Falsafiy qonunlarning o‘zaro aloqadorligi.
Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli
jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal
qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning
aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar
birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga
oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga
ikkilanishi,
ularning
o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor
o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib
aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini
nazarda tutadi. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir
vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero
rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks
ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z mavjudligining
avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor
harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q
qilinishi yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob’ektiv jarayon. Masalan,
hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q
qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari,
yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q
bo‘lish sifatida talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa
faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e’tirof
etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish
jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir
narsa yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z
ichiga oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma’no kasb etadi: u asrash,
56
saqlab qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni anglatadi»
1
. Gegel
talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani
yo‘q qilish va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan,
A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi:
«yangi nazariya... eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb
hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham,
kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai
nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi... Biz eski nazariya o‘rinli
bo‘lgan sohada faktlar o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz
mumkin». Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi
masalaning qo‘yilishi abstrakt xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy
ta’limotlarida bartaraf etishning tabiat va tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan
rivojlanishni o‘zgartirilgan holda saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani
to‘ldiradi. Yangilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi
o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning
hujumkorligini belgilaydi. Bu qonun dialektikaning boshqa qonunlarini
umumlashtiradi va ularni sintez qiladi.
1
Гегель Г.В. Соч. Т. 5. – М.: 1997. – С.99.
|