Ayniyat va tafovut. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi
bir necha bosqichdan o‘tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o‘z-o‘zi bilan
nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir
organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos
belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy
bo‘lmaydi. Masalan, ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday
farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan oradan besh yil o‘tib uchrashgach,
ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!», deb o‘ylasangiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |