va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki
butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar
predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan
xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga
35
tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan,
o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini
aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish
imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya,
to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan
foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz
makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali
vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan
sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni
nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi
va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday
predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq
qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni
zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Me’yor-predmet borlig‘ining chegarasi, me’yor predmet xossalari miqdor
va sifat o‘zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. Me’yor – bu miqdor va
sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor
bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli
sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu
shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur
etkazmaydi. Gegel fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor
jihatidan aniqdir». Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan
molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy,
axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik
xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik
me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan
«ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi».
Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi
o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir
holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng
tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya
tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi va kelajagi xususida
gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning
muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini,
36
mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari
rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Shunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa
mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi
mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa
mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan
bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim
qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi
Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni
ko‘rmaganmiz. Shuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m bo‘lgan odamni tasavvur
qilish ham qiyin. Shunday qilib, har qanday sifat falsafada me’yor deb
ataladigan miqdor chegarasiga ega bo‘ladi.. Miqdorning me’yor doirasida
o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, lekin me’yordan oshganda
narsa o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining
bunday o‘zaro ta’siriga ko‘p sonli faktlarni keltirish mumkin. Masalan, jismning
tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910 metr bo‘lsa, u erga yiqiladi. Agar jismning
tezligi atigi bir birlikka oshirilsa va u sekundiga 1911 metrga etkazilsa, jism
Erdan ko‘tariladi va uning yo‘ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‘zgarishlari,
agar ular me’yor doirasida yuz bersa, sifatni butunlay o‘zgartirmaydi. Biroq,
agar bu o‘zgarishlar me’yor chegarasidan chetga chiqsa, o‘zining muayyan
miqdori va o‘z me’yoriga ega bo‘lgan yangi sifat vujudga keladi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida
umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga
nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi:
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va
sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida
miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi
miqdor ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-
biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va
uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda
sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik
sakrash deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: