1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T., 1993, 165-bet.
41
keladigan barqarorlikka ega bo‘lib, shu miqdor o‘zgarishlari jarayonini davom
etishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o‘zgarishlarining miqdor
o‘zgarishlariga o‘tishidir.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Chunonchi:
birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdor o‘zgarishlar asta-sekin yuz
beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha predmetga muhim
ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100°S gacha suyuqlik holatini
yo‘qotmaydi. Sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uni boshqa
hodisaga aylantirishni taqazo qiladi;
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekii o‘tadi va ko‘p hollarda
(muayyan davrgacha) sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim
holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga Qaraganda tub
o‘zgarishlar hisoblanadi.
Metafizik usulda fikr yuritadigan faylasuflar miqdor o‘zgarishlar bilan sifat
o‘zgarishlarini ajratib bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadilar, ayrimlari esa faqat
miqdor o‘zgarishlarnigiga tan oladilar.
Miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonini tahlil qilar ekanmiz, nazariy hamda
amaliy faoliyatda amalga oshayotgan o‘zgarishlar mexanizminigina emas, balki
ularning chuqurligi va ahamiyatini ham hisobga olish muhimdir. SHunga asosan
ro‘y beradigan o‘zgarishlarni inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) ga ajratish
mumkin.
Bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tish sakrash yo‘li bilan amalga
oshadi.
Sakrash iima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan miqdor
o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlarga o‘tish jarayonini anglatadigan falsafiy
tushunchadir. Sakrash taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez
o‘tadigan shakldir.
Sakrash
miqdor
o‘zgarishlardan sifat o‘zgarishlarga o‘tishda
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrashlar doim asta-sekinlik bilan miqdor
o‘zgarishlari natijasida tayyorlanadi. Bundan shuni nazarda tutish kerakki,
miqdor o‘zgarishlar narsa va hodisani bir tekisda oddiy ko‘paytirish yoki
42
kamaytirishdan iborat emas. Miqdor o‘zgarishlar narsa va hodisalarning ijtimoiy
tomonlarini asta-sekin o‘stirib mustahkamlashni hamda salbiy tomonlarini asta-
sekin susaytirishni taqozo etadi. Sakrash, shuningdek, narsa va hodisalar
o‘rtasidagi ziddiyatlarning hal kilinishidir. Sakrash natijasida eski sifat bilan uning
asosida harakat qiladigan qarama-qarshiliklar birligi tugatiladi va yangi sifatning
vujudga kelishi sodir bo‘ladi.
Nihoyat, sakrash — eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror
topishidir. Sakrash natijasida eskidan yangiga o‘tish amalga oshadi. SHunga
ko‘ra narsa va hodisalarniig rivojlanishi ilgarilab boradi.
Shunday qilib dialektik sakrash quyidagi jihatlarga ega:
birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’ektiv va
qonuniy jarayondir;
ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning o‘zgarib, miqdor o‘zgarishlaridan tub
sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
uchinchidan, sakrash eski qarama-qarshiliklar birligini tugatish va yangi
sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi tufayli paydo
bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
to‘rtinchidan, sakrash narsa va hodisalarning rivojlanib, ilgarilab
borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir nar-
sa, hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga
egadir.
Amalga oshish muddatiga bog‘liq, ravishda asta-sekinlik bilan
ifodalanadigan sakrashdan, bir zumda shiddat bilan sodir bo‘ladigan sakrashni
farqlash kerak. Binobarin, kimyoviy elementlarni biriktirish jarayonida tub sifat
o‘zgarishlar shiddat bilan, juda tez sodir bo‘ladi, ammo hayvonlar bilan
o‘simliklarning rivojlanish jarayonida eski sifatdan yangi sifatga o‘tish
birmuncha sekin sodir bo‘ladi. Tez sodir bo‘ladigan sakrashlar bilan asta-sekin
miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlarning bir-biridan farq
qilishini hisobga olish kerak. Tez sakrash shunday xususiyatlarga egaki, u
birinchidan, hal qiluvchi zarbaning birdan-bir ifodasi sifatida bajariladi. Bu sifatiy
o‘tish bo‘lib, dastavval birdaniga eski tugatiladi va so‘ngra yangi bunyod etiladi.
Ikkinchidan, u bexosdan tez sodir bo‘ladi.
Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini
bir yo‘la tugatish bilan emas, balki uzoq vaqt davomida eski sifatni yangi sifatga
aylantirish bilan tavsiflanadi.
43
Demak, sakrashlar turli-tuman shakllarda amalga oshishi sodir bo‘ladi.
Bunda narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish shakllarining
turli-tumanligi nimaga bog‘liq? degan savol kelib chiqadi. O‘tish shakllarining
turli-tumanligi, birinchidan, narsa va hodisalarning mohiyati va xususiyatlariga,
ikkinchidan, unga muvofiq keladigan sharoitga bog‘liqdir. Masalan, ijtimoiy
hayotda sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlar tabiatdagi sakrashlardan tubdan farq
qiladi.
Hozirgi sharoitda jamiyatimizning ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra yangi sifatiy
o‘zgarishlarga kiradi. Shular natijasida davlatimiz yuksak bosqichga ko‘tariladi.
Bular o‘z-o‘zidan emas, balki keng xalq ommasining ijodiy faoliyati, ijtimoiy-
siyosiy faolligi natijasida amalga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar inqilob yo‘li bilan
emas asta-sekin tadrijiy yo‘li bilan amalga oshadi.
"Jamiyatni yangilashning inqilobiy usullariga biz mutlaqo qarshimiz. Biz
tadrijiy — evolyusion islohotlar yo‘li tarafdorimiz va bunga qat’iy amal qilamiz.
Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarin, xalqimiz tabiati-mentalitetini
inobatga olsak, rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir"
1
, —
deydi I.A.Karimov. Ko‘rinib turibdiki, bu qonun jamiyatimizni ilmiy boshqarish
va uning rivojlanishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni,
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» kategoriyalari
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi,
harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib,
ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning ichki
mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning
mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.
Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan
amalga oshib boradi. Bu muammoni o‘rganishni inkor tushunchasi nimani
ifodala shini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bi lan qo‘shilib ketadi,
inkor qilmoq — «yo‘q» demakdir,biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada
inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farqqiladi. Dialektikada inkor
Dostları ilə paylaş: |