Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning
bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi
bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. Quyidagi faktlar bog‘lovchi
bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin:
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki
o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod
bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta
qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini
o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil
etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel
qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan
daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor
kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar
va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari.
Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan
ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu
29
va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham,
bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr
30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga
o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat
qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da,
aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi.
Shunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-
biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa
bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat
qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |