Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Somoniylar davrida davlat boshqaruvi va yer egaligi tizimi



Yüklə 271,5 Kb.
səhifə5/16
tarix13.05.2023
ölçüsü271,5 Kb.
#112725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

1.2. Somoniylar davrida davlat boshqaruvi va yer egaligi tizimi.

Ismoil Somoniy bir qancha islohotlar o’tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo’ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi va 10 ta devon (harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.


Somoniylar o’z davlatlarini o’zlarigacha bo’lgan Sharq davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o’rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Somoniylar hukmronligi davrida Muhammad Jayxuniy va Abufazl Muhammad Balamiylar kabi zodogonlarning nufuzi va davlat boshqaruvidagi xizmatlari katta bo’lgan. Umuman, somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillaridan tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga bo’linishi ma’lum darajada rasmiy bo’lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko’p hollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat «sohibi xoras» qo’li ostida bo’lgan. Sohibi xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar, tashtadorlar, otboqarlar, xo’jalik beklari kabi turli xizmatchilar bo’lgan. Saroydagi hamma xo’jalik ishlarini «vakil» boshqargan. Vakil saroydagi e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o’n devonga Buxoro Registonida o’nta mahsus bino qurilgan.
Devonlar orasida vazir yoki «xo’jayi buzrug» devoni alohida o’rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo’ysungan. U hamma ma’muriy, siyosiy va xo’jalik mahkamalarini nazorat qilgan.
Davlatni idora etishda «mustavfiy devon» ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.

Yüklə 271,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin