni yarmi yirtiq kiyimlar kiyishmoqda,qizlarimiz esa o‘tgan kunning milliy kiymi bo‘lgan atlas va adraslarni kiyishga hazar qilishmoqda buning barchasi g‘arb madaniyatinig natijasidir yosh kelin-kuyovlar internet olamida tanishib turmush qurishi natajasida ajrimlar soni oshib bormoqda.Ommaviy madaniyat natijasida ayrim yoshlarimiz``manyakka " aylanib qolmoqda.Buning oldini olish uchun mening shaxsiy fikrim avvalo tarbiya uydan boshlanishini hisobga olsak oilalarimiz ichida kitobxonlik va milliygimizni shakillantirishimiz kerak.Buyuk bobokalonlarimiz asarlani o‘qitish kerak ayniqsa Payg‘ambarimiz hayotini ularning qilgan ishlarini yoshlarimizga o‘rgatishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:



Yüklə 73,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin